Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga nisbatan sanksiyalarni kuchda qoldirdi

15/10/2007

Yevropa Ittifoqi Kengashi
Yevropa Ittifoqi Kengashi O'zbekistonga adliya, qonun-tartibot va inson huquqlari bobida qator talablar qo'ymoqda
Yevropa Ittifoqi Kengashi O'zbekistonga nisbatan amaldagi ikki turdagi sanksiya - respublikaga qurol-aslaha sotishni ta'qiqlash va O'zbekistonning maxsus ro'yxatga kiritilgan rasmiylarini ittifoq hududiga kiritmaslik haqidagi qarorlarini yana bir yil muddatga kuchda qoldirdi.

Kelasi olti oy ichida viza bermaslik haqidagi qaror biroz yumshatilishi mumkin. Lekin buning uchun O'zbekiston huquq va qonun ustuvorligi bobida xalqaro qonunlarga rioya qilayotganini isbotlashi, qamoqxonalarga xalqaro tashkilotlar vakillarini kiritishi va bu borada BMT bilan hamkorlik qilishi, nohukumat tashkilotlar, jumladan inson huquqlari bo'yicha Human Rights Watch tashkilotiga mamlakatda ishlashga ruxsat berishi kerak.

Kengash O'zbekistondan adliya tizimi va huquq-tartibot organlarini isloh qilishni talab qilmoqda.

Talablar bajarilmasa, viza bermaslik haqidagi qaror avtomatik ravishda yana to'liq kuchga kiradi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi O'zbekistonda kutilayotgan prezident saylovlarini va unga tayyorgarlik jarayonini ham kuzatib, a'zo davlatlarning elchilariga bergan hisobotga asoslangan holda qaror chiqarishni rejalagan.

Yevropa Ittifoqi Kengashi O'zbekistonda o'lim jazosi bekor qilinayotganini olqishlagan. 

Shuningdek, kengash nazarida rasmiy Toshkent Yevropa Ittifoqi bilan ochiq muloqot qilishga moyillik bildirmoqda. O'tgan bir yil ichida ikki bor Andijon voqealari yuzasidan fikr almashilgan va inson huquqlari ahvoli borasida muzokara boshlangan.

Kengash ikki faolning, Gulbahor To'rayeva va Umida Niyozovaning, shartli ravishda bo'lsa-da qamoqdan ozod etilganini ijobiy o'zgarishlar deb atagan.   

Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga sanksiyalarni 2005 yil oxirida qo'ygan edi. Tashkilot O'zbekistondan Andijon voqealari yuzasidan mustaqil xalqaro tergov o'tkazishga yo'l berishni va inson huquqlari poymol etilmasligini ta'minlashni so'ragan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?