Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Grin karta lotereyasi o'yinlari avjida


17/10/2007

AQShda qonuniy tarzda ishlash va yashash huquqini beruvchi grin karta namunasi
AQShda qonuniy tarzda ishlash va yashash huquqini beruvchi lotereyada O’zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishi mumkin.

AQShning O`zbekistondagi vitse-konsuli Meridit Rubinning aytishicha, arizalar tegishli veb sahifada ingliz tilida to'ldirilishi kerak.

Arizalarni  to`ldirish shu yil 3 oktabridan 2 dekabrga qadar davom etadi.  

Biroq ishtirokchilarga oxirgi muddatgacha kutib o`tirmaslