Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekistonda vaziyat "turg'un va mavhum"


23/08/2007

Xalqaro Bo'hronlar Tashkiloti
Xalqaro bo'hronlar bo'yicha tashkilot Brusselda asoslangan
International Crisis Group (ICG), jahon bo’ylab bo’hronlarning oldini olish uchun izlanadigan tashkilot, O’zbekiston rahbari Islom Karimov lavozimidan ketishi bilan mintaqaviy beqarorlik vujudga kelishi mumkin deya ogohlantirmoqda.

O'zbekiston xalqaro hamjamiyatga qaratilgan bu ogohlantiruvga nisbatan rasman munosabat bildirmagan.

Biroq O'zbekistondagi ayrim siyosiy sharhlovchilar nazarida xalqaro tashkilotlar vahima va shov-shuv ko'tarishga usta. 

Muammolar borligi aniq, lekin G'arb ularga yechim topishda yordam berish o'rniga  tanqid qilishni ma'qul ko'rishi kishini umidsizlantiradi, deydi o'zbekistonlik tahlilchilardan biri.

O’zbekiston: Turg’unlik va Mavhumlik  deya nomlangan hisobotda aytilishicha, Andijon fojeasidan ikki yil o’tib, nafaqat O’zbekiston balki butun Markaziy Osiyo bo’ylab noaniq bir siyosiy holat hukmron. 

Karimov
Prezident Islom Karimov
President Karimovning muddati tugagan, biroq endi nima bo’lishi noma’lum. Omma prezidentlikka kimning nomzodi qo’yiladi, saylov qachon bo’ladi, bo’ladimi-yo’qmi deya o’ylanib qolgan. Karimov hokimiyatni tark etgudek bo’lsa, hozirgi vaziyat tinchlikka yetaklamaydi, deydi Xalqaro inqirozlar bo’yicha tashkilotning Osiyo bo’yicha rahbari Robert Templer.

“Siyosiy kelajak noaniq. Xalq amaldagi tuzumni quvvatlayotgani yo’q, balki undan qo’rqib yashamoqda”,- deydi Templer.

Hisobatga ko’ra Turkmanistonda Saparmurod Niyozovning vafotidan so’ng hokimiyat tinch yo’l bilan o’zgardi.

O’zbekistonda bunday bo’lmasligi mumkin. “Mamlakat iqtisodiyoti paxta, oltin, tabiiy gaz kabi mahsulotlar eskporti evaziga kun ko’radi. Biroq ulardan tushgan daromad, xalqqa emas, kichik bir guruh cho’ntagiga boradi. Prezident qizi Gulnora Karimova o’z biznes imperiyasini kengaytirish uchun zulm o’tkazishdan toymay qolgan”,- deyiladi hisobotda.

Chetdan kelayotgan sarmoya miqdori kamaygan.  Xalqaro inqirozlarni o’rganuvchi tashkilot tahlilicha, xorijiy tadbirkorlar, hatto Rossiya va Xitoy biznesmenlari ham O’zbekistonga pul kiritish ma’qulmikan deya o’ylanib qolgan.

Inson huquqlari uchun kurashib qamoqqa tashlangan kishilardan ikki nafari ozodlikka chiqarildi, biroq bu bilan O’zbekistonda huquq ahvoli tuzalib qolgani yo’q, deyiladi tashkilot tahlilnomasida.

Unga ko’ra, vaziyatni tuzatish ko’p jihatdan xalqaro hamjamiyat zimmasida. Yevropa Ittifoqi O’zbekistonga nisbatan amaldagi sanksiyalar olinishi uchun mamlakatda nohukumat tashkilotlarga erkinlik berilishi, so’z va matbuot erkinligi hurmat qilinishi va xalqaro tashkilotlarga yo’l berilishi lozim.

O’zbekiston iqtisodiyotini xalq uchun xizmat qilishini ta’minlash ham tashqi dunyo qo’lida. Toki iqtisodiy tizim oydinlashsin, uni tebratayotgan jinoiy guruhlar ildiziga bolta urilsin hamda ularning chet eldagi mulklari nishonga olinsin, deya tavsiya qiladi Xalqaro inqirozlar bo’yicha tashkilot.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?