Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQShda Xitoyda ishlab chiqarilgan o'yinchoqlar sotuvdan chiqarilyapti


15/08/2007

A boy looks around a toy store Saturday, 4 Aug. 2007, in Manila, Philippines. Toys made by Mattel based on popular characters like Barney, Dora and Diego have been recalled in some Asian and European countries
AQShdagi eng katta kompaniyalardan biri xaridorlardan Xitoyda ishlab chiqarilgan o’yinchoqlarni topshirishni so’ramoqda. Mattel korporatsiyasi o’tgan hafta ham bir-yarim million o’yinchoqni sotuvdan chiqargan edi. 

Korporatsiyasi bu safar xaridorlardan 9 million o’yinchoqni kompaniyaga topshirishni so’ramoqda. Ularni ishlab chiqarishda zaharli bo’yoqdan foydalanilgani va bolalarga xavfli deb ta’riflanayotgan magnit borligi aytiladi. O’yinchoqlarning barchasi Xitoyda ishlab chiqarilgan.

AQSh Mahsulot Xavfsizligi komissiyasi vakili Nensi Nord, o’yinchoqlarga biriktirilgan magnitni bolalar yutib yuborishi mumkin, deydi. Bo’yoqdan zaharlanish yoki o’lim hollari hozircha kuzatilmagan, deydi komissiya vakili, ammo xaridorlar o’yinchoq sanoatiga ishonmay qo’yishi xavfi bor.

9 million o’yinchoqning chaqirib olinishi albatta katta son, deydi Nord. AQShda har yili Xitoyda ishlab chiqarilgan yuzlab million o’yinchoq sotiladi. Ularni ishlab chiqarishda ishlatilgan bo’yoq bolalar miyasini zaharlashi mumkin. Yaqinda bunday o’yinchoqlarni chiqargan Xitoy kompaniyasi rahbari o’z joniga qasd qilgan.

Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati ko’pchilikni tashvishga solmoqda. AQShdagi o’yinchoqlarning 80 foizi Xitoyda ishlab chiqariladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?