Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Markaziy Osiyoda savdo va chegara hali ham muammo


30/08/2007
Lavhani tinglang audio clip
Lavhani tinglang audio clip
Dasturni tomosha qiling   video clip

Buyuk Ipak yo'li

Buyuk Ipak Yo'li Sharqiy Osiyodan Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika sohillarigacha yetgan yirik savdo tizimi bo'lgan.  Samarqand va Buxoro asosiy bekatlar hisoblangan.

Markaziy Osiyo 1991 yilda dunyoga ochilganida g’arbu-sharqda qadim Ipak Yo’li tiklanadi deya katta umidlar bog’langan edi.

Tabiiy, chunki Buyuk Ipak Yo’li asrlar davomida xalqlarning ham qornini, ham ko’nglini to’ydirgan savdo tizimi va  madaniy ko’prik bo’lgan.

Mustaqillikning 16 yilini nishonlar ekan, yetti iqlimga dong’i ketgan Samarqandu-Buxoroda sayyohlar ko’p emas.

Tahlilchilar nazarida O’zbekiston, qolaversa bir paytlar Ipak Yo’lining asosiy bekati bo’lib xizmat qilgan Markaziy Osiyo madaniy-iqtisodiy-siyosiy jihatdan oqsashda davom etmoqda.

Hatto hukumatlarga yon bosadigan siyosatdonlar ham Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida hamda davlatlararo qilingan katta rejalar va loyihalar faqat qog’ozda qolib ketayotganini ta’kidlaydi.

Colin Thubron
Tadqiqotchi jurnalist Kolin Tubron nazarida Markaziy Osiyo qit'aning boshqa qismlari kabi sehrli diyor. Lekin bu diyor hukumatlari oddiy xalq talablarini qondira olmayapti.  
Kolin Tubron (Colin Thubron) sharqshunos jurnalist. Buyuk Ipak Yo’li izidan uzoq safarlarda bo’lgan. “Ipak Yo’li Sharpasi” kitobi muallifi.

Markaziy Osiyo uchun qadim ipak yo’li bo’ylab savdo aloqalarini tiklash juda muhim, biroq “Buyuk Ipak Yo’lini endi tiklay olmaysiz”,- deydi Tubron.

“Ipak yo’lini cheklangan tarzda balki tiklash mumkindir, lekin bugun zamon boshqacha. O’rta asrlarda Osiyodan Yevropaga, Yaqin Sharqqa, boshqa mintaqalarga asl, qimmatbaho va noyob mollar tashilgan va savdo qilingan",- deydi Tubron. "Xitoydek yurtlarda jamiki mahsulot ishlab chiqarilmagani uchun ham chet el moliga talab kuchli bo’lgan. Bugun bunday emas. Talab va ta’minot o’zgacha”.

"ipak yo'li sharpasi"
"Ipak Yo'li Sharpasi" Britaniyalik sayohatchi jurnalist Kolin Turbon qalamiga mansub
Tubron nazarida Markaziy Osiyoda darhol hal etilishi kerak bo’lgan masala bu yopiq chegaralar.

“Bu chegaralardan o’tish mumkin emas bugun. 1991 yilda O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasidan o’tganimda, chegarachi menga qo’l siltab, oq yo’l tilagan edi. Bugun esa chegaradan o’tish sayyohlar va oddiy aholi uchun azob-uqubat. Qayta-qayta tekshiruv, pora; tadbirkor yoki savdogar bo’lsangiz yanada qiyin. Bu vaziyatda savdoni, iqtisod, hayotni yaxshilab bo’lmaydi”,- deydi Tubron.

Lekin O’zbekiston Tashqi savdo va sarmoya vaziri Elyor G’aniyevning aytishicha, chegaralardan yuk o’tkazish tartibi oson va mintaqaviy savdo qilish uchun imkoniyatlar bir dunyo. 

“Muammolar bo’lishi tabiiy, lekin qayd etaman, Markaziy Osiyo davlatlari keyingi yillarda chegaradagi qoidalarni juda osonlashtirgan. Bir-birimizdan bojxona tariflari olmaymiz. Yukdan hech qanday boj olinmaydi. Yuk olib o’tish bepul. Bu borada muammoga o’rin yo’q”,- deydi vazir.   

Elyor G'aniyev<br />O'zbekistan Tashqi sarmoya va savdo vaziri
Elyor G'aniyev, O'zbekistan Tashqi sarmoya va savdo vaziri, chegaradan o'tishda muammo bo'lishi mumkin emas deydi. "Bir-birimizdan bojxona tariflari olmaymiz. Yukdan hech qanday boj olinmaydi", - deydi u.
Elyor G’aniyev fikricha savdo yo’llari xalq farovonligi uchun xizmat qiladi. "Lekin qimmatga qurilgan yo’llar, odamlarga ham qimmatga tushadi. Bu yo’llardan baribir hech kim yurmaydi. TRACEKA",- deydi G’aniyev, - "bunga yaqqol misol". 

Vashingtondagi Jons Xopkins Universiteti (Johns Hopkins University) professori, Markaziy Osiyo borasida AQSh siyosatchilari maslahatchisi Fred Starr esa yengil turdagi qimmat mahsulotlarni tez va samarali olib o’tish tizimini yo’lga qo’yish nega Markaziy Osiyoda shunchalik qiyin bo’lyapti, deya so’raydi.

Ko'p hollarda mintaqa hukumatlari yonini olganlikda tanqid qilinuvchi Fred Starr  "Yangi Ipak Yo'llari: Markaziy Osiyoda Transport va Savdo"  kitobini tahrir qilgan. Kitobning Vashingtondagi taqdimot marosimida Starr mintaqa vakillariga, jumladan elchi va vazirlarga qarata shunday dedi:    

fred starr
Fred Starr Markaziy Osiyo davlatlarini savdo yo'llarini, iqtisodiy hamkorlikni eplay olmaganlikda tanqid qilmoqda
“Shuncha yildan beri na Markaziy Osiyo, na atrofdagi davlatlar yangi savdo tizimi yarata oldi. Siz hatto bunga harakat ham qilmayapsiz.  Aksincha, siz yirik davlatlar qachon bizga bu ishni qilib beradi deb kutib o’tiribsiz. Xuddi bu muammo sizning muammongiz emasdek. Xuddi savdo sizga foyda bermaydigandek. Daromad ko’radigan davlatlar nafaqat passiv, balki tashkiliy jihatdan hali ham alg’ov-dalg’ov". 

"Nega siz Osiyodagi, Yevropadagi, Rossiya yoki Amerikadagi tashkilotlardan najot kutayapsiz? Nahotki, mintaqaning o’zi effektiv savdo tashkiloti yarata olmaydi? Nega Markaziy Osiyo savdo bobida birlasha olmaydi? Tashqaridan qaraganda, qo’lingizdan ko’p narsa kelmayapti… Mintaqaga maslahat shuki, o’zingiz oyoqqa turish haqida o’ylang”,- deya tavsiya qildi professor Starr. 

Turizm ham muhim daromad manbai sifatida xizmat qilgan bo’lardi deyayotganlar ko’p. Markaziy Osiyoni 1960-yillardan beri o’rgangan jurnalist Kolin Tubron Samarqandu-Buxorodagi qadim obidalarda sayyohlar kamayib ketgan, shuningdek, madrasalar bo’shab qolgan deydi.

“O’z paytida, ham islomiy, ham dunyoviy bilim o’choqlari bo’lgan Samarqand va Buxoroda madrasalar yopib tashlangan. Ularning o’rnida sayyohlar uchun kichik rastalar va savdo uylari ochilgan. Lekin sayyohlarga oddiy xizmat ko’rsatadigan joylar yo’q. Sayyohlar bu obidalarda juda kam. Menimcha, bu juda afsuslanarli hol. Obida va sayyohlar oddiy bir misol. Lekin, demoqchimanki, O’zbekiston va boshqa respublikalarda eski tizimlar o’rnini yangi tuzum egalladi, lekin ular ish bermayapti. Xalq hayoti hali ham og’ir”,- deydi Turbon.

Buyuk Ipak Yo’lidan boy va kambag’al, ziyoli va savodsiz, san’atsevar va xasis insonlar qatnagan. Ipak Yo’li mashaqqatli, lekin imkoniyatlar yo’li bo’lgan. Jang maydonida bir-birining qonini to’kkan  odamlar, Ipak yo’lida bir-biriga salom bergan.
Buyuk Ipak Yo’lidan boy va kambag’al, ziyoli va savodsiz, mehnatkash va xasis, halol va ayyor insonlar qatnagan. Ipak Yo’li mashaqqatli, lekin imkoniyatlar yo’li bo’lgan. Jang maydonida bir-birining qonini to’kkan odamlar bu yo’lda bir-biriga salom bergan.

Markaziy Osiyo hukumatlarining ashaddiy tanqidchilari ham, G’arb siyosatidan norozi tomonlar ham bir fikrda kelishadi: AQSh singari iqtisodiyoti, ta’lim tizimi va turizmi taraqqiy etgan davlatlar quruq tanqidni chetga surib, O’zbekiston kabi ishchi kuchi va tabiiy resurslarga boy, shuningdek tarixiy meroslari jahon e’tiborini tortadigan mamlakatlarga amaliy yordam ko’rsatmog’i lozim.

Buyuk Ipak Yo’lidan boy va kambag’al, ziyoli va savodsiz, mehnatkash va xasis, halol va ayyor insonlar qatnagan.

Ipak Yo’li mashaqqatli, qonli, lekin imkoniyatlar yo’li bo’lgan. Jang maydonida bir-birining qonini to’kkan odamlar bu yo’lda bir-biriga salom bergan.

Shunday ekan, deydi mutaxassislar, oddiy, real o’zgarishlar, chegaralarning har ikki tomonida inson hayoti qanday yaxshilanishi mumkinligi haqida o’ylash kerak.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available