Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Tojikistonliklar: yutuq ham, kamchilik ham bor


08/09/2007

1991 yilda tug’ilgan tojikistonliklar hozir 16 yoshga to’lib, fuqarolik pasportini qo’lga oldi.

Сhorvador va fermer Gadoyboy Roziqov va Solijon Sharipov xususiy mulkchillik rivojlanayotganidan mamnun. Lekin shu bilan birga olib-sotarlikning kuchayishini salbiy hol sifatida baholamoqda.

Xususiy chorva fermasi egasi Roziqov fikriga ko’ra, har kimning o’z cho’ntagiga ishlayotgani, imoratlar qurib, mashinalar olayotgani mustaqillik sharofati tufaylidir. Dehqon xo’jaligi raisi Sharipov esa mustaqillik tufayli shaxsiy xo’jalikka ega bo’lgan bo’lsada, mahsulotni o’zi bozorga chiqara olmayotganini ta’kidlaydi.

Sibirda mardikor bo’lgan yigit O’ktam O’tayevning aytishicha, kelayotgan qishda gaz va elektr energiyasining bo’lishi Tojikistonda quvonchli kun deb bilinadi.

”O’tgan 16 yilda quvonchli kunni eslolmayman. Oilalik bo’lganim, farzand ko’rganim quvonchli kunlarimdir. Respublikamiz siyosiy hayotida men uchun quvonchli kunni eslolmayman. Mamlakatda tinchlik bo’lib, qishda gaz va elektr energiyasi bo’lsa, biz uchun quvochli kun hisoblanadi”, - deydi O’tayev.

Tojikiston mehnat faxriylarining aksariyati mustaqillikdan noroziligini yashirmaydi. Chunki ularning olayotgan nafaqasi 3-4 kunlik yemisnishga yetmaydi. Ularning aytishicha, mustaqillik yillarida o’tgan urushda erishilgan tinchlik shartnomasi yaxshi. Ammo bir xalta unning bahosi bozorda 95 somoniyga ko’tarilgan, farzandlari esa tirikchilik uchun o’zga yurtlarda sarson.

“Chunki 37 yil ishlab, olayotgan nafaqamiz 48 somoniy. Zavod- fabrikalar ishlamasa, bolalarimiz sarson-sargardon bo’lib yuribdi. 16 yil mobaynida bo’lgan voqea mana shu,” - deyishadi ular.

Xo’jandda tashkil etilgan yirik xususiy firma egasi Azizjon Otajonov esa mustaqillik tufayli erishilgan ozodlikni qadrlaydi. U kabi tadbirkorlarning Tojikiston kelajagiga ishonchi mustahkam.

”Bir joyda erkin gapirolmas edik. Dard-alamimiz ichimizda edi. Lekin hozir xohlagan arz-shikoyatimizni prezident saytiga qo’yib, ochiq aytishimiz mumkin. Bu fuqarolarimiz uchun juda katta ozodlik, erkinlik deb bilaman. Davlatimizda Islom partiyasi vujudga keldi. Minglab fuqarolar Makkaga haj safariga borib kelmoqda. Inson noshukur bo’lmasligi kerak. Zavodlar ishlamayotganini hamma biladi. Biz hali energetik mustaqillikka erishgan emasmiz. Lekin unga ham ozgina qoldi. Rossiya tomondan kelib GES [gidroelektrostansiya] lani qurishmoqda. Ular ishga tushib ketsa, zavod-fabrikalar, konlarimiz, yer ishi, tog’ ishlari, qazish – hammasida mustaqillikka etishsak bo’ladi. Ozgina sabr qilishimiz kerak”, - deydi  o’zbek tadbirkori Azizjon Otajonov.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Tojikiston iqtisodi oyoqqa turmoqda, lekin qashshoqlik hamon muammo
Tojikiston prezidenti dabdabali marosimlarga qarshi
Tojikistonda mintaqaviy ittifoq tashabbusini quvvatlayotganlar ko'p
Tojikiston ayollariga hech qanday bayram tatimay qo'ygan
Tojikiston aholisi elektr quvvati va gaz tanqisligidan nolimoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
Virjiniyada o'zbekistonlikning jasadi topildi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Mustaqil tahlilchi: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Iroqda saylovlardan bir hafta o'tib ovozlar hamon sanalmoqda
Qo'shma Shtatlar Isroil rejasidan norozi
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs