Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Markaziy Osiyoda ilmiy-tanqidiy-tahliliy hamkorlik to'xtab qolgan


25/07/2007

Markaziy Osiyo olimlari o’rtasida hamkorlikning so’nib borayotgani, mintaqada ilmiy munozara mavjud emasligi va tanqidiy tahlil asosida yozilmayotgan ilmiy ishlar va qilinayotgan tadqiqotlar kelajakda katta ziddiyatlarga olib borishi mumkin.

Bu borada xavotir bildirayotgan mutaxassislar aslida mintaqada ilmiy hamkorlikka qiziqish va ehtiyoj kuchli ekanini, biroq imkoniyatlar cheklanganini aytadi. 

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy kotibi Baxtiyor Ibrohimovning so’zlariga qaraganda mamlakat olimlarining mintaqa miqyosida tashkil etilgan ilmiy anjumanlar, loyihalardagi ishtiroki haqida gapirish qiyin. Mintaqa tadqiqotchilarini birlashtiruvchi hamkorlikni o`zi ko`zga tashlanmaydi.

“Keyingi paytlarda juda sust. Bu borada hatto aytishga arzigulik ko`rsatkichlar ham yo`q”,  - deydi Ibrohimov.

Qozog`iston yaqinda Markaziy Osiyo tarixini birgalikda yozish tashabbusi bilan chiqqan. 

Ibrohimovning aytishicha bu masala O`zbekiston Tarix Instituti tomonidan o`rganilmoqda.

Xalqaro tashkilotlar Markaziy Osiyoda turli ilmiy anjumanlar o’tkazib turadi. 

Toshkentda bu anjumanlarning birida ishtirok etgan olimga ko`ra, xalqaro tashkilotlar yordamidagina qo`shni davlatdagi hamkasblar bilan tanishish, turli mavzular bo`yicha fikr almashish, ilmiy chiqishlarga munosabat bildirish imkoniyati bo`ladi.

Hukumatda ilmiy tadqiqot va olimlarga nisbatan e`tibor yo`q. Uning fikricha buning sabablari siyosat bilan bog`liq.

Toshkentga kelgan qirg`izistonlik mutaxassis esa o’zbek olimlarining ilmiy masalalardagi rasmiy chiqishlarda boshqacha, norasmiy fikr almashganda esa mutlaq boshqacha fikr bildirishlaridan hayratda ekanini aytadi.

Mutaxassislar nazarida bugun tarixga yondashuv va uning qanday yoritilayotgani tashvishga molik masala. 

Sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar fikricha mustaqillikka erishilgach, mintaqada o`z davlat tarixini yozish harakatlari boshlangan. Lekin bu davlatlarning umumiy o`tmishi va tarixni mintaqadagi vaziyatni chetlab o’tgan holda yozish keyinchalik turli kelishmovchiliklarga olib boradi.

“Har kim o`zi yashayotgan davlat tarixini o`zidagi ma`lumotlargagina asoslanib yozmoqchi  bo`lsa, albatta ziddiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni birorta turkman mutaxassisi bu yerga kelib, manbalarni bir yil yoki ko`proq vaqt davomida o`rganishi kerak. Bizdagi manbalar ulardagidan ko`ra ko`p. Bularsiz qanday qilib Turkmaniston yoki Qozog'iston davlati tarixini yozish mumkin? Bu tarix bir yoqlama, noxolis bo`lib qoladi. Istalgan respublika biz yozayotgan tarixga ham shunday e`tiroz bidirishga haqli. Lekin imkoniyatlar cheklangan, biror respublikaga borib, u yerdagi manbalar bilan tanishish yo`lga qo`yilmagan”, – deydi Abdusattor Jumanazar.   

Sharqshunos olimning aytishicha mintaqa olimlarining hamkorligisiz bu borada natijaga erishish qiyin.

“Bu tarzda yozilayotgan tarix bir kun kelib o`z xomligini ko`rsatadi. O`zaro aloqalar bo`lmagani uchun Markaziy Osiyoning umumiy tarixini yozish muammosi hali beri hal etiladigan masalaga o`xshamaydi”,  - deydi sharqshunos.

Tilshunos olim Baxtiyor Isabek nazarida esa O`zbekiston hukumatining qo`shni davlatlarga nisbatan tutayotgan izolyatsion va chegarani berkitish siyosati nafaqat ilmiy izlanishlar uchun imkoniyatlarni, balki mintaqada yashayotgan millionlab o`zbeklarning ona tilida o`qib-o`rganishlarini ham cheklab qo`ygan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Markaziy Osiyo umumiy tarixini yozish taklifi muhokama ostida
Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar tahlili - yangi kitobda
O'zbekiston ayollari - an'ana va tarix iskanjasidagi hayot
O'zbekiston maorifida ozchilik millatlar vakillariga e'tibor yetarli emas
Fayzulla Isoqov: Tarixni soxtalashtirmasdan borligicha ko'rsatish lozim
O'zbekiston kirill alifbosiga qaytadimi?
Bugungi o'zbek adabiyoti sukunatga cho'kkan
Muallimlar nazarida O'zbekiston bolalari sifatsiz darsliklar o'qimoqda
O'zbekistonga yaroqsiz darsliklarning Tojikistonda bozori chaqqon
Dissident ziyolilar hayotidan: Baxtiyor Isabekov
Zohir A'lam - sukunatga surgun qilingan ijodkor
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonlik muhojirlar: Amerikadagi hayot quvonchlari va tashvishlari  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Turk-arman mojarosi yuzasidan bahslar davom etmoqda
Tahlilchilar: Isroil-Falastin nizosini cho'zishdan manfaatdorlar ko'p
Qoradoriga qarshi kurashayotgan ayol agentlar
Falastin davlatini barpo etish uchun ikki yil muhlat
AQSh va Rossiya: Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
Amerika diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?