Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlani ezishda davom etmoqda


26/10/2006

Robiya Qodir, Uyg'urlar yetakchisi

Robiya Qodir        Uyg'ur Ozodlik Harakati yetakchisi

Uyg’ur huquq faoli Robiya Qodirning aytishicha, Xitoy hukumati mamlakat shimoli-g’arbida yashovchi urg’urlarga nisbatan tazyiqni davom ettirmoqda. O’tgan yili Robiya Qodirga AQShda siyosiy boshpana berilgan bo’lsa-da, uning to’rt farzandi hamon Xitoy qo’lida.

Inson huquqlari bo’yicha xalqaro tashkilotlarga ko’ra, Xitoyning Shinjon viloyatida 10 millionga yaqin uyg’ur yashaydi va ular hukumat repressiyasi qurbonidir.

"Xitoy uyg’urlar mustaqillik talab qilib, bizdan ajralmoqchi deb qo’rqadi. Shinjon neft va gazga boy, Xitoy bu yerda yadroviy sinovlar ham o’tkazadi. Uyg’urlar dini, tili va madaniyati jihatdan ham xitoyliklardan ajralib turadi",- deydi Xalqaro Amnistiya tashkiloti vakili janob Kumardan.

11 farzandning onasi, 59 yoshli faol Robiya Qodir bo’lmaganida, deydi Kumar, jahon ahli uyg’urlar qismati haqida ehtimol bexabar qolgan bo’lardi.

Shinjonda (qizil rangda) bugun sakkiz milliondan ortiq uyg'ur istiqomat qiladi. Mintaqaning Xitoy muxtoriyatiga aylanganiga 51 yil bo'ldi.
Xitoy parlamenti sobiq a’zosi Robiya Qodir 1999 yilda Xitoyni tanqid qilgach olti yilga qamalgan edi. Biz uni vijdon asiri deb tan oldik, deydi Xalqaro Amnistiya vakili.

"Biz u orqali uyg’urlar taqdiri haqida bong ura boshladik. Xalqaro hamjamiyat ular haqida hech narsa bilmasdi. Robiya Qodir uyg’urlar represissiyasi aks-sadosiga aylandi",- deydi janob Kumar.  

Ayni damda Robiya Qodirning to’rt farzandi Xitoy hukumati qo’lida va xabarlarga ko’ra, Qodir xonim faoliyatini davom ettirsa, ularni jazolashga ishora qilingan.

Amerika Ovoziga bergan intervyusida, Robiya Qodir Xitoy terrorga qarshi kurash bahonasida musulmon uyg’urlarni siquvga olmoqda, deb ta’kidlaydi.

"Xitoy uyg’urlarni separatizm, millatchilik va isyonkorlikda ayblar edi. AQShga 11 sentyabr hujumlaridan so’ng esa Xitoy uyg’urlarga terrorchi deb qaray boshladi, ko’plarini hibsga oldi, qatl etdi",- deydi Robiya Qodir.  

Robiya Qodirning aytishicha, mushkul vazifa bo’lsa-da, Xitoy hukumatini inson huquqlarini oyoq osti qilishdan to’xtatish mumkin.

"Men oldimga qo’ygan maqsad katta va og’ir. Xitoy qudratli ekanini tushunaman. Ammo haqiqat, adolat va erkinsevar kishilar men tomonda. Bu menga kuch beradi. Xitoy repressiv siyosatini o’zgartiradi deb o’ylayman va uni barcha siyosiy mahbuslarni, jumladan farzandlarimni ozod etishga chaqiraman. Xitoy uyg’ur xalqiga qarshi genosidni bas qilib, ularga erkinlik berishi shart",- deydi uyg'ur ozodlik harakati faoli.  

Robiya Qodir ayni damda AQShda yashayotgan bo’lsa-da, ta’qiblar to’xtaganicha yo’q. Yaqinda uni o’z uyi yonida Xitoy hukumati agentlari zimdan tasvirga tushirgani ma’lum bo’ldi. AQShning Federal Qidiruv Byurosi ham buni tasdiqlagan.

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi Amerika Ovozining intervyu iltimosiga  javob bermadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available