Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Tojikistonning olim vodiysidan: sil kasalligi keng quloch yozmoqda


20/05/2007

Sil kasalligini qo'zg'atuvchi bakteriya - mycobacterium tuberculosis
Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda bir yilda qariyb 10 million odam sil kasaliga chalinadi. Keyingi yillarda bu kasallik avj olayotgan mamlakatlar qatoriga Tojikiston ham qo’shilgan.

Tojikiston poytaxtidan 200 kilometrcha uzoqlikdagi Xatlon viloyatining Vose nohiyasiga qarashli “Paxtakor” jamoat hududini mahalliy jurnalistlar “O’lim vodiysi” deb nomlagan.

Shifokor Sharif akaning aytishicha, sobiq ittifoq davrida sil kasalligi mamlakatda bu darajada keng tarqalmagan edi.

“Dushanbeni o’zida, Ko’lob zonasi, Vose, Qo’rg’onteppa, Mastcho, Safarobod, Jabbor Rasulov rayonlarida bu kasallik keng tarqalgan. Agar ittifoq davrida bir yilda 25 bemor qabul qilgan bo’lsak, hozir esa 6 oyda 60 kasalni ro’yxatga oldik. Kasallik 3-4 barabar ko’paydi,” - deydi shifokor.

BMTning Global jamg’armasi moliyalayotgan DOTS loyihasi xodimlariga ko’ra, respublikada ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Tojikistonning sog’liqni saqlash dasturi bo’yicha birgina AQShdan olgan ko’magi 10 million dollardan oshgan.

Maxsus kasalxonada davolanayotgan Afzalxon ismli bemor qashshoqlik tufayli silga yo’liqqanini, shifoxonada esa obu-ovqat yo’qligi, sharoit nihoyatda mushkulligini aytadi. Shifoxonada 20 kun davolanish - 30 somon, ya’ni 8 dollar.

Epidemiolog Sharif akaning aytishicha ham maxsus dispanserda sharoit yo’qligi sabab bemorlar kelib davolanmaydi. “Bemorlar dispanserda davolanishdan bosh tortmoqda, chunki u erda sharoit yo’q, obu-ovqat yo’q, joylari ta’mirlanmagan,” - deydi u.

Shifokor fikricha qashshoqlik tufayli sil kasalligi xotin-qizlar va bolalar orasida keng tarqalmoqda.

“Ishsizlik, dori-darmonlarning pulga o’tishi, vaqtida ovqatlanmaslik, pulni vaqtida topolmaslik orqasidan shu kasallik ko’payadi.”

Mutasaddilarning bildirishlaricha, respublikada sil kasalligi ko’lami yoki statistik ma’lumotlarni oshkor etish mumkin emas. Bir oyda sil kasalidan vafot etgan 10 nafarga yaqin insonni yerga qo’yamiz, deydi mahalliy qabriston ma’muriyati xodimi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi