Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh: Markaziy Osiyo Rossiyaga tobe bo'lib qolmasligi lozim


11/07/2007
Lavhani tinglang audio clip
Lavhani tinglang audio clip

John Negroponte
Jon Negroponte                   AQSh Davlat kotibi muovini
Markaziy Osiyo Rossiya va Xitoy ta’siri ostida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida o’z o’rnini mustahkamlashga urinar ekan, AQSh mintaqada iqtisodiy taraqqiyot, demokratiya va islohotlar ahvolidan tashvishda.

Amerika diplomatlari nazarida Rossiya va Xitoy, shubhasiz, muhim va yirik davlatlar, shuningdek iqtisodiy hamkorlar.

Biroq, AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays (Condoleezza Rice) fikricha, Markaziy va Janubiy Osiyo o’rtasidagi qadim savdo yo’lini tiklash - zamon talabi.

AQSh Davlat kotibining yangi muovini Jon Negroponte (John Negroponte) keksa va tajribali diplomat. Ko’p davlatlarda, jumladan yaqin yillarda AQShning Iroq va BMTdagi elchisi bo’lgan. Shuningdek, o’tgan ikki yil davomida AQSh razvedkasini boshqargan.

Biroq Negroponte Markaziy Osiyo yoki O’zbekiston haqida kam gapiradi.  Shu sabab Amerika Ovozi undan avvalo, AQSh uchun Markaziy Osiyo shu kunlarda qanchalik muhim, mintaqadagi siyosiy ahvol, bugungi manzara haqida qanchalik bilasiz deb so’radi.

 

"Markaziy Osiyo AQSh uchun juda, o’ta muhim mintaqa. Ham xavfsizlik bobida, ham iqtisodiy hamkorlik bobida. Mintaqa katta kuchga ega. Uning taraqqiyotiga hissa qo’shishni maqsad qilganmiz. Bugungi muammolarga qaramasdan, biz uning kelajagi yorug’ deb bilamiz",- deydi Negroponte.

 

Negroponte shu yilning fevral oyida AQSh Kongressida hisobot berganida,  Markaziy Osiyoni tashvishga molik mintaqa deb atagan edi. Uning fikricha  mintaqa davlatlari siyosiy erkinlikka yo’l bermay, xalqqa zulm o’tkazmoqda.

 

Natijada, deydi Negroponte, O’zbekiston kabi yirik davlatlarda hukumatdan norozilar ko’payib, ularning turli radikal kuchlarga, mutaassib guruhlarga, aqidaparast tashkilotlarga kirib ketish ehtimoli ortib bormoqda.

 

Amerika Ovozi bilan suhbatda ham AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Markaziy Osiyoda jamiyatlar o’sishga, farovon hayot qurishga qiynalmoqda dedi. Lekin, deya so’radik Jon Negropontedan, Qo’shma Shtatlar siyosatdonlar nazarida mintaqaga nisbatan yaxlit, mukammal, Markaziy Osiyoni ham xavfsizlik, ham iqtisodiy taraqqiyotga yetaklovchi bir siyosat bilan chiqqan emas. 

 

"Bu qarashga qo’shila olmayman",- deydi Negroponte. "AQSh mintaqada nima qilmasin, uning istiqbolini nazarda tutadi. Biz Markaziy Osiyo davlatlari hali yosh ekanini, tashqi yordamga muhtoj ekanini bilamiz. Mintaqa yirik tabiiy boyliklarga va katta ishchi kuchiga ega. Bizning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatimiz shundan iboratki, mintaqa xalqi siyosiy-iqtisodiy jihatdan tanlash huquqiga ega bo’lsin. O’zi uchun o’zi imkoniyatlar yaratsin".

 

AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Markaziy Osiyo ko’p jihatdan Rossiyaga tobe deydi. Bu tobelik, uning va boshqa diplomatlar nazarida, mintaqani faqat bir yo’nalishga qaratib qo’yadi, ya’ni shimol. Jon Negroponte so’zi bilan aytganda, sobiq ittifoqning bosh davlati - Rossiyaga.

 

"Markaziy Osiyo janubda katta imkoniyatlar kutayotganini unutmasligi kerak. Afg’oniston, Pokiston, Hindiston. Bu rivojlanayotgan davlatlarda O’zbekiston kabi qishloq xo’jaligiga asoslangan, yonilg’i boyliklariga ega va eng asosiysi o’qimishli mutaxassislar va ichki tizimi rivojlangan davlat uchun bitmas-tuganmas imkoniyatlar bor".

 

AQSh diplomatlari Afg’onistonning hali ham o’ta notinch mamlakat ekani, Pokiston esa o’z yog’ida qovurilayotgani, Hindiston ham ko’proq G’arb bilan hamkorlikka intilayotganini tan oladi.

 

Markaziy Osiyo G’arb nazarida repressiv jamiyatlar hisoblangan Rossiya va Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlayotgani Vashingtonda tez-tez tilga olinadigan xavotirlardan biri.

 

Geo-iqtisodiy jihatdan AQSh Rossiya yoki Xitoy taklif qilayotgan imkoniyatlar bilan chiqa olmaydi. Lekin Amerika hukumati mintaqa yonilg’i boyliklarini Janubiy Osiyo tomon yo’naltirishni moliyalashni maqsad qilgan. Hozircha bu maqsad faqat qog’ozda.

 

Yana bir mavzu - O’zbekistonda bu yil kutilayotgan saylovlar. AQSh saylovlar bo’lishi kerak, bo’lsa ham adolatli saylovlar deyishda davom etmoqda. Jon Negroponte Amerika Ovozi bilan suhbatda bu borada gapirmadi, biroq AQSh Davlat departamenti O’zbekiston hukumatini saylovlarni ochiq va erkin o’tkazishga chaqirib kelmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
AQSh O'zbekistonga strategik hamkorlik shartlarini eslatmoqda
Qonun ustuvor bo'lmasa, iqtisodiy barqarorlik uzoqqa cho'zilmaydi
Yevropa Markaziy Osiyoda yaqin besh yillikda nimalarni ko'zlamoqda?
AQSh: Ashgabat bilan hamkorlik, Toshkent bilan esa mavhumlik
O'zbekiston va Turkmaniston tabiiy gazi uchun yangi bozorlar
Markaziy Osiyo taraqqiyoti mintaqa hukumatlari qo'lida
Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik yetishmaydi
Elsi Xeystings: Rossiya Markaziy Osiyoga o'rnak bo'lishi mumkin
 
  Bosh mavzu
Jorj Krol: AQSh-O'zbekiston xalqlari o'rtasida rishtalarni mustahkamlaylik

  Boshqa xabarlar
G'arb Eron qaroridan afsusda
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available