Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Obid Asomov: Sahnadan tushganim yo'q


11/11/2006
Lavhani tinglang audio clip

Obid Asomov ijod qilishda davom etmoqda<br />Manba: www.obid.uz
Obid Asomov ijodiga to'sqinlik bo'lmayapti
Manba: www.obid.uz
Taniqli o`zbek qiziqchisi Obid Asomov ayrim ommaviy axborot vositalarida o`zi haqida tarqatilgan xabarlarni inkor etgan. Bundan tashqari, qiziqchi o`zbek san`ati senzuradan erkin ravishda rivojlanayotganligini ta’kidladi.

Qator axborot saytlari Obid Asomov ta`qib ostiga olingani haqida xabar tarqatgan edi. Odatda mish-mishlarga ijobiy yondashadigan qiziqchi bu xabardan hayratga tushgan:

“Emishki, Obid Asomovga tazyiq o`tkazilayapti; televideniye, radiodan chetlatilganmish. Sababi Obid Asomovning Rossiya televideniyesida chiqqani emish. Bilasizmi, bu uydirma bo`lganda ham juda qo`pol uydirma. Agar bunga biron asos bo`lganda ham tushunishim mumkin edi”, - deydi Asomov.

Obid Asomovning aytishicha, u deyarli har kuni O`zbekiston televideniyesi ko’rsatuvlarida chiqadi. Hatto bu bilan bo`gliq hangoma ham bor, deydi u.

“Bir yili “Darakchi” gazetasida bir opaxonning menga yo`llagan xati e`lon qilindi, - hikoya qiladi Obida Asomov. - Yangi yil arafasi opaxon televizor ko`rmoqchi bo`lib, birinchi kanalga qo`yadi – unda meni ko`rsatishayapti. Opa biroz ko`rgach, ikkinchi kanalga oladi - yana Obid Asomov. Uchinchi kanalga oladi – yana men. Asabiylashib, to`rtinchi kanalga oladi…”

Keyin, “kechirasiz, O`zbekistonda Obid Asomovdan boshqa artist yo`qmi” deb yozibdi.

“Ishonasizmi shunga, - deydi qiziqchi, - keyin men xat yozdim: “Opa, uzr, ayb menda, ko`p chiqib yuboribman, bundan keyin agar yana shunaqa ko`p chiqadiga bo`lsam, telivizorni o`chirib qo`yib, radio eshiting”, - dedim.     

Obid Asomov bilan suhbat mavzusini jiddiylashtirishga hozirlanamiz. Taniqli san`atkorning  bugungi san`at darajasi, mavjud muammolar haqidagi fikrlari bilan qiziqaman. 

"Xalq so'zi" gazetasida Obid Asomov tanqid qilindi

"Xalq so'zi"ning 2006 yil 16 may sonida Obid Asomov tanqid qilindi

Ta'kidlab o`tish joiz, bundan birmuncha vaqt oldin “Xalq so`zi” gazetasida Obid Asomovning  qiziqchilik san`ati tanqid ostiga olingan maqola bosilgan.

Qiziqchi buni og`ir qabul qilganini yashrimaydi. Bu tanqidga o`z munosabatini bildirishni istagan, biroq Asomovning mulohazalari nima sababdandir gazetada bosilmaydi. Obid Asomov bu tanqidga javobini shaxsiy sayti - Obid.uz-da e`lon qiladi.

“Gazetadagi tanqiddan rosti, rosa ensam qotdi. Nima emish, Obid Asomov kontsertida hazil tariqasida tomoshabinlarga gul o`rniga pul olib chiqinglar deb aytdi, shu yaxshimi san`atkor sahnadan pul so`rasa, emish… Men pul olib chiqinglar deganim bilan zal yuz dollardan ko`tarib chiqqani yoq. Ikkinchidan hamma bunga miriqib kuldi. Bu hazil”.

