Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Uyg'urlar AQShdan ko'proq yordam va e'tibor so'ramoqda


02/04/2007

Robiya Qodir Jahon Uyg'urlari Kengashi rahbari
Robiya Qodir               Jahon Uyg'urlari Kengashi rahbari
Hozirda jahon bo’ylab taxminan 20 million atrofida uyg’ur bor. Ularning 10 millionga yaqini Xitoy g’arbida, Shinjon viloyatida, uyg’urlar ta’biricha Sharqiy Turkistonda yashaydi. Markaziy Osiyo va G’arbda ham millionlab uyg’urlar bor.  Uyg’urlar davlatchilik uchun kurashib kelayotgan yirik etnik guruhlardan biri.

"Xitoy uyg'urlarning erkinliklarini, millat sifatida huquqlarini buzmoqda va xususan ayollarga bosim o'tkazmoqda"-, deydi Jahon Uyg’urlari Kongressi rahbari Robiya Qodir.

Human Right Watch va Xalqaro Amnistiya kabi inson huquqlari tashkilotlari Shinjon viloyatida huquq ahvoli tobora yomonlashib bormoqda deya jar solib keladi. Biroq Xitoy hukumati axborot vositalarini kuchli nazorat qilishi bois, u yerdagi jarayonlarni aniq va o’z vaqtida tahlil qilish qiyin.

"Uyg’urlar oldida turgan bosh masala – birdam bo’lish, Shinjonda yashayotgan uyg’urlar hayoti haqida ko’proq axborot tarqatish",- deydi Xalqaro Amnistiya tashkiloti xodimi T. Kumar. "Ammo uyg’urlar tushunishi kerak – ularga zulm o’tkazayotgan Xitoy xalqi emas, balki Xitoy hukumati".

Xalqaro tashkilotlar nazarida terrorga qarshi urush natijasida Xitoyning uyg’urlarga munosatabati yanada salbiylashgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra uch mingga yaqin uyg’urlar hisbga olingan, ba’zilari qatl etilgan. Uyg’urlar millat sifatida yuksalishga o’zini haqli deb bilsa, Xitoy uyg’ur harakatini separatist kuchlar deb ta’riflaydi.

AQSh Vakillar Palatasi xodimi Gans Yoakim Xogref fikricha uyg’ur masalasi haqida gapirganda aynan inson huquqlariga urg’u berish lozim. "Bu asosiy mavzu",- deydi u. "Chunki uyg’ur milliy kurashini turlicha talqin qilish mumkin. Xogref nazarida Uyg’ur mustaqilligi haqidagi tortishuvlar soyasida huquq masalasi chetda qolmasligi kerak."

Uyg’urlar asosan Amerika xalqi yordamiga tayanadi, chunki Xitoy bilan hamkorligi sabab turkiy davlatlar uyg’ur masalasiga aralashishni ma’qul deb topmaydi. Jumladan, O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston hukumatlari uyg’ur siyosiy faollarini Xitoyga topshirish hollari kuzatilgan. 

Xitoy hukumatiga ko’ra, Shinjonda uyg’urlar to’q va farovon hayot kechirmoqda. Faol uyg’urlar bunday fikrda emas. Diskriminatsiya, zulm, millatni millat sifatida tan olmaslik va uning huquqlarining poymol etilishi qanday qilib to’kis hayot bo’lishi mumkin, deya so’raydi uyg’ur harakati yetakchilari. 

AQSh uyg’urlarning eng yirik homiysi. Uyg’urlar AQShdan rasmiy Pekinga nisbatan siyosatda uyg’ur masalasini hisobga olishni so’rab keladi. Amerika rahbariyati uyg’urlarni quvvatlashini yashirmaydi va Xitoyni uyg’urlarga nisbatan zo’ravon siyosatda ayblaydi. Lekin bir paytning o’zida Xitoy AQShning muhim iqtisodiy hamkori. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlani ezishda davom etmoqda
O'zbekistonda uyg'ur jamoasi kichrayib bormoqda
 
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available