Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Minglab o'zbekistonliklar qullikka sotilmoqda


22/06/2007

Jinsiy ekspluatatsiya maqsadida O'zbekistondan asosan xotin-qizlar Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy va Tailandga olib ketiladi
Noqonuniy inson savdosi, xususan, jinsiy ekspluatatsiya va qullikka pullanayotgan o`zbekistonliklar soni ko’paymoqda. Jumladan, Pokiston, Hindiston va Xitoyga.

Yaqinda AQSh Davlat departamenti tomonidan dunyo bo`ylab noqonuniy odam savdosi haqida chiqarilgan hisobotda keltirilishicha, O`zbekistondan yiliga 500 ming kishi chetga noqonuniy tarzda olib chiqiladi.

Mahalliy kuzatuvchilarning aytishicha, O`zbekistonda noqonuniy savdo yo’li bilan chiqib ketayotganlar safi nafaqat jinsiy ekpluatatsiya, balki  ish qidirib chiqib ketayotganlar hisobiga ham ortmoqda.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Vasila Inoyatova fikriga ko`ra, tashkilot tomonidan turli viloyatlardan Rossiya va Qozog`istonga ish va’da qilib olib ketilgan, ayni paytda yordamga muhtoj yuzlab o`zbekistonlik haqida rasmiy idoralarga ma`lumot taqdim etilgan.

“Ish topib berish uchun olib ketilganlarga nisbatan pullarini bermaslik, hujjatlarini olib qo`yish, o`zlariga nisbatan g’ayriinsoniy munosabatlar bo`layotgani haqida huquq-tartibot organlariga ma`lumot berilgan. Hozirgacha bu arizalar bo`yicha mahalliy huquq faollariga taz’yiq bo`lsa bo`ldiki, lekin shu bo`yicha birorta odam jinoiy javobarglikka tortildi degan ma`lumot olmadik”, - deydi Inoyatova.

Jinsiy ekpluatatsiya maqsadida olib ketilayotganlarning yakuniy manzili asosan Birlashgan Arab Amirliklari. Shuningdek, Isroil, Janubiy Koreya, Hindiston va Tailand kabi davlatlar ham shu yo`nalishdagi mamlakatlar ekanligi ma’lum.

Noqonuniy odam savdosi jabrdiydalari bilan shug`ullanuvchi “Istiqbolli avlod” nodavlat tashkilot rahbari Nodira Karimovaning aytishicha, Xitoy, Pokiston va Hindistonga olib ketilayotgan odamlar ko'p. 

“Misol uchun, oldin bu qatorda Xitoy yo’q edi. Bizga ota-onalar murojaat qilishadi, qizimiz Xitoyda o`gir ahvolga tushib qolgan deb. Biz elchixonadan yordam ko`rsatishni so’raymiz. Ular harakat qilib, qaytarishayapti”, - deydi Nodira Karimova.

“Ezgulik” tashkiloti rahbari Vasila Inoyatova O`zbekiston qonunchiligida bu hol aniq ifoda etilmas ekan, qurbonlar bilan bo`gliq vaziyat muammoligicha qolaveradi degan firkda.

“Ochiq aytish kerak, bu jinoyatga ichki ishlar xodimlari ham aralashmoqda. Ular jinoyatchilarga chora ko`rmaslik uchun barcha soxta hujjatlarni to`g`rilashga yordam berishmoqda. Bu haqda qonun qabul qilinishi kerak. Rossiyada, Qozog`istonda qabul qilindi. O`zbekiston buni bilmaslikka olmoqda, shuning uchun ham bu harakatlar oshkora amalga oshirilmoqda”, - deydi Inoyatova.

Nodira Karimovaning so’zlariga qaraganda, yaqindan O`zbekiston ichki ishlar idoralari noqonuniy odam savdosiga ahamiyat qarata boshlagan, vazirlikda odamlarni noqonuniy yo`llash va ekpluatatsiya qilishga qarshi kurash bo`limi ochilgan.

“Qaytib kelgan qizlar murojaat qilishayapti ichki ishlar vazirligiga. Bizning advokatlarimiz yordamida jinoiy ishlar ochilayapti. Lekin qonunchilik u darajada mukammal emas. Yaqinda olti qiz ishtirokida jinoiy ish ko`rildi. Jinoyatchiga faqat olti yil jazo belgilandi. Shunda ham jabrlanuvchi qizlar ichida ikkita voyaga yetmagani borligi uchun”, - deydi Nodira Karimova.

Nodira Karimovaning so’zlariga qaraganda, qo`shmachilik aybi bilan mahkamaga tortilgan ayollar amnistiya bilan ozod qilinadi. Lekin asosiy javobgarlar O`zbekistondan tashqarida, ularni javobgarlikka tortish uchun esa tegishli hujjatlar imzolanmagan.

“Birlashgan Arab Amirliklari misolida aytayapman. Har olti oyda Dubayga boraman. O’sha yerdagi politsiyachilar bilan gaplashaman. Ba`zan to`g’ridan-to`g`ri ekspluatatsiya qilgan odamlar politsiyada bo`ladi, lekin ularni javobgarlikka tortish yoki deportatsiya qilish uchun tegishli hujjatlar yo’q”, - deydi u.

Hozirda jinsiy ekspluatatsiya uchun olib ketilayotganlar asosan og'ir ahvolga tushib qolgan, ajrashgan ayollar, shuningdek bolalar uyidan chiqqan tarbiyalanuvchilar ekanligi aytiladi.      

Vasila Inoyatova iqtisodiy og`ir vaziyatda qolgan o`zbekistonliklarda boshqa chora yo’qligini ta’kidlaydi.

“Hammasi O`zbekistondagi iqtisodiy ahvoldan. Ayollarning erlari qamoqda bo`lsa, erlari chiqib ketgan bo`lsa, uyda bolalari bo`lsa, nima qilishsin? Men ularning harakatlarini oqlash uchun aytayotganim yo’q, lekin boshqa chora yo’q. So`nggi paytda o`z joniga qasd qilish ko`payib ketgan. Ayollar uchun chiqib ketish, shu ishga qo`l urush o`gir vaziyatdan chiqishning yagona yo`li bo`lib qolmoqda”, - deydi u.

AQSh Davlat departamentining hisobotida aytilishicha, O`zbekiston noqonuniy inson savdosi bilan bo`gliq vaziyatni muhokama qilishdan aniq choralar ko`rishga o`tishi kerak.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
Virjiniyada o'zbekistonlikning jasadi topildi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Mustaqil tahlilchi: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Iroqda saylovlardan bir hafta o'tib ovozlar hamon sanalmoqda
Qo'shma Shtatlar Isroil rejasidan norozi
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs