Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekistonda huquq faoli prezidentlikka nomzodini olg'a surmoqda


03/04/2007

Abdulla Tojiboy Ogli
Abdulla Tojiboy O'g'li

O'zbekistonda prezident saylovlari kutilmoqda, biroq na hukumat, na jamoatchilik mavzuga til tekkizadi. 

Yil boshidan beri ikki kishi o'z nomzodini e'lon qilgan. Ulardan biri, O`zbekiston Huquq Himoyachilari Alyansi a'zosi Abdulla Tojiboy o'g'li, shijoat g'alaba olib keladi deya ishonch bildirmoqda.

O`zbekiston qonunchiligida belgilanishicha prezident saylovlari shu yilning dekabr oyida o`tishi kerak. Biroq O`zbekistonda hozirgacha saylovlar o`tishi yoki o`tmasligi haqida biron rasmiy ma’lumot yo’q va mavjud partiyalarning bu boradagi harakatalari kuzatilmayapti.  

O`zbekiston muxolifati esa bir muncha avval prezidenlik saylovlarida ishtirok etishini bildirgan va hozirda chet-elda yashayotgan partiya yetakchilari nomzodini ko`rsatgan edi.

Mamlakatda yashayotgan va saylovlarda qantashish istagini bidirgan nomzodlar esa sanoqli.  Bundan bir muncha avval huquq himoyachisi Jahongir Shosalimov o`z nomzodini e’lon qilgan  bo`lsa, yaqinda yana bir huquq faoli 57 yoshli Abdulla Tojiboy o’g’li ham o’z nomini olg’a sura boshladi.

Har ikki nomzod ham O`zbekiston Huquq Himoyachilari Alyansi tomonidan ko`rsatilgan. Alyans yaqinda tashkil qilingan uyushma bo`lib, respublika bo`ylab 100 dan ortiq a`zoga ega.   

Saylov?
Siyosiy tahlilchilar fikricha O`zbekistondek avtoritar jamiyatda prezidentlikka nomzod sifatida ko’rsatilishning o’z katta gap. Biroq saylov, nima bo’lganda ham, kampaniyasiz, targ’ibot ishlarisiz o’tmaydi. Buning uchun esa katta mablag' kerak. 
Abdulla Tojiboy o`g`li konstitutsion huquqlaridan foydalanayotganini aytadi. Maqsad, deydi u, inson huquqlari va demokratiyani ustuvor bilgan hukumat bunyod etish.  

Abdulla Tojiboy o`g`li Toshkent shahrida tu`gilgan. Toshkent Oziq- ovqat texnikumini tugatgan va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlaridan oqsil moddasini olish bo`yicha tadqiqot ishi qilgan.  Huquq himoyachisi sifatida 2003 yildan boshlab faoliyat yuritib keladi. Uch farzandi va olti nafar nevarasi bor.

Nomzodning aytishicha uning dasturi asosan ichki bozorni himoyalash, aholini ish bilan ta’minlash, milliy pul qiymatini mustahkamlash va ta’lim sohasini isloh qilishdan iborat.  

“So`nggi yillarda amalga oshirilgan ta’lim siyosati, ayniqsa latin alifbosidagi adabiyotlar bois, samara bermadi”, - deydi u.

Siyosiy tahlilchilar fikricha O`zbekistondek avtoritar jamiyatda prezidentlikka nomzod sifatida ko’rsatilishning o’z katta gap. Biroq saylov, nima bo’lganda ham, kampaniyasiz, targ’ibot ishlarisiz o’tmaydi. Nomzodga mablag’ qayerdan keladi?

Abdulla Tojiboy o`g’li, mablag` topish qiyin masala, deydi. Lekin mamlakatdagi puldor odamlar nomzod shijoatidan lol qolmoqda.

“Ular O`zbekistonda mutlaq o`zgarishlar bo’lishini kutmoqda. Shuning uchun pulimiz bo`lmasa ham albatta hurmatlashsa kerak deb o`ylaymiz va albatta, g`alaba qozonamiz”, - deydi Abdulla Tojiboy o`g`li.

O`zbekiston qonunchiligiga ko`ra prezident saylovoldi kampaniyasi saylovdan uch oy oldin boshlanishi kerak. Saylov dekabrda kutilayotgan bo`lsa, Markaziy saylov qo`mitasi saylov kampaniyasini sentyabr oyida e`lon qilishi lozim.

Bungacha hukumat tomonidan yoki amaldagi mavjud partiyalar tomonidan prezidentlik uchun kimlar kurashishi aniqlanadi.

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov mamlakatni 17 yildan buyon boshqaradi va qonunchilikka binoan belgilangan ikki muddatni ham o`tab bo`lgan.

Ism-sharifini bildirishni istamagan sharhlovchilar nazarida prezident  Islom Karimovning  nomzodi yana qo`yilishi shubhasiz, faqat  buning qanday amalga oshirilishi kutilmoqda xolos.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?