Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh yana qiynoqlarda ayblanmoqda


03/08/2007

AQSh razvedkasi mahbuslarni ruhiy va jismoniy qiynoqlarga tortayotganlikda ayblanmoqda

AQShda asoslangan ikki xalqaro tashkilot Bush ma’muriyatini terrorchilikda gumon qilingan shaxslarni qiynoqqa solayotganlikda ayblamoqda.

Inson huquqlari bo'yicha bu tashkilotlar nazarida AQSh qo’llayotgan so’roq usullari aybi isbotlanmagan mahbuslarni majruh insonlarga aylantirmoqda. Prezident Bush esa bunga ko’z yummoqda, deydi huquq himoyachilari. 

O’tgan o’y prezident Bush maxsus qaror chiqarib, Markaziy Razvedka Agentligiga terrorda gumon qilinganlarni so’roq qilishda kuch ishlatishni man qilgan edi.

Cheklovga ko’ra mahbuslarga nisbatan shavqatsiz munosabat to’xtatilishi lozim. Biroq so’roq davomida qanday usullardan foydalanilayotgani  razvedka xizmatlari tomonidan hamon sir saqlanmoqda.

pool War Iraq Prisoners 150 eng 28March2003.jpg
Mahbuslarga jismoniy va  ruhiy jarohat yetkazish  xalqaro qonunlarga ziddir
Mutaxassislar bu uslublar insonlarga ham ruhiy, ham jismoniy zarar yetkazishini aytib, jarohatlardan tuzalish uzoq vaqt talab qilinishini aytadi. 

Inson huquqlari tashkilotlariga ko’ra, razvedka xizmati shunday so’roq qilish uslubidan foydalanadiki, jismoniy jarohati yetkazmasdan insonni ruhan parchalaydi.

“Bu uslub oddiy qiynoq texnikasidan farq qiladi, ya’ni kaltaklash, elektr toki bilan qiynash, mahbuslarni osib qo’yishga hojat yo’q. Sizga psixologik ta’sir o’tkaziladi. Ruhiyatingiz nishonga olinadi”, - deydi Shifokorlar Inson Huquqlari Uchun degan tashkilot rahbari Jon Bradsho. 

Yana bir mutaxassis, shifokor Skot Allenning aytishicha, bu kabi ruhiy jarohatlarni davolash juda mushkul kechadi.

“Bunday qiynoqlarga duch kelgan odamlar, uzoq vaqt depressiya holatida bo’ladi. Keyinchalik o’z joniga qasd qilishi ham mumkin”, - deydi doktor Allen.

Ruhan ezish texnikasining AQSh harbiylari tomonidan Afg’onistonda, Kubadagi Guantanamo, Iroqning Abu G’arib qamoqxonasida qo’llanishi tanqid ostiga olingach, Pentagon so’roq qilish usullarini qayta ko’rib chiqishga va zo’ravonlikdan voz kechishga ahd qilgan edi. 

AQSh armiyasining iste’fodagi generali Stefan Zenakis fikricha  dushman AQSh qo’llayotgan usullardan xabardor va hatto bu boradan undan o’rnak ham olmoqda.

“Dushmanlar bu amerikaliklarning usuli ekan, demak, biz ham ularga qarshi huddi shu yo’lni qo’llaymiz, deya o’ylashi mumkin. Askarlarimizni bu bilan xavf ostiga qo’yapmiz”, - deydi iste’fodagi general. 

Inson huquqlari tashkilotlariga ko’ra, Markaziy Razvedka Agentligi qo’llayotgan so’roq usullari nafaqat xalqaro normalarga, balki AQSh qonunlariga ham zid kelmoqda.

Oq Uy terrorizmda gumon qilinganlarni qiynoqqa solishni, jinsiy tazyiq o’tkazishni va ularga nisbatan boshqa noinsoniy usullarni qo’llashni taqiqlagan.

Markaziy Razvedka Agentligi direktori Maykl Xeyden terrorizmga qarshi kurash va mamlakatni xavfsiz saqlash uchun bu buyruqqa asoslangan holda ish yuritamiz, demoqda. Biroq inson huquqlari tashkilotlari nazarida haqiqat bundan yiroq.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?