Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Musulmon dunyosi SPID balosini qachongacha yashiradi?


23/10/2006

Oxirgi 25 yil ichida dunyo ahli immunitet taqchilligi virusi va undan vujudga keluvchi SPID kasalligiga qarshi uzluksiz kurashib kelmoqda. Ammo musulmon davlatlarda bu haqda gapirish uyat. Kasallik oshkor bo’lganda esa badnom bo’lish hech gap emas.

O’zbekistonda immunitet taqchilligi virusiga chalinganlar, BMTga ko’ra, o’tgan yil oxirida 5600 nafarni tashkil etayotgan edi. SPID borasida O’zbekiston hukumati berayotgan ma’lumotlarga ko’pchilik xalqaro kuzatuvchilar shubha bilan qaraydi.

Ko’pgina musulmon davlatlarda SPID va VICh haqida haligacha gapirilmaydi. Kasallikning tarqalish sur'ati haqidagi statistik ma’lumotlar va kuzatuv yuritilmaydi. Ammo kasallikni yashirsang isitmasi oshkor etadi degandek, shifokorlar fikricha, musulmon davlatlarda SPID va VICh hollari ko’payayotgan bo’lishi mumkin.

Doktor Shayx Nosir Hasan Vashingtondagi Xovard Universtitida tibbiyotdan dars beradi. U, shuningdek, Shimoliy Amerika Islom Tibbiyot Uyushmasi prezidenti.

Bemorlar soni, fikrimcha, bir million yoki yarim milliondan oshiq bo’lishi mumkin. Ammo bu faqat taxmin. Oz ham, ko’p ham bo’lishi mumkin.

Turli musulmon davlatlarida raqamlar turlicha. Masalan, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi arab musulmon mamlakatlari mavzu yuzasidan lom-mim demay keladi.

Quyi-Saxaradagi asosan musulmonlardan iborat Nigeriya va Efiyopiyada esa VICH va SPID aholini yemirmoqda.

Osiyoning ba’zi qismlari, jumladan Malayziya va Indoneziyada BMT dasturlari ish boshlab, kasallikning oldini olish va bu haqda axborot berish yo’lga qo’yilgan. 

Bu davlatlarda kasallikka nisbatan munosabatni diniy emas, madaniy omillar belgilaydi.

Doktor Hasan ikki asosiy sababga ishora qiladi. Birinchidan, deydi u, musulmon jamiyatlarida SPIDga chalinishning o’zi, odamni badnom qiladi. Bu muammoga hukumatlarning ko’z yumishi esa sog’liqni saqlash va muolajani chetga suradi.

"Bu odamlar “men nima uchun kasalligimni oshkor qilib, o’zimni sharmanda qilishim kerak?” deb fikrlaydi. “hayotimni vayron qilib, oilamdan haydalib nima qilaman, bu kasallikning baribir davosi yo’q-ku,” -deb o’ylaydi.

Islomda jufti haloliga xiyonat, gomoseksuallik, narkotiklar qabul qilish va don olishish ma’n etiladi. Bunday hulq kasallikka yetaklaydi, deyiladi. Biroq bu odamlar ta’qiqlarga rioya qiladi, degani emas.

Suhail Abul Smit Toronto Universitetida Yaqin Sharqqa qaratilgan salomatlik dasturini boshqaradi. Muammo, deydi u, kun sayin kattalashib bormoqda.

Kasallik borligi aniq, ammo uning kengayib borayotganini tan olishmaydi. Ko’pchilik uni yuqtirganini ancha kech, kasallik jiddiylashgach bilib qoladi. Ba’zilar VICh bilan anchadan beri yashab kelayotgan bo’lishi mumkin, o’zi ham bilmagan holda. Hatto umr yo’ldoshlariga ham yuqtiradi.

Suhail Abul Smit aslida Iordaniyadan. Gomoseksual. Musulmon davlatlarda gomoseksual jamoalar yo’q, deydi u. Nopok va noqonuniy deb qabul qilinuvchi bunday xulq-atvor esa sir tutiladi. Biroq ko’plab musulmon davlatlarda VICh xavotiri oshib bormoqda. 

"Televideniye orqali “ogoh bo’ling, himoyalaning” kabi roliklar beriladi, biroq odamlar bularni gomoseksual va narkomanlarga taalluqli, deb qabul qiladi. Ko’pchilik, hatto erkaklar boshqa erkaklar bilan jinsiy aloqada bo'lganda ham o’zini gomoseksual deb hisoblamaydi",- deydi u.  

Xalqaro tashkilotlar va mutaxassislar, aniq raqamlar bo’lmasa-da, musulmon davlatlarda VICH infeksiyasi tarqalayotgani bo’yicha hamfikr. Ularning aytishicha, muammoga ko’z yumish odati yo’qolib, kasallikni oldini olish siyosati asta-sekin o’z yo’liga tushmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi