Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekistonning qoloq bank tizimiga ishonch yo'q


30/04/2007

so'm
Ayrim iqtsidodchilar taxminicha  O'zbekiston so'mining 90 foizi bank moliyasida ishtirok etmaydi. Ko'pchilik pulni bankka ishonmaydi.  
Mutaxassislar nazarida O`zbekiston iqtisodiyotidagi eng zaif nuqtalaridan biri bu bank tizimidir.

Rossiyaning “Interfaks” agentligi Iqtisodiy Tahlil Markazi tadqiqotlariga ko`ra O`zbekistonda mavjud bank tizimi nafaqat mintaqa, balki sobiq Sovet davlatlari orasida ham eng quyi o`rinlardan birini egallaydi.

O`zbekiston banklarida rivojlanish emas, aksincha pasayish kuzatilmoqda. Bu ko`rsatkichlar bank aktivlari sarmoya jalb qilishi, kreditlar va xizmat ko`rsatish darajasiga qarab o`rganilgan. 

Bank taraqqiyoti jihatdan yetakchi o`rinlarni  Qozog`iston, Rossiya va Ukraina banklari egallagan.

Qozog`iston bank tizimi rivojlanishi yuzasidan eng ilg`or mamlakatligi qayd etilgan. Masalan, aktivlar miqdori bo`yicha yetakchi o`rinlarga ko`tarilgan Qozog`iston banklari ko`rsatkichlari O`zbekiston bankiga qaraganda bir necha marotabaga ko`p.  

Iqtisodiy Tahlil Markazi ekspeti Aleksey Buzdalin fikriga ko`ra O`zbekiston banklarining kreditlar bo`yicha ko`rsatkichlari yildan-yilga pasayib bormoqda va bank tizimining rivojlanishiga umid uyg`otuvchi ko`rsatkichlarning o`zi yoq.

Espertlarga ko`ra mamlakat iqtisodining rivojlanishi banklarlarning moliyaviy qudratiga qarab aniqlanadi.

O`zbekiston Moliya instituti dotsenti, iqtisodchi Ibrohim Hakimov fikricha tadqiqqot natijalaridan qa'tiy nazar O`zbekistonda bank tizimi rivojlanmoqda. 

Ibrohim Hakimov deydiki, O`zbekiston banklarining moliyaviy qudratini MDH miqyosida solishtirish iqtisodiyot rivojlanishi haqida aniq xuloslar bermaydi.

“Bu sur'atlar bo`yicha baho berish bir tomonlama bo`ladi, negaki O`zbekistonning o`ziga yarasha xusisiyatalri bor, ko`proq agrar mamlakat. Mashinasozlik rivojlangan davlat bilan solishtirib bo`lmaydi, [tadqiqotda] shunday jihatlari hisobga olinmagan bo`lsa kerak”,  - deydi u.

Iqtisodchi, O`zbekiston prezidenti saylovlarida o`z nomzodini qo`ygan Jahongir Shosalimov nazarida esa O`zbekiston banklari inqiroz arafasida. Mamlakatda muomalada bo`lgan pulning 90 foizi bank moliyasida ishtirok etmaydi.

“Hukumat nafaqalarni bermaslik, pul muomalasini iskanjalash, chegaralarni yopish, aholiga pul bermaslik orqaligina Markaziy bankni inqirozdan saqlab kelmoqda. Bank muomalaga chiqargan pulni qaytarib ololmaydi. O`zbekiston banklari raqobat qilolmaydi, bank tizimi ishdan chiqqan”, - deydi u.

“Bank butunlay yuqori hokimyatining siyosatiga bo`ysindirilgan va bozor iqtisodi qoidalariga zid ravishda boshqarilmoqda. Bankdan siyosiy boshqaruv olinsa, bozor iqtisodi sharoitiga ko`ra ishlasa, o`shanda rivojlanish bo`ladi ”, - deydu Jahongir Shosalimov.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Kongressda Xitoyni qoralovchi rezolyutsiya muhokamada

  Boshqa xabarlar
O'zbekiston prezidentini tanqid qilgan shoir qismati
"Katta Sakkizlik" yo'qsil davlatlarga 20 milliard dollar ajratmoqda
Qirg'izistonda uyg'urlar harakati kuzatuv ostida  Audio Clip Available
Uyg'ur masalasi Turkiya-Xitoy aloqalariga sovuqlik olib kirgan  Audio Clip Available
AQSh matbuoti: Urumchidan qolgan ruhiy jarohat hali beri bitmaydi
Dunyo ahli Obamani qanday baholamoqda?
Prezident Obama Italiyadagi sammit natijalaridan mamnun
Xitoy Shinjondagi aksariyat masjidlarni yopgan
Urumchi notinch ekan, Xitoy rahbari Italiya sammitini erta tark etdi
Markaziy Osiyo davlatlari Urumchi borasida sukutda  Audio Clip Available
AQSh matbuoti: Xitoy eski xatosini takrorlamoqda
Xitoy namoyishchilarni jazolamoqchi; Turkiya boykotga chaqirmoqda
Uyg'ur-Xitoy mojarosi o'zbekistonliklar nigohida
Vashingtonda uyg'urlar namoyish o'tkazdi  Audio Clip Available
Xitoy Urumchidagi qonli voqealarda uyg'ur yetakchini ayblamoqda
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar  Audio Clip Available
Robiya Qodir uyg'urlar nomidan Xitoyga qator talablar qo'ymoqda  Audio Clip Available
AQSh uyg'ur masalasida Xitoyni xotirjamlikka chaqirmoqda
Obama: AQSh Rossiya bilan do'st bo'lishni istaydi
Urumchida uyg'urlar bosh ko'targan, to'qnashuvlarda 156 kishi o'lgan
Obama Moskvada, aloqalarda yangi sahifa ochilmoqda
Obamaning Moskvaga tashrifi O'zbekiston ziyolilari nigohida