Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
AQSh ta’lim maskanlarida o’qish bahosi qancha?


02/02/2007

Ta'lim
Amerika oliygohlarida bir yillik ta'lim o'rtacha 25-35 ming dollar. Universitetning nufuziga, davlat tasarrufida ekani yoki xususiyligiga qarab, ba'zi universitetlarda o'qish arzonroq, ba'zilarida qimmatroq.

O’zbekistonda avvallari odamlar to’y-marosimlarga, uy-joy, mulkka mablag’ sarflagan bo’lsa, so’nggi paytlarda oliy ma’lumotga, umuman, o’qishga pul sarflash asta-sekin odat tusiga kirib bormoqda.

Ota-ona qaramog’idan chiqib, mustaqil hayot kechira boshlagan talaba-yoshlar ham anchagina. Yuzlab nafari Qo’shma Shtatlarda o’qiydi va ishlaydi.

Amerika oliygohlarida bir yillik ta’lim o’rtacha 25-35 ming dollar. Misol uchun, Vashington universitetida tahsil olayotgan chet-ellik talabalar 2006-2007 o’quv yili uchun 36 ming dollar haq to’lamoqda.

O’zbekistonda aksariyat hollarda farzandlar to turmush qurgunga qadar, hatto undan keyin ham sarf-harajatni ota-onalar to’laydi.

O’rtacha oylik ish haqi 30 dollar ekanini inobatga oladigan bo’lsak, o’qishga  36 ming dollar to’lashga qurbi yetadigan ota-onalar kam. Umuman, Qo’shma Shtatlar aholisi uchun ham bu juda katta pul.

Xullas, oliy o’quv yurtining nufuz-obro’siga, davlat tasarrufida ekani yoki xususiyligiga qarab, ba’zi universitetlarda o’qish arzonroq, ba’zilarida qimmatroq.

AQShda ta’lim olgan o’zbekistonlik talabalarning o’qishini aksariyat hollarda AQSh hukumati to’lagan.

Vashingtonda ta'lim olayotgan yosh o'zbekistonlikning aytishicha: “Maktabda o’qib yurganimda, turar-joy, yegulik, darslik va boshqa xarajatlar men yutib olgan grant ichiga kirar edi. Qo’shma Shtatlarda safar qilish, ta’lim xarajatlarini to’lashga o’zimning moliyaviy imkoniyatim yo’q edi. Jorjtaun Universitetida amaliyot o’tab, buning uchun maosh olar edim. Ana shu mablag’ kundalik sarf-xarajatlarimga ketdi”.

Mutaxassislar xorijlik talabalarga o’qishning hech bo’lmaganda birinchi ikki oyi uchun bankda yetarlicha pul jamg’arishni maslahat beradilar.

Umuman olganda, AQShdagi universitetlarga o’qishga kirish uchun bir oy oldin emas, kamida bir yarim yil oldin tayyorlanish, homiy izlash maqsadga muvofiq.

Qo’shma Shtatlarda oliy ta’lim haqida batafsil AQSh Davlat departamentining maxsus saytiga – www.educationusa.state.gov sahifasiga o’qishingiz mumkin. Biroq ma’lumot faqat inglizchada.

Mavzu yuzasidan savollaringizni uzbek@voanews.com manziliga yo'llang.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?