Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Turkiy davlatlarning asosiy muammosi demokratiyadir


17/11/2006
Lavhani tinglang audio clip

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida turkiy davlatlar anjumani ochildi. Unda yonilg’i boyliklari bo’yicha hamkorlikni kengaytirish hamda hamdo’stlik tuzish muhokama qilinishi kutilmoqda.

Sammitda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston rahbarlari hamda Turkmanistonning Turkiyadagi elchisi qatnashmoqda. O’zbekistondan biror bir vakil borligi haqida xabar yo’q. 

Qirqqa yaqin kattayu-kichik elatlardan tashkil topgan turkiylar orasida sobiq Sovet Ittifoqi barham topganidan beri hamkorlik kuchaygani kuzatiladi.

Temur Xo'jao'g'li
Temur Xo'jao'g'li Istanbuldagi Ko'ch Universitetida markaziy Osiyo bo'yicha dars beradi. O'zbek millatiga mansub bu olim nazarida turkiy davlatlar dmeokratiyaga quchoq ochishdan bosh tortmoqda.
Biroq ko’plab mutaxassislar va turkiy faollar nazarida, tili ko’p jihatdan o’xshash xalqlar siyosiy va iqtisodiy jihatdan birga ishlashga qiynalmoqda.

Istanbuldagi Ko’ch Universitetida Markaziy Osiyo bo'yicha dars beruvchi, o’zbek millatiga mansub professor Temur Xo’jao’g’lining aytishicha, muammolar talaygina.

“Ular ichida eng muhimi nima desangiz, demokratiya bo’ladi.  Bu Turkiya uchun ham, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo respublikalari uchun ham dolzarb masala.”

Turkiya davlat sifatida 1923 yilda tarkib topgan. Biroq 1950-yillargacha bu mamlakatda ko’p-partiyaviylik tizimi bo’lmagan. Turkiya bugungi kunda demokratik davlat deb qaralsa-da, Yevropa Ittifoqiga kirish yo’lida uning demokratik talablariga javob bera olmayapti. Mustaqillik Ozarbayjon va Markaziy Osiyo xalqlari uchun ham erkinlik olib keladi, deb umid qilingandi, deydi Temur Xo’jaog’li.

turkiy tilda soz'lashuvchi xalqlar
Manba: AQShning Nyu Meksiko Universiteti

“Bu davlatlar mustaqillikdan 15-16 yil o’tib ham demokratiya sohasida [olg’a] qadam tashlamagan. Albatta, demokratiya bir kunda yoki bir kechada bo’lmaydi, biroq olg’a qadam tashlash kerak.”

Mutaxassislar nazarida ba’zi turkiy davlatlar demokratiyaga tinchlikka rahna, so’z erkinligiga esa ommani ularga qarshi qo’zg’atuvchi kuch sifatida qaraydi. Yana bir bahona – xalqning demokratiyaga tayyor emasligi, deydi Temur Xo’jao’g’li. 

“Xitoyga qarang, 1949 yildan beri shu gapni aytib kelyapti. Hali ham demokratiyaga tayyor emas. Kuba ham tayyor emas. Shimoliy Koreya ham tayyor emas. Bu orada esa Janubiy Koreya qanday tayyor bo’ldi? Xalqqa imkoniyat berildi. Imkoniyat berilmasa, xalq qanday tayyorlanadi?“

Til va madaniyat birligi haqida gapirishning vaqti o’tgan, deydi Temur Xo’jao’g’li. Bu bilan xalqlarning qorni to’ymaydi. Konkret loyihalar, iqtisodiy rejalar va ularni nazorat qiluvchu tizimlar barpo etilishi kerak. Iqtisodiy birlik taraqqiyot kaliti, deydi olim.

“Iqtisodiyotga tayanmasa, unda o’sha madaniyat va boshqa narsalarning kuchi yo’q. Yevropa Ittifoqi negizida iqtisodiyot yotadi. Turkiy davlatlar o’rtasida tarixiy, madaniy va diniy yaqinlik bor, lekin buning o’zi yetmaydi. Iqtisodiy yaqinlik ham kerak. Har bir turkiy davlat manfaatini nazarda tutuvchi siyosat bilan chiqish kerak.”

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?