Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Inson huquqlari global miqyosda og'ir ahvolda


23/05/2007

Irina Xon                              Xalqaro Amnistiya tashkiloti bosh kotibasi                                London, 23 may, 2007
Irina Xon                              Xalqaro Amnistiya tashkiloti rahbari                                London, 23 may, 2007

Inson huquqlari himoyasi bo’yicha Xalqaro Amnistiya tashkilotining ogohlantirishicha, dunyo bo’ylab siyosiy qo’rqinch quloch yozmoqda va bu yer yuzi aholisini tarqoqlik tomon yetaklamoqda. 

Londonda asoslangan tashkilot barcha davlatlarni tanqid ostiga olmoqda.

AQSh va uning terrorga qarshi urushdagi ittifoqchilari inson huquqlarini poymol etmoqda va bu bilan xalqlar orasidagi madaniy-ijtimoiy rishtalarni yo’qqa chiqarmoqda, deydi Xalqaro Amnistiya Bosh kotibasi Irina Xon.  

"Bush rahbariyati terrorga qarshi kurash deb inson huquqlarini ko’r-ko’rona buzmoqda, musulmon va nomusulmon kishilar izzatini yerga urmoqda", -deydi Irina Xon . 

Xalqaro Amnistiya Sudan hukumatini Darfurda yuz minglab insonlar o’limiga sabab bo’lganlikda ayblaydi.

Rossiya, Zimbabve, Kolumbiya, Afg’oniston va Xitoy kabi mamlakatlarda fuqaro huquqlari tinimsiz buzilayotgani haqida ogohlantiradi.

O’tgan bir yil ichida Yevropa ham huquqni e’zozlashda o’rnak bo’lgani yo’q, deyiladi Xalqaro Amnistiya yilnomasida.

Tashkilot nazarida Yevropa qashshoqlik, zulm va ishsizlik azobidan qutulish uchun mintaqaga yaxshi hayot izlab kelgan chet elliklarni hurmat qilmaydi, ularni qamaydi va huquqiy himoyasiz qoldiradi.

Iroqdagi urush, Xalqaro Amnistiya tashkiloti fikricha, tamoman boshi berk ko’chaga kirib qolgan. Iroqdagi harbiy kuchlar esa alamni oddiy xalqdan olayotgandek: Iroqda ham mahalliy, ham xalqaro qonunlar buzilmoqda, deyiladi tashkilot hisobotida.

Isroilda yashayotgan falastinliklar butunlay huquqidan ayrilgan, rasmiy Tel-Aviv uchun ular arzigulik insonlar emas, deya tanqid qiladi Xalqaro Amnistiya.

O’zbekiston inson huquqlari bobida keskin tanqidga uchrayotgan davlatlar qatorida.

Andijon fojiasidan ikki yil o’tib ham hukumat mustaqil tergovga yo’q deb kelmoqda; huquq himoyachilari, jurnalistlar va nohukumat tashkilotlariga nisbatan tazyiq kuchaygan va kuchaymoqda va chet el tashkilotlariga ishlaydigan o’zbekistonliklar doimiy nazoratga olingan, ular qo’rqinch ostida ishlashga majbur, deyiladi Xalqaro Amnistiya tashkiloti tahlilnomasida.

Mahbuslarning muntazam ravishda qiynoqqa solinishi, do’pposlanishi O’zbekiston hukumati nazarida muammo emas va Islom Karimov rejimi buni rad etadi, deya tanqid qiladi tashkilot.

O’zbekiston o’lim jazosini 2008 yilga borib, bekor qilmoqchi, lekin ayrim huquq himoyachilariga ko’ra, 2005 yildan beri kamida sakkiz kishi oliy jazoga mahkum etilgan.

Xalqaro Amnistiya tanqidiga uchrayotgan davlatlarning deyarli hammasi tashkilot xulosasiga qo’shilmaydi. Muammolar borligi tan olinadi lekin, masalan, AQSh hukumati nazarida bir tashkilot tahlili bor haqiqatni yoki vaziyatni aks ettirmaydi.   

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas

  Boshqa xabarlar
Yirik banklar qisman davlat mulkiga aylanishi mumkin
AQSh Shimoliy Koreyani qora ro'yxatdan chiqardi
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi
Katta Yettilik inqirozga qarshi birga kurashadi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
NATO Afg'onistonda qoradori savdosiga harbiy zarba berilishiga rozi
AQSh razvedka hisobotida Afg'onistondagi ahvol ayanchli baholanadi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available
Belarusni Kreml ta'sir doirasidan chiqarish mumkinmi?
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida
Jahonda iqtisodiy o'sish sur'ati keskin pasayishi kutilmoqda
Tahlilchilar: MDHning Bishkekdagi sammitidan yangilik kutmang
Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muzokara qilmoqchi
Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda