Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Islom Karimov hokimiyatdan ketsa, nima bo'ladi?


24/08/2007

Ayrim kuzatuvchilar fikricha bugun Islom Karimovdan keyin hokimiyatni qo`lga olishga qodir siyosiy kuch yo'q
Jahon bo’ylab bo’hronlarning oldini olish yo’lida izlanuvchi tashkilot (ICG) hisobotida aytilishicha, O’zbekiston rahbari Islom Karimov lavozimidan ketgan taqdirda nafaqat O’zbekistonda, balki butun mintaqada beqarorlik vujudga kelishi mumkin.

Tashkilot nazarida aholi orasida qashshoqlik, prezident saylovlari sanasining noma`lum bo’lib qolayotgani va inson huquqlarining doimiy ravishda buzilayotgani salbiy oqibatlarga olib boradi. 

"Islom Karimovdan keyin hech kim hokimiyatni qo`lga ololmaydi. Buning oldini olishning yagona yo`li – hokimiyatni taqsimlash", - deydi ekspert Toshpo'lat Yo'ldoshev.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov fikricha esa hukumat muammolarni yopishda davom etmoqda. 

“Menimcha, rejim taraqqiyotga to`siq bo`layapti. Muammolarni yechayotgani yo’q. Muammo qancha ichga yutilsa, portlash xavfi kuchayib boradi”, - deydi Oripov.

Shunday ekspertlardan biri prezidentning lavozimidan ketishi haqida gapirish uchun asos yo’q deydi. Uning aytishicha, favqulodda holatda siyosiy boshqaruvning qanday almashganiga u Turkmanistondagi ahvolni misol keltiradi. 

Lekin Toshpo’lat Yo`ldoshev Turkmaniston tajribasi O`zbekistonda amalga oshishi qiyin degan fikrda.

“O`zbekistonda jamiyat boshqacha, bunga yo`l qo`yilmaydi”, - deydi u.

Tahlilchilarning so’zlariga qaraganda, bugun Islom Karimovdan keyin hokimiyatni o`z qo`liga olishga qodir siyosiy kuch mavjud emas.

Hokimiyat bo`g`inlari markaziy kuchga bo`ysunib, mustaqil ishlash tajribasiga ega emas. O`zbekistondagi rasmiy partiyalar esa hech qanday kuch va ta`sirga ega bo`lmagan qo`g`irchoq partiyalar deydi mutaxassislar.

O`zbekistonda prezident saylovlari shu yil dekabr oyida o`tishi kerak, biroq hozircha saylov haqida biror rasmiy ma`lumot uchramaydi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?