Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
AQShdagi kirish oson, o'qish arzon ilm maskanlari


20/05/2007

High school diploma image

AQShda taxminan 1200 ta jamoat kolleji bor. Ularda qariyb 100 ming chet ellik talaba o’qiydi.

Bugun ko’pgina chet ellik talabalar AQShda jamoat kollejlari, ya’ni kichik toifadagi oliygohlarni tanlamoqda. Bu ta’lim maskanlarida nisbatan kam haq evaziga puxta bilim olish mumkin.

Masalan, Virjiniya shtatidagi jamoat oliygohida bir yillik o’qish 1.130 dollar atrofida.  Nyu York Universitetidek yirik maskanda bilim olish uchun yiliga 33.740 dollar to’lash zarur. Tafovutni ko’rib turibsiz.

Lekin bunda boshqa ayrim muhim farqlari bor: jamoat kollejlari deya tanilgan ilmgohlar ayrim hollarda to’liq ilmiy daraja bermaydi.

Ularda chet ellik talaba nisbatan arzon narxga o’zi istagan fanlardan dars oladi. Keyin esa to’rt yillik universitetning uchinchi bosqichidan o’qishni davom ettiradi. Ta’lim jarayonida yuqoridagi fanlarni qayta o’qish kerak emas. Bu bilan talaba minglab dollar mablag’ tejaydi. 

Jamoat kollejlariga qiziqqan yoshlar bilishi kerakki, ko’p hollarda yirik universitetlarning o’zi sizga kichikroq maskanlarda tayyorlov kurslaridan o’tishni maslahat beradi.

Istaganlar jamoat kollejlarida biror kasbni, masalan, hamshiralik, quruvchilik, ko’chmas mulk sohalarini egallashi mumkin.

Tushuntirib o’tmoqchimiz, O’zbekistonda kollejlar deyilganda texnikumlar nazarda tutiladi, ya’ni universitet yoki institut emas.

Aslida AQShda kollej – oliygoh, universitetlarning bir qismi yoki mustaqil ta’lim maskani. Biror ixtisoslikka asoslangan ilm markazi. Masalan, falonchi universitetning muhandislik kolleji deyilganda, muhandislik fakulteti tushuniladi. Bakalavr va magistrlar yetishtirsa-da, ularni odatda oddiy qilib, maktablar ham deyishadi..

Biz yuqorida tilga olgan jamoat kollejlarining, mustaqil yoki universitet kollejlaridan farqli tomoni shuki, ularda talaba qisqa muddat tahsil oladi. Jamoat kollejini bitirgan kishiga universitetga kirish ancha oson kechadi.

Mamlakatda taxminan 1200 ta jamoat kolleji bor. Ularda qariyb 100 ming chet ellik talaba o’qiydi.

Bu xildagi kollejlarga kirish u qadar qiyin emas. Talablar asosan quyidagicha:

1. O’qishga qabul qilinish uchun ariza.

2. O’rta ma’lumot haqida shahodatnoma.

3. TOEFL, ya’ni ingliz tili imtihonidan o’tganlik haqida hujjat.

4. Talabaning o’qish bahosini to’lash uchun mablag’i borligi to’g’risida bank qog’ozi.  

Ba’zida TOEFL imtihonidan olgan ball unchalik yuqori bo’lmasa ham talaba kollejga qabul qilinishi mumkin.

Afsuski, jamoat kollejida chet ellik talabaning grant yoki moliyaviy yordam olish imkoniyatlari yo’q hisob. Chunki o’qish bahosi shundog’am arzon. 

Muhimi, jamoat kollejlarida malakali o’qituvchi-professorlar ishlaydi. Ular ilmiy faoliyatni emas, talaba bilan yaqindan ishlashni ma’qul ko’radi. Bundan tashqari, sinfdagi talabalar soni odatda 10 kishidan oshmaydi, Demak, o’qituvchi har bir student bilan yuzma-yuz aloqa qilish uchun ko’proq vaqt ajratadi.  

AQShdagi jamoat kollejlari ro’yxatini ushbu saytlardan topib, ta’lim muassasasi rasmiylari bilan bog’lanishingiz mumkin.

http://www.aacc.nche.edu/

http://www.mcli.dist.maricopa.edu/cc/

Savollarni uzbek@voanews.com sahifasiga yo’llayvering.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh: O'zbekiston bilan aloqalar murakkab, ammo yaxshilanib bormoqda  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Qirg'izistonda zilzila 60 kishini o'ldirgan, bir qishloq vayron bo'lgan
Rays: AQSh Rossiya bilan "buyuk o'yin" o'ynayotgani yo'q
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
Belarus G'arb bilan aloqalarni tiklamoqchi, ammo...
Tibbiy xato fojiaga yetaklaydi, ammo professinal uni tan oladi
AQShda saylov kampaniyasi keskin tus olmoqda
Forum o'tdimi? O'tdi. Bundan ortiq nima kerak?
Tojikistonda yosh jurnalistlar o'z kasbidan cho'chib qolgan
Yevropa davlatlari inqirozdan chiqish masalasida turlicha fikrda
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?  Audio Clip Available
O'zbekistonda repperlar illatdan kuylamoqda  Audio Clip Available
So'z erkinligiga doir xalqaro anjumanga jurnalistlar kiritilmagan
Gruziyadagi voqealar Rossiya matbuotida noxolis yoritilgan  Audio Clip Available
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"  Audio Clip Available
AQShdagi o'zbek mutaxassislari moliyaviy inqirozni sharhlaydi  Audio Clip Available
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda