Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Partiyalar prezident saylovlari haqida gapirishni xohlamaydi


16/02/2007

Yaqinda Germaniyaning Konrad Adenauer jamg’armasi O`zbekistondagi rasmiy partiyalar uchun siyosiy partiyalar va internet mavzusida seminar o`tkazgan. Seminarda ishtirok etgan germaniyalik ekspertlar mavjud siyosiy partiya vakillariga siyosiy partiyalar faoliyati, targ`ibotida internet xizmatining o`rni haqida tushunchalar berishgan.

O`zbekistondagi rasmiy, mustaqil kuzatuvchilar tomonidan qo`g`irchoq partiyalar sifatida e`tirof qilinayotgan partiyalar faoliyati hozirda, asosan, O`zbekiston prezidenti taqdim etgan davlat boshqaruvida siyosiy partiyalar o`rnini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini muhokama etish bilan ko`zga tashlanadi.

Rasmiy partiya vakillari mazkur qonun o`laroq mamlakatdagi yangi siyosiy jarayonga tayyorgarlik ko`rishayotganini ma’lum qilishadi.

Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlisdagi fraksiyasi raisi Asliddin Rustamovning aytishicha, bu davr 2008 yildan boshlanadi.

“Partiyaning o`zida ham muhim o`zgarishlar qilinishi kerak, odamlar yaxshi kutib olishayapti, bu qonunlarning mohiyatini ularga tushuntirish kerak, shuning uchun 2008 yilning birinchi yanvaridan kuchga kirishi mantiqan to`g’ri deb hisoblayman,” deydi Rustamov.

Milliy tiklanish demokratik partiyasining markaziy kengashi raisi Xayriniso Mirzajonova ham shunday siyosiy raqobat kutilmoqda deb hisoblaydi.

“Partiyalarda yangi a`zolar yig’ilishga, elektoratga ahamiyat qaratish kuchli bo`ladi, kim ko`proq elektorat bilan ishlasa, o`sha aniq kuchga ega bo`ladi? Umuman, raqobat kuchayadi,” deydi Mirzajonova.

Rasmiy partiyalardan yana biri, O`zbekiston Liberal demokratlar partiyasi yaqindagi siyosiy kengashida 2007 yilni tayyorgarlik yili sifatida e`tirof etgan, biroq bu tayyorgarliklar O`zbekistonda kutilayotgan asosiy siyosiy voqea  - prezident saylovlari bilan bo`gliq emas.

Partiyaning matbuot xizmati rahbari Shuhrat Oripov so’zlariga muvofiq, siyosiy kengash yig`ilishini o’tkazishdan maqsad O`zbekiston prezidenti taqdim etgan qonunlarni muhokama qilish. 

“Saylovlar masalasi esa bu Markaziy saylov qomitasiga bo`gliq, bu haqda biron narsa deya olmayman,” deydi Oripov.

O`zbekiston parlamentida ko’pchilik, ya’ni 147 ming a`zoga ega bo`lgan Liberal demokartlar partiyasiga, undan keyingi o`rin XDPga tegishli. Har ikki partiya faqat parlament doirasidagina muxolif ekanliklarini bildirishgan.

Rasmiy partiya vakillari siyosiy raqobat kuchayishi haqida fikr bildirar ekan, dekabr oyida kutilayotgan asosiy siyosiy voqea – president saylovlari haqida gapirishni istashmaydi.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov nazarida agar O`zbekistonda haqiqatda siyosiy erkinlik berish niyati bo`lganda edi, mutlaqo boshqa qonunchilik tashabbuslari bilan chiqish mumkin edi.

“Bizda hokimiyatlarning bir-biriga tegib turish mexanizmi konstitutsiyada ham ko`rsatilmagan. Ijroiya hokimiyati haddan tashqari kuchli, qonunchilik va sud hokimiyatlari ularga bo`gliq, ya’ni juda zaif. Prezident xohlagan paytda parlamentning ikki palatasini ham tarqatib yuborishi mumkin, konstitutsiyaviy sud bilan maslahatlashgan holda. Prezidentning iste’fosini talab qilish, nazariy jihatdan ham qonunchilikda mavjud emas,” deydi Rabbimov.

Mustaqillik boshlaridanoq, O`zbekiston hukumatiga muxolifligini bildirgan va hozirda mamlakatda ishlashiga ruxsat berilmayotgan amaldagi muxolifat ta’biricha hukumat o`ziga qarashli qo`g’irchoq partiyalar ishtirokida navbatdagi siyosiy o`yinni boshlayapti, xolos.

Ularning aytishicha, haqiqiy demokratik o`zgarishlar amaldagi muxolifat faoliyatiga ruxsat berilgandagina boshlanishi mumkin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Prezident Karimov muxolifat yaratish payida
O'zbekiston prezidenti saylovlari 2007: Muxolifatga yo'l beriladimi?
Karimov muxolifatni kuchaytirmoqchi, tazyiqdagi muxolifatchi?
 
  Bosh mavzu
Ekspertlar: Radikalizm bor narsa, lekin bo'rttirilmasligi kerak  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonda namoz o'qish - mutaassiblikmi?
Eron uranni boyitish ishlarini kuchaytirgan
Hilmandda Tolibonga qarshi yirik operatsiya
Suv-energetika muammosi dolzarb, uni hal etishga iroda yo'q
"O'z tariximizni va o'zgalar tarixini birdek o'rganishimiz kerak"  Audio Clip Available
Geyts fikricha Eronga yangi sanksiya qo'yishga shoshmaslik kerak
Karzay hukumati va Tolibon. Muzokara samara beradimi?
Bu oy Amerika qora tanli qahramonlarini xotirlamoqda
AQShda muhojirlar uchun ish topish oson emas
O'zbekistonda aholi adliya tizimi va militsiyadan shikoyat qilmoqda
Qirg'iziston: Bezorilik bekorchilikdan, nazorat yo'qligidan
Moda olami xotin-qizlar ravnaqi uchun xizmat qilmoqchi
Eron AQShning arab davlatlari bilan qurol savdosini tanqid qilmoqda
General Makkristal: Afg'onistonda vaziyat yaxshilanmoqda
Ruminiya AQSh rejalagan mudofaa tizimini qabul qilishga rozi
O'zbekiston Tojikistondan GES rejalaridan qaytishni so'ramoqda
O'zbekiston 6+3 tashabbusini olg'a surmoqda, hozircha javob yo'q
Qozog'iston Yevropa tashkilotiga raislikdan unumli foydalanmoqchi  Audio Clip Available
Eron fazoviy yutuqlarini dunyoga ko'z-ko'z qilmoqda
Yevropa tashkiloti O'zbekistonni tanqid qilmoqda
Qozog'iston tashqi ishlar vaziri Vashingtonda
Saakashvili: Gruziyadan Afg'onistonga tranzit yo'li ochish kerak
Amerika mablag'ni asosan iqtisod va xavfsizlikka sarflaydi
Dog'iston Shimoliy Kavkazning eng notinch nuqtasiga aylanmoqda
Qirg'izistonda mintaqaviy birdamlik haqida ijobiy fikrlar yangramoqda