Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Nohukumat tashkilotlar tanqidga qaramay xalqaro siyosiy o'yinchilar


01/06/2007
Lavhani tinglang audio clip
Lavhani tinglang audio clip

Nohukumat tashkilotlar, o’z nomidan ma’lumki, biror davlat tizimiga kirmaydi. Biroq ular ham hukumat, ham jamoatchilik bergan pul evaziga xalq hayotini yaxshilashga intiladi.

Ular xalqaro mojarolarga yechim topishdan tortib, insonparvarlik, tabiat va insoniyat muhofazasi, huquq va qonun ustuvorligini ta’minlash, ta’lim, sog’liqni saqlash va madaniyat sohalarida faoliyat ko’rsatadi.

Ko’pchilik nohukumat tashkilotlar o’zlarini xalq tashkiloti, jamoatchilik birlashmalari deb hisoblaydi. Siyosiy tahlilchilar ayrim yirik nodavlat tashkilotlarini xalqaro maydondagi siyosiy o’yinchilar qatoriga qo’shadi. 

Jahon siyosatini davlatlar va nodavlat tashkilotlar tebratadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’zini dunyodagi eng yirik nohukumat tashkiloti deb hisoblaydi. Jahon Banki ham biror hukumatga qarashli emas.

Biroq ularning dunyo tinchligi va ravnaqi yo’lidagi xizmati beqiyos. Davlatlar minglab dasturlarni ana shu tashkilotlar orqali amalga oshiradi. BMT dunyo tinchligi va barqarorligi, Jahon Banki esa iqtisodiy taraqqiyot yo’lida faoliyat yuritadi.  Har ikkisi davlatlardan tushgan moliya bilan ishlaydi.    

Inson huquqlari bo’yicha eng yirik nohukumat tashkiloti Human Rights Watch bo’lib, o’ttiz yildirki, sobiq Sovet Ittifoqi va Latin Amerikasida huquq himoyasi bilan mashg’ul. Huquqsiz jamiyat jamiyat emas, deydi tashkilot direktori Ken Rot.  

"Jamiyatda inson huquqi qanchalik hurmat qilinayotganini nazorat qilamiz. Huquqni oyoq osti qilayotgan hukumatlarni o’z xalqi, tashqi dunyo oldida uyaltiramiz",- deydi Rot. "Ularga iqtisodiy, siyosiy bosim berishga chaqiramiz. Jinoyatchilar jazoga tortilsin deymiz".     

Ken Rotning aytishicha, Human Rights Watch tashkiloti 70 davlatda ishlaydi. Jumladan, Markaziy Osiyo respublikalarida. Tashkilot nazarida mintaqa inson huquqlarini buzishda yetakchi o’rinda. 

"Hukumatlar terrorga qarshi bayroq ko’tarib, ba’zida xalqaro qonun va normalarni unutib qo’ymoqda. Huquq himoyachilari ularga dunyo oldidagi majburiyatlarini eslatmoqda. Terrorizmga barham berish uchun avvalo huquqni e’zozlang, qonun ustuvorligini ta’minlang, deymiz". 

O’zbekiston kabi inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tinimsiz tanqid va bosim ostiga olinuvchi davlatlar Human Rights Watch va boshqalarni G’arb propagandasi, Amerikadan chiqqan qo’g’irchoq guruhlar deb ataydi.

Tahlilchilar fikricha esa dunyoning ko’p hukumatidan ayb topgani uchun ham huquq himoyasi bilan mashg’ul tashkilotlar g’arbu-sharqda birdek qarshilikka uchraydi. O’zbekistonda o’tgan yillar ichida o’nlab nohukumat tashkilotlar yopildi. Ko’piga moliyaviy va idoraviy ayblar qo’yilgan. Tashkilotlar nazarida esa O’zbekiston hukumati tanqidni ko’tara olmaydi.

Ism-sharifini bildirishni istamagan va nohukumat tashkilotiga ishlovchi o’zbekistonlik mutaxassis nazarida har ikki tomonni ayblash xato bo’lmaydi. Yakkahokimlikka asoslangan hukumatlar bosim o’tkazadi, xalqaro tashkilotlar esa yopiq jamiyatlarda ishlashni har doim ham eplay olmaydi. Xalq bilan bog’lana olmaydi.

"To'g'risini aytsam, na xalqaro tashkilotlar, na milliy institutlar O'zbekistonda nima bo'layotganini unchalik yaxshi anglay olmayapti. Xalqaro tashkilotlar va O'zbekiston aholisi o'rtasida unchalik aloqa yo'qligi... Bunday vaziyatda, to'g'risini aytsam, xalqaro tashkilotlar bir-biridan ma'lumot ko'chirib oladi. Bittasi ma'lumotga ega bo'ladi... Bu qanchalik noto'g'ri, qanchalik to'g'ri? Kimdandir eshitgan, nimadir bo'lgan..."   

Keyingi yillarda bozor iqtisodiyoti yo’lida faoliyat ko’rsatuvchi, kichik bizneslar, mayda tadbirkorlar bilan ishlovchi tashkilotlar ko’paygan.

Xususiy biznes bo’yicha xalqaro markaz direktori Jon Sallivan, "Biz iqtisodiy erkinlik tashviqotchisimiz",- deydi.

"Afg’oniston kabi hunarmandchilik rivojlangan mamlakatlarda iqtisod asosini belgilovchi qonunlar kerak. Iqtisodsiz siyosat, siyosatsiz iqtisod bo’lmaydi",- deydi Sallivan.

Tashkilot hozirda sobiq Sovet davlatlarining ko’pi bilan ishlaydi. Hamkor topish muvaffaqiyat kaliti, deydi direktor Jon Sallivan.

"Biz bir davlatga borib, mana maqsad, shuni qilamiz, demaymiz. Aksincha, biz mamlakatda hamkor topishga harakat qilamiz. Islohot qayerda zarurligini va nima qilish kerakligini ular bizga aytadi".

Xususiy biznes bo’yicha xalqaro markaz rahbari Jon Sallivan fikricha nohukumat tashkilotlari nima sohada ishlamasin, kim bilan qanday munosabatda bo’lmasin, ular axborot tashuvchilari, yangilik va o’zgarish olib kiruvchi kuchlar. Ularning saholiyatidan foydalanib, mahalliy tizim va  muassasalarni, qolaversa, butun jamiyatni mustahkamlash hukumat va omma uchun birdek sinov.

(Maqolaga Amerika Ovozi muxbiri Yela de Francheski hissa qo'shdi.)

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Obama Afg'onistonga yana 35 ming askar jo'natishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonda siyosiy muhit iliqlashayotgani rostmi?
Illinoysning kichik shahri yangi Guantanamo bo'lishga tayyor
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim