Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
AQSh: Ashgabat bilan hamkorlik, Toshkent bilan esa mavhumlik


23/03/2007

Boucher
Richard Baucher AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati
Amerika rasmiylari nazarida Turkmanistonning Qurbonguli Berdimuhammedov boshchiligidagi hukumati Internet va ta'lim sohasini cheklovchi ayrim qonunlarni bekor qilib, jamiyatni erkinlashtirishga tayyor ekanini namoyish etmoqda.

Yaqingacha Turkmaniston Markaziy Osiyodagi eng ezilgan xalq deb kelinar edi.

AQShning mintaqa bo’yicha bosh diplomati Richard Baucher ta’biri bilan aytganda, hozir bu hol biroz bo'lsa-da o’zgargan. 

Lekin Vashington Ashgabatni maqtashga shoshmayapti.

Qurbonguli Berdimuhammedov
Qurbonguli Berdimuhammedov
"Avval, ikki oradagi aloqalarni kengaytiraylik, Turkmanistonda ijtimoiy-siyosiy hayot sal bo’lsa-da ijobiylashganini ko’raylik",- deydi Richard Baucher.

O’zbekistondagi vaziyat, prezident Islom Karimovning muddati tugagani, bu yil kutilayotgan saylovlar ham Vashington siyosiy doiralarida tez-tez tilga olinadi. Baucher, norasmiy muloqotda, saylov bilan mamlakat o’zgarib qolmaydi deydi.

Bosh diplomat nazarida O’zbekiston bilan qancha muzokara qilinmasin, qancha va’dalar berilib, orada imzolangan hujjatlar eslatilmasin, hatto madaniy-o’quv almashinuv dasturlarini yuritish ham qiyin bo’lib qolgan.

Islom Karimov
Islom Karimov
"O’zbekiston fuqarolari uchun chet elga chiqish oson emas. Shunday ekan, O'zbekiston yoshlarini bu mamlakatga taklif qilish ham qiyin",- deydi Baucher.

AQShda asoslangan nohukumat tashkilotlarning O'zbekistondagi idoralari yopilgan va yopilmoqda.

Bu kabi siyosat hamkorlikni cheklaydi, deydi AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Richard Baucher.

Vashington Afg’oniston-Pokiston chegarasida, Tolibon qo’nim topgan joylarda xalqning radikal kuchlarga, ajnabiy jangarilarga qarshi bosh ko’tarayotganini olqishlamoqda. 

Lekin Vaziristonda qo’lga olingan jangarilarga nima bo’lishini, O’zbekiston Islomiy Harakati qoldiqlari deb ta’riflanayotgan odamlar taqdirini Pokiston hukumati hal qiladi, deydi Amerika rasmiylari.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?