Obid Asomov fikriga ko`ra, bu sahnada vaqt tig`izligi bilan bo`gliq. Konsertda unga o`n daqiqa vaqt berilgan. Bu vaqtda esa tomoshabinlar gul olib chiqishni boshlaydi. Gul berish chiqish uchun belgilangan vaqtning ko`p qismini olib qo`yadi. Natijada san`atkorga ajratilgan vaqt, asosan, gul olish bilan o`tib ketadi.

Obid Asomov san'atga pul bilan kelganlarga qarshiman, deydi
Obid Asomov san'atga pul bilan kelganlarga qarshi
“Sahnada xalqni kuldirmasdan chiqib keta olmayman, yutqizgandek bo`lib qolaman. Men shuni biroz madaniyroq qilib aytmoqchi edim. Gul olib chiqmang desangiz, tomoshabinlar xafa bo`lib qolishi mumkin. Men gul olib chiqmang, pul olib chiqing. Gul so`lib qoladi, pul ko`ngilda qoladi deb aytgandim. Shu gap kimgadir yoqmabdi”, - deydi Asomov.  

Obid Asomov ta’biricha, o`zbek san`atida muammolar bor, lekin bu muammolarni ta`qib bilan bo`glash noto`g`ri:

“Toshkentdagi san`at institutini har yili 30-40 kishi tugatadi. Men  san`atga dadasining yoki boshqaning yordami bilan kelib qolishlariga qarshiman. Natijada chekka qishloqdagi haqiqiy iste`dodlar o`qishga kirolmasdan qaytib ketishayapti”.

San’atkor bu muammoni qanday hal etish lozimligini aytib bera olmaydi:

“Mana, deylik, badiiy kengash. Qo`shiqlarning saviyasini aniqlab, keyin ko`rsatishga tavsiya beradi.  Lekin, to`g`risini aytganda, nima, badiiy kengashdagilarning ham bola-chaqasi bor. Gohida ular ham bilmasdan 5-10 so`m pulni olib qo`yadi, qo`shiqlarni o`tkazib yuboradi”, - deydi Asomov.

San`atkor O`zbekistonda san`at ta’qib ostida degan fikrlarga qo`shilmaydi. San`at erkin rivojlanmoqda, “ lekin men siyosatchi emasman”, qo`shib qo`yadi Obid Asomov.

Obid Asomov fikricha, hozir ko`proq televideniyeda dublyaj ishlari bilan band va qiziqchilik borasida yangi dastur bilan chiqishga shoshilayotgani yoq.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan

  Boshqa xabarlar
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Isroil g'arbiy sohilda yahudiylar uchun yana 1600 bino qurmoqchi
Afg'onistonda xavfsizlik bir yilda mahalliy armiyaga o'tishi mumkin
Rossiyadagi xalqaro mutaxassislar mahalliy qonundan nolimoqda
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs
Amerikalik ekspert: Markaziy Osiyoda imkoniyatni boy berayapmiz  Audio Clip Available
Amerikadan norozi odamlar ko'p, lekin uning yordamiga umid katta
AQSh siyosatiga qaramay islom dunyosida huquq ahvoli yomon
AQSh armiyasi Qandahorda hal qiluvchi jangga shaylanmoqda
O'zbekistonda turmushning og'ir aravasini ayollar tortib keladi
Tojikiston mardikor bozorlari xotin-qizlarga to'la
Falastin bilan muzokara oldidan Isroil yana qurilishga berilmoqda
O'sh maktablarida ko'p tilli ta'lim bo'yicha yangi qo'llanma
Yozuvchilar: Madhiyabozlikni yig'ishtirib, haqiqatni yozaylik
Qirg'zistonda homilador ayollar orasida o'lim hollari ko'paygan
Ilhom Ne'matov - O'zbekistonning Vashingtondagi yangi elchisi  Audio Clip Available
Orxideyalar makonida - Vashington botanika bog'iga sayohat
AQShdan O'zbekiston dehqonlari va nochor oilalarga yordam