Oddiy ko'rinish

VOANews.com
News in 44 languages


 
O'zbekistonning qoloq bank tizimiga ishonch yo'q


30/04/2007

Ayrim iqtsidodchilar taxminicha  O'zbekiston so'mining 90 foizi bank moliyasida ishtirok etmaydi. Ko'pchilik pulni bankka ishonmaydi.  
Mutaxassislar nazarida O`zbekiston iqtisodiyotidagi eng zaif nuqtalaridan biri bu bank tizimidir.

Rossiyaning “Interfaks” agentligi Iqtisodiy Tahlil Markazi tadqiqotlariga ko`ra O`zbekistonda mavjud bank tizimi nafaqat mintaqa, balki sobiq Sovet davlatlari orasida ham eng quyi o`rinlardan birini egallaydi.

O`zbekiston banklarida rivojlanish emas, aksincha pasayish kuzatilmoqda. Bu ko`rsatkichlar bank aktivlari sarmoya jalb qilishi, kreditlar va xizmat ko`rsatish darajasiga qarab o`rganilgan. 

Bank taraqqiyoti jihatdan yetakchi o`rinlarni  Qozog`iston, Rossiya va Ukraina banklari egallagan.

Qozog`iston bank tizimi rivojlanishi yuzasidan eng ilg`or mamlakatligi qayd etilgan. Masalan, aktivlar miqdori bo`yicha yetakchi o`rinlarga ko`tarilgan Qozog`iston banklari ko`rsatkichlari O`zbekiston bankiga qaraganda bir necha marotabaga ko`p.  

Iqtisodiy Tahlil Markazi ekspeti Aleksey Buzdalin fikriga ko`ra O`zbekiston banklarining kreditlar bo`yicha ko`rsatkichlari yildan-yilga pasayib bormoqda va bank tizimining rivojlanishiga umid uyg`otuvchi ko`rsatkichlarning o`zi yoq.

Espertlarga ko`ra mamlakat iqtisodining rivojlanishi banklarlarning moliyaviy qudratiga qarab aniqlanadi.

O`zbekiston Moliya instituti dotsenti, iqtisodchi Ibrohim Hakimov fikricha tadqiqqot natijalaridan qa'tiy nazar O`zbekistonda bank tizimi rivojlanmoqda. 

Ibrohim Hakimov deydiki, O`zbekiston banklarining moliyaviy qudratini MDH miqyosida solishtirish iqtisodiyot rivojlanishi haqida aniq xuloslar bermaydi.

“Bu sur'atlar bo`yicha baho berish bir tomonlama bo`ladi, negaki O`zbekistonning o`ziga yarasha xusisiyatalri bor, ko`proq agrar mamlakat. Mashinasozlik rivojlangan davlat bilan solishtirib bo`lmaydi, [tadqiqotda] shunday jihatlari hisobga olinmagan bo`lsa kerak”,  - deydi u.

Iqtisodchi, O`zbekiston prezidenti saylovlarida o`z nomzodini qo`ygan Jahongir Shosalimov nazarida esa O`zbekiston banklari inqiroz arafasida. Mamlakatda muomalada bo`lgan pulning 90 foizi bank moliyasida ishtirok etmaydi.

“Hukumat nafaqalarni bermaslik, pul muomalasini iskanjalash, chegaralarni yopish, aholiga pul bermaslik orqaligina Markaziy bankni inqirozdan saqlab kelmoqda. Bank muomalaga chiqargan pulni qaytarib ololmaydi. O`zbekiston banklari raqobat qilolmaydi, bank tizimi ishdan chiqqan”, - deydi u.

“Bank butunlay yuqori hokimyatining siyosatiga bo`ysindirilgan va bozor iqtisodi qoidalariga zid ravishda boshqarilmoqda. Bankdan siyosiy boshqaruv olinsa, bozor iqtisodi sharoitiga ko`ra ishlasa, o`shanda rivojlanish bo`ladi ”, - deydu Jahongir Shosalimov.

Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available