Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekiston prezidentligiga da'vogarlar safi kengaymoqda

21/04/2007

O`zbekiston huquq himoyachilari alyansidan O`zbekiston prezidenti saylovlarida ishtirok etishini ma`lum qilgan uchinchi nomzod – Adham Shoyimardonov. Uning aytishicha, saylovlarda qatnashishdan maqsad hokimiyat uchun kurash emas, balki O`zbekiston aholisini siyosiy faolikka chaqirish.

“Hali sovet ittifoqidagi o`tmishdan kelayotgan bir an’ana bor – yuqori lavozimga faqat hukumat tavsiya qilgan odamlar tayinlanishi kerak. Maqsad shunday an’analarni sindirish, O`zbekistonning istalgan oddiy fuqarosi o`z huquqlaridan foydalangan holda bu narsani xohlashi va amalga oshirishi mumkin”, - deydi u.

Shoyimardonov davlat idoralarida ishlamagan.

Uning fikricha, mamlakat ichkarisida siyosiy layoqatga ega mutaxassilar juda ko`p. Lekin ular hozircha jim turishibdi. Buning sababi, deydi u, mavjud tuzumda.

“Aholida hukumatga nisbatan ishonch qolmagan, sobiq sovet ittifoqi tuzumida kim hukumatga qarshi bo`lsa, ochiq gapirsa, dissidentga aylanardi, yo`qotilardi yoki qamoqqa tashlanardi. O`zbekistonning mustaqillik yillaridagi siyosati ham xuddi shu an`analarni takrorlanganini kuzatamiz, odamlar hukumatga ishonmaydi, qo`rqadi”, - deydi u. 

Nomzod sifatida kurash olib borasizmi degan savolga javoban Adham Shoyimardonov yakka o’zi buning uddasidan chiqmasligini, lekin imkoniyat berilsa, albatta kurashishini, turli yer osti zahiralariga boy mamlakat iqtisodiyotini ko`tarish yo`llaridan xabardorligini aytadi.

Uning aytishicha, prezidentlikka nomzodini ko`rsatishdan asosiy maqsadi, birinchi navbatda, aholida davlat rahbari tayinlanishi kerak emas, saylanishi lozim, nomzodlarni tanlash imkoniyati bor degan tasavvur uyg`otish. Siyosiy faolikka chaqirish va huquq himoyachilarining xalq orasidagi mavqeini ko`tarishdir.

54 yoshli Adham Shoyimardonov Qishloq xo`jalik institutini o`rmonchilik mutaxassiligi bo`yicha tugatgan. Ekologik tashabbuslari bilan ham ma`lum. Saylov dasturida, asosan, ekologik masalaga urg`u qaratishini bildirmoqda.

Shu yilning dekabr oyida kutilayotgan prezident saylovlarida qatnashish istagini bildirgan mamlakat ichkarisidagi nomzodlar Adham Shoyimardonov bilan birgalikda uch kishiga yetdi.

Ularning hammasi O`zbekiston huquq himoyachilari alyansi tomonidan ko`rsatilgan. Bundan avval alyansning ikki a`zosi Jahongir Shosalimov va Abdulla Tojiboy o`g`li  nomzod sifatida qatnashishlarini ma`lum qilgan edi.

Hozircha rasmiy hukumat, mavjud rasmiy partiyalar O`zbekistonda kutilayotgan saylovlar haqida biror ma`lumot bildirganicha yo’q.

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov qonund belgilangan ikki muddatni ham o`tab bo`lgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?