Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O`zbekistonda dindorlik ekstremizm bilan adashtirilmoqda


16/11/2006

Joriy haftada Toshkent shahar sudi Komiljon Usmonovni  Xizb-ut-Tahrir guruhiga a’zolikda ayblab, 10 yil qamoq jazosiga mahkum etgan. Huquq himoyachilarining aytishicha, soxta ayblovlar asosida qo’lga olingan fuqaro qamoqda jismoniy qiynoqqa solingan.

Ma`lumotlarga  ko`ra, O`zbekistonda hozirgacha 12 mingdan oshiq kishi diniy ekstremizm aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ammo ularning aksariyati aybsiz ekani ta`kidlanadi.

Yaqinda AQSh davlat departamenti O`zbekistonni diniy e’tiqod erkiligi cheklangan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Mavjud fikrlarga ko’ra, O`zbekitonning bu ro’yxatga kiritilishi keyingi yillarda diniy e`tiqodga nisbatan taz’yiq kuchaygani bilan izohlanadi.

Diniy ekstremizm bilan bo`gliq sud jarayonlarini o`rganayotgan huquq himoyachisi Sur’at Ikromovning so’zlariga ko`ra, 90-yillar o`rtalaridan boshlab O`zbekistonda 12 mingdan ziyod kishi turli muddatga ozodlikdan mahrum qilingan:

“Hozir diniy ekstremizm aybi bilan 6-7 mingga yaqin qamalganlar O`zbekiston qamoqxonasida mavjud, lekin ularning umumiy soni qamalib chiqqanlar bilan birga, bizningcha, 12 mingdan oshiq. Nima sababdan ularga nisbatan bunday bo`layotganligi haqida hozirgacha hech kimdan javob ololganimiz yo’q.

Hukumat bu haqda lom-lim demaydi. Kerak paytida qancha xohlasa, shuncha odamni terib oladi va tergov qiladi, qiynoqqa soladi, uzoq muddatlarga qamab yuboradi. Lekin hozirgacha ularning aybi isbotlaganiga guvoh bo`lganimiz yoq”, - deydi Ikromov.

O`zbekistonda diniy ekstremizm aybi bilan qancha kishi jazoga tortilgani haqida aniq rasmiy ma’lumot yo’q.

Qo`shni mamlakatlar bilan qiyoslansa, diniy ekstremizm va terrochilikda  gumon qilinib, so’ng qamalgan kishilar soni O`zbekistonda bir necha barobar ko’p ekani ravshan bo’ladi.

Su'rat Ikromovning aytishicha, diniy ekstremizmda ayblash va qamoqqa olish  tashabbusi dastlab O`zbekiston tomonidan taklif qilingan. Keyinchalik bu narsa Qirg`iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.

Muxolfat vakillari nazarida O`zbekistonda diniy ekstremizm va terrorchilikka doir jinoiy ishlarning aksariyati soxta. Bugun hukumat aholi noroziligini ham ekstremizm namunasi sifatida ko`rsatmoqda.

“Mazlum” inson huquqlarini himoyalash tashkiloti rahbari A`zam Tu`rgunov  maqsad - O`zbekistondagi vaziyatni yashrish, deb hisoblaydi:

“Bular qurolli qo`zg`olon qiladi, ag`darib tashlaydi, degan gaplar asosiy muammodan e’tiborni chalg`itish uchun qilinayotgan uydirmalar. O`zbek xalqi qashshoqlik yoqasida turibdi. Har qanday odam so`rashi mumkin, nima uchun bunaqa?

O`zbekistonda xalqni farovon qiladigan boyliklar yo`qmi? Agar O`zbekistonning iqtisodiy geografiyasini oladigan bo`lsak, xalqning farovon bo`lishi uchun hamma narsa bor. Lekin aslida xalq uchun hech narsa yo`q. Ishsizlik borgan sari ko`payayapti, narxlar oshayapti, har qanday esli-hushli odam nima uchun degan savolni beradi.

Bu savolga javob beriladigan bo`lsa, hukumatni o`zi bu narsalarga aybdor bo`lib chiqadi. Hukmatning nayranglari, siyosati oshkor bo`lib qolishidan qo’rqishayapti bular”, - deydi A`zam Turg`unov.

Kuzatuvchilar fikriga ko`ra, O`zbekiston hukumati yopiq tuzum, og`ir iqtisodiy sharoit, so`z erkinligining ta’qib ostida ekani ekstremizm uchun qulay muhit bo`lishini yaxshi  biladi.

Mustaqil ekspertlardan biri hukumat ekstremizm xavfini bo’rttirib, shu orqali kuch ishlatish vakolatlarini oshirishdan manfaatdor, deb hisoblaydi. Oddiy musulmonlarga nisbatan qarshi kayfiyatni shu bilan izohlash mumkin. 

Islom Unversitetini yaqinda tugallagan ayolning aytishicha, u hijob o’ragani sababli ishga joylasha olmayapti:

“Ishga kirish uchun oddiy bir maktabga murojaat qilgan edim haligacha arizamni olishmayapti. Bunga mening hijobdaligim sababmi yoki yuqoridan shunday buyruq bormi, bilmayman. Lekin bir narsa aniq.

Islom oliygohlarini bitirganlar, ayniqsa, hijobdagi qizlar ishga joylashishda aniq muammolarga uchrashmoqda. Davlat idoralarida ularning ishlashlari cheklangan”, - deydi  Islom unversitetining bitiruvchilaridan biri. 

AQSh Davlat Departamenti O`zbekistonni diniy e`tiqod erkinligi toptalgan mamlakatlar qatoriga kiritgan. Sabab - an`anaviy islom yo`nalishidagi musulmonlar, shuningdek nasroniylarga bo’lgan salbiy munosabat, ayrim holatlarda yo’l qo’yilayotgan jismoniy zo’ravonlik.

Departament bayonotida vaziyatni yaxshilash uchun O`zbekiston bilan muloqotga kirishishga umid bildriladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?