Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekistonda prezident saylovlari 23 dekabrda o'tadi


08/01/2007

O`zbekistonda kutilayotgan prezident saylovlari qonunga ko`ra, shu yilning 23 dekabr kuniga belgilangan.

O`zbekiston Huquq Himoyachilari Alyansi a’zolari saylovga aniqlik kiritish uchun O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi vakillari bilan uchrashgan. Markaziy saylov komissiyasida prezidentlik saylovining konstitusiyaga ko`ra, 23 dekabrda o`tishi e`tirof qilingan.

Alyans a`zosi, huquq himoyachisi Jahongir Shosalimovga ko`ra, Markaziy saylov komissiyasi vakili  bilan uchrashuvda Islom Karimovning O`zbekiston prezidenti sifatidagi yetti yillik vakolati  tugagani aytilgan. Markaziy saylov komissiyasi vakili Janobboy Sodiqov esa bu borada Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish lozimligini bildirgan.

Jahongir Shosalimov bu masalaga oydinlik kiritish uchun O`zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga ariza berilishini aytgan.

“O`zbekiston prezidentining yetti yillik vakolati 2007 yilning 22 yanvarida yakuniga yetadi, keyingi saylovlargacha bir yil muddat bor. Bu bilan prezident vakolati uch yilgacha boradi. 26 millionlik O`zbekiston xalqini  bir yilga aldash noto'g'ri, prezident ham buni bilsa kerak, faqat mansab shirin bo`lsa kerak”, - deydi Shosalimov.

Ayni paytda O`zbekiston rasmiy doiralarida prezidentlik sayloviga tayyorgarlik, yoki shunday jarayon kutilayotgani haqida xabar yo’q.

Kuzatuvchilar saylovlarning qanday, qaysi shaklda o`tishi, unda kimlar qatnashishi mumkinligi haqida ham aniq bir narsa aytishga qiynalmoqda.

Muxolifat tomonidan qo’g’irchoq partiyalar sifatida e`tirof etilayotgan mavjud rasmiy partiyalardan ham bu haqda munosabat olish qiyin.

Mavjud partiylar orasida o`zini muxolif deb atayotgan Xalq Demokratik Partiyasining  Oliy Majlisdagi fraksiyasi raisi Asliddin Rustamov zarur yig’ilishi borligi uchun bu haqda gapirishga vaqti yo`qligini bildirdi.

Xalq demokratik partiyasining markaziy kengashidan ham yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlariga nisbatan hech qanday fikr bildirilmagan.

Kuzatuvchilar nazarida bu rasmiy partiylar hukumat tomonidan ishora kutishmoqda, mustaqil ravishda bu haqda fikr bildirishga jur’atlari yo’q.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov o`z malumotlariga va Oliy Majlis tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga, rasmiy partiyalarga berilayotgan topshiriqlarga qarab O`zbekistonda prezidentlik saylovi o`tishini taxmin qiladi.

“Bir qator siyosiy, huquqiy texnologiyalar mavjud. Fuqarolik jamiyati zaif rivojlangan mamlakatda istalgan amaliyotni qo`llash mumkin. Jumladan, amaldagi hukumat boshlig'i uchinchi, to`rtinchi, beshinchi marta ham nomzodini ko`rsatishi mumkin. O'zbekiston prezidentining  esa, ikki muddati ham o`tab bo`lingan. Birinchisi, 1992 yildan 2000 yilgacha, ikkinchisi 2000 yildan 2007 yilgacha. Konstitutsiyaga ko`ra, u uchinchi bor o`z nomzodini qo`yishga haqqi yo’q”, - deb javob beradi Rabbimov.

Ayni paytda muxolif “Birlik” harakati va “Erk” partiyasi vakillari saylovlarda ishtirok etish uchun o`z nomzodlarini ko`rsatishgan. Bundan tashqari o`zbek muxolifatining umumiy yig’ilishi kutilayotgani va yagona nomzod ko`rsatilishi mumkinligi haqida xabarlar bor.

Janubiy qozog’istonlik kuzatuvchi, Qozog`iston muxolifati vakillaridan biri Abdumalik Sarmonovga ko`ra, O`zbekistonda kutilayotgan saylovdan biron o'zgarish kutish qiyin.

Abdumalik Sarmonov fikricha amaldagi hukumat rahbari Islom Karimovning imkoniyatlari 99 foiz, muxolifatda esa bir foiz xolos. 

“Bu hozirdagi vaziyatni inobatga olganda, lekin nazariy jihatdan qaraganda agar muxolifat faol ishlasa unda hokimyatni olish imkoniyati bor. Faqat buning uchun aniq ish olib borilishi lozim. O`zbekiston ichkarisida demoqchi emasman. O`zbekiston bilan qo`shni bo’lgan respublikalarda mustahakam bazalar yaratish lozim, shu bazalarga tayangan holda O`zbekiston bilan ishlash darkor. Bu harakatlar uchun esa haddan tashqari kechikilmoqda. Afsuski, muxolifat uchun vaqt behuda ketyapti ”, - deydi Sarmonov.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?