Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Rossiya "Sochi-2014" Qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorlanmoqda


27/07/2007

IOC President Jacques Rogge (l) and Russia's President Vladimir Putin during the presentation of Sochi as a bid to host the 2014 Winter Olympics
XOQ raisi Jak Rogge, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga, 2014 yilgi Qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilish quvohnomasini  topshirmoqda
Bu yilning 5 iyuli Rossiya uchun tarixiy sana bo’lib qoladi.

Gvatemalada o’tgan saralash bosqichida Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi raisi Jak Rogge Sochi shahrini XXII Qishqi Olimpiya o’yinlari mezboni deb e’lon qildi.

Sochi bugun katta qurilish maydoni.  AQShning Prinston Universitetida Rossiya siyosatidan dars beruvchi Jeyson Layal fikricha Sochini Olimpiya o’yinlariga tayyorlash oson kechmaydi.

“300 ming aholiga ega Sochi shahri bunday o’yinlar o’tkazish uchun moslanmagan. Demak, shahar qayta qurilib, xalqaro mezonlarga moslashtirilishi kerak. Aeroportdan tortib, dengiz portigacha; 200 km yangi yo’llar, elektr quvvati tarmoqlari, 25 ming odamga mo’ljallangan yangi mehmonxonalar, barchasi bunyod etilishi lozim”, - deydi mutaxassis.

Rossiya hukumati bu ishlarga 12 milliard dollar ajratgan.

“Bu boshlanishi, deydi Jeyson Layal. Rossiya bir yilda ta’lim va tibbiyot tizimi uchun ham shuncha mablag’ ajratadi. Rossiyaning bunga qurbi yetadi”, - deydi siyosatshunos Jeyson Layal. 

AQShlik yana bir tadqiqotchi Loren Gudrichning aytishicha rossiyalik milliarder va oligarxlar ham Sochiga o’z ulushini qo’shishi mumkin.

abramovich
Roman Abramovich, rossiyalik milliarder, Chukotka gubernatori, Angliyaning Chelsi  futbol klubi egasi
“Rossiya alyuminiy sanoati qiroli Oleg Derepaska, Angliyaning Chelsi futbol klubi egasi Roman Abramovich, Vladimir Potanin kabi boyvachchalar allaqachon Sochiga bir necha milliard dollar ajratishini aytgan. Qurilish ishlari tugagach, ular shaharning asosiy shartnomachilari bo’ladi”, - deydi Gudrich.

Sochini yangi, jahon standartlariga mos shaharga aylantirish uchun yetti yil yetarmikan? Maykl Lang kabi tadbirkorlar bunga shubha qilmaydi.

“Mablag’ o’z vaqtida berilib, ish jarayoni bir tizimga qo’yilsa, yetti yil ichida Sochini Qishki Olimpiya o’yinlariga tayyorlash mumkin. Bundan tashqari prezident Putin ham bunga va’da bergan. Uning o’z so’zida tura olishiga bir necha bor guvoh bo’lganmiz”, - deydi Maykl Lang.

Yana bir masala bu xavfsizlik. Sochi terrorchilar nishoniga aylanmasligi uchun hukumat barcha choralarni qo’llashi lozim. Rossiyashunos ekspert Jeyson Layal Sochi joylashgan hududga e’tibor beradi.

“Shahar Chechenistondan 500 killometr, 2004 yilda maktab huruji amalga oshirilgan Beslan shahridan esa 400 killometr uzoqlikda joylashgan. Chang’ida uchish poygalari Krasnaya Polyanka va Karachayevo-Cherkesiyada o’tkazilishi rejalangan. Bu hududlarda jangarilar faol.  Yetti yil ichida hududni barqaror va xavfsiz joyga aylantirish mumkinmi?”

Yana bir ekspert Deyl Xerspring fikricha xavotirga o’rin yo’q.

“Rossiya xavfsizlik kuchlari juda jiddiy va qudratlidir. Ular hududni shunday qo’riqlay oladiki, hatto pashsha ham uchib o’ta olmaydi. To’gli hududlarga butun boshli diviziya yuborilsa hech narsa yuz bermasligi muqarrar”, - deydi Rossiyashunos ekspert.

1980 yilda Moskvada o’tgan Yozgi Olimpiya o’yinlari Sovet Ittifoqi qo’shinlari Afg’onistonga kirib borgani bois, AQSh va yana 60 davlat tomonidan boykot qilingan edi. Rossiya davlat sifatida Olimpiya o’yinlariga, rasman, ilk bor mezbonlik qilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi