Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Pokistondagi o'zbek jangarilari kim tomonda?

14/04/2007

“New York Times” va “Washington Times” gazetalarining Markaziy Osiyo va unga qo’shni davlatlardagi vaziyat yuzasidan sharhi

Tolibon qo’mondonlaridan birining aytishicha, deb yozadi "Nyu York Tayms" nashri, o’zbek jangarilariga qarshi Tolibon ham tish qayramoqda
AQShning “Nyu-York Tayms” nashri Pokistonning qabilaviy hududlaridagi ahvol va jangarilarga qarshi kurash haqida xabar beradi. “Vashington Tayms” gazetasiga ko’ra esa Xitoy terrorga qarshi urush bahonasida mamlakatning g’arbiy qismida yashovchi uyg’urlarga tazyiq o’tkazmoqda.

AQShning nufuzli gazetalaridan biri, “Nyu-York Tayms” Pokistonning Afg’oniston bilan chegaradosh hududlaridagi vaziyatga nazar tashlaydi. Pokiston hukumatining tishi deyarli o’tmaydigan bu hududlarda turli qabilalar joylashgan.

Aksariyat tahlilchilar nazarida al-Qoida va Tolibon jangarilari aynan shu yerlarni o’z bazasiga aylantirgan va chegaradan Afg’onistonga o’tib koalitsiya qo’shinlari va afg’on kuchlariga qarshi hujum uyushtirmoqda. Gazetaga ko’ra, so’nggi kunlarda Pokiston qo’shinlari Janubiy Vaziristonda chet-ellik jangarilarga qarshi jang qilgan.

Ayrim ma’lumotlarda keltirilishicha, ularning aksariyati Al-Qoidaga aloqador o’zbeklar va Markaziy Osiyo vakillari. Hukumat qo’shinlaridan tashqari ularga qarshi mahalliy qabilalar vakillari ham jang qilmoqda. Biroq bu o’zbeklar O’zbekistondanmi yoki Afg’oniston shimolidan chiqqan mahalliy o’zbeklarmi, hozircha noaniq.

Vaziristonda jang qilayotgan o’zbeklar O’zbekistondanmi yoki Afg’oniston shimolidan chiqqan mahalliy o’zbeklarmi, hozircha noaniq, deb yozadi "Nyu York Tayms"
Tolibon qo’mondonlaridan birining aytishicha, o’zbek jangarilariga qarshi Tolibon ham tish qayramoqda, chunki o’zbek jangarilari Tolibondan farqli o’laroq Afg’onistondagi xalqaro kuchlarga emas, aksincha Amerikaga xayrihoh deb bilingan Pokiston hukumatiga aloqador kishilarga qarshi harakat qilmoqda. Bu esa mahalliy qabilalarni ham, Tolibon rahbariyatini ham g’azabga solgan.

Pokiston prezidenti Parvez Musharrafning aytishicha, turli xil jangarilarga qarshi kurashish uchun 85 mingdan ziyod harbiy mintaqaga safarbar qilingan.

Shinjon - Xitoyda uyg’urlar yashaydigan hudud, biroq uyg’urlarning o’zi yerlarini Sharqiy Turkiston, deb atashni afzal ko’radi. “Shinjon” xitoy tilida “yangi yer” degani, biroq ko’p asrlardan beri bu yerda yashayotgan uyg’urlar uchun bu yerlar yangi emas.

Uyg’urlarning kommunistik Xitoy zulmidan qutilishga qaratilgan har qanday faoliyati – xoh qurolli bo’lsin, xoh tinch bo’lsin, Xitoy hukumati tomonidan terroristik harakat deb baholanadi.

Qoshg'ar
“Vashington Tayms” nashrida yozilishicha, Xitoyning uyg'urlar yashaydigan, ba'zida Sharqiy Turkiston deb ataladigan hududda musulmonlarning chet elliklar bilan muloqot qilishi qat’iyan man etiladi. Buning uchun hattoki qamoqqa olinish ham mumkin.
Hududga safar qilgan “Vashington Tayms” gazetasi muxbiri Anton Foekning aytishicha, Xitoy hukumati xalqaro terrorga qarshi urush bahonasida terrorchilikka aloqador bo’lmagan uyg’urlarga bosim o’tkazmoqda. 100 ming kishilik aholiga ega Ko’cha shahrining 80 foizini uyg’urlar tashkil etsada, ularni xitoylar boshqaradi.

Uyg’urlarning huquqlari kundalik ravishda buziladi, sababsiz qamoqqa olish, mehnat lagerlariga jo’natish, sudsiz tutqunlikda uzoq ushlab turish odatiy hol.

“Vashington Tayms” muxbirining aytishicha, musulmonlarning chet-elliklar bilan muloqot qilishi qat’iyan man etiladi. Buning uchun hattoki qamoqqa olinish ham mumkin.

Mahalliy uyg’urlarning aytishicha, Sharqiy Turkiston tabiiy qazilmalarga boy bo’lgani bois, xitoylar uyg’urlarni o’z yeridan siqib chiqarishga harakat qilmoqda. Xitoy hukumatining mintaqani rivojlantirishga qaratilgan harakatlariga qaramay hududning iqtisodiy jihatdan eng nochor tabaqasi – uyg’urlar.

Mutaxassislar nazarida, Xitoyning jahonda tutgan o’rni va tobora o’sayotgan iqtisodiy salohiyati uni xalqaro hamjamiyat bosimi va tanqididan himoyalab kelmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston Navro'zi ayyomni qanday nishonlamoqda?

  Boshqa xabarlar
Turk-arman mojarosi yuzasidan bahslar davom etmoqda
Muhojirlar: Amerikadagi hayot quvonchlari va tashvishlari  Audio Clip Available
Tahlilchilar: Isroil-Falastin nizosini cho'zishdan manfaatdorlar ko'p
Qoradoriga qarshi kurashayotgan ayol agentlar
Falastin davlatini barpo etish uchun ikki yil muhlat
AQSh va Rossiya: Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
Amerika diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?