Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Mutaxassislar nazarida O'zbekistonni katta ekologik fojea kutmoqda


06/06/2007

Bugungi Orol
Bugungi Orol

Yaqin yigirma yil ichida O`zbekistonda turli ekologik muammolar avj olishi bashorat qilinmoqda.

Mintaqadagi eng katta halokatlardan biri - Orol fojeasi hamon o’z yechimini topgani yo’q. 

Ekosan xalqaro jamg`armasi global iqlim o`zgarishining mintaqaga ta’siri, oqibati va uni bartaraf etish yo'llari haqida ko`rik tanlovi e`lon qilgan.  

Ekosan jamg`aramasi rahbari Yusuf Shodimetovga ko`ra, tanlovdan maqsad mutaxassislar e`tiborini ekologik xavf asoratlari borasidagi izlanishlarga jalb etishdir.

Orolbo`yi O`zbekistondagi eng og’ir ekolgik hudud sifatida qolmoqda. Vaziyat aholi salomatligiga keskin ta’sir o`tkazmoqda. 

Yusuf Shodimetovning aytishicha bugun Orolbo`yidagi ahvolga biroz o`zgargan va ijtimoiy yordam ko`lami ortgan. 

“Albatta, odamlar u yerda shu qiyinchilik sharoitiga chidab yashayapti. Bu qiyinchilikni oldini olish uchun hukumat, xalqaro tashkilotlar ko’mak bermoqda ”, - deydi u.

Qoraqalpog’istonlik jurnalistga ko`ra, og’ir ekologik vaziyat uchun rejalangan hukumat  dasturlari aholi turmish darajasining o`ta qiyinligi uchun natija bermaydi.

“Bir gektar yerni yovvoyi o’tlardan tozalash uchun besh dollar pul to`lanadi. Uni bir odam 15 kunda tozalash mumkin. Mablag’ uning non puliga ham yetmaydi”.

Jurnalistga ko`ra, Orolbo`yi aholisi umri qisqarib bormoqda. 

“Mustaqillik boshlarida O`zbekistonda o'rtacha umr 68 yosh deb olingan bo`lsa, hozirgi hisoblarga ko`ra 64 yosh. Agar buni Qoraqalpog`iston misolida ko`rsak, undan ham past bo`lishi tayin”, -  deydi u.

Xorazmliklardan biriga ko`ra, ichimlik suvining tanqisligi bois vohada turli kasalliklarning, jumladan sariq kasalligining  ko`payishi kuzatilmoqda.

“Toza ichimlik suvi yo’qligi sabab odamlar turli manbalardan suv ichishga majbur bo`lmoqda, mana ikki oydirki, toza ichimlik suvi yo’q”, - deydi u.

Ayrim tadqiqotchilarga ko`ra, yaqin o`n yilda Orolbo`yidagi vaziyatni yaxshilash uchun jiddiy choralar ko`rilmas ekan, bu hududda aholi yashashining o`zi mumkin bo`lmay qoladi.

Mutaxassislar bu jarayon hozirdanoq izga kirganini, suvli yerlar yil sayin qisqarib borayotgani, paxta monopoliyasi esa bu jarayonni yanada tezlashtirayotganini bildiradi.

Kuzatuvchilar nazarida suv taqchilligi muammosi yaqin kelajakda O`zbekiston uchun eng og’ir muammolardan biriga aylanadi.

Aholining asosiy qismi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan tirikchilik o`tkazayotgan bir davrda buning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida xatarli taxminlar bor.

Kuzatuvchilardan biriga ko`ra, mintaqadagi siyosiy munozaralar asosan suv zaxiralariga taqaladi. Muammo bartaraf etilishining asosiy yo`li esa mintaqaviy hamkorlikni yo'lga qo'yish.    

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Suvga chanqoq Markaziy Osiyo Sibir Obiga umid bilan qaramoqda
Xitoy Orol dengizida neft va gaz zahiralarini qidiradi
Orol dengizi tabiiy gazi yuzasidan yangi shartnoma imzolandi
 
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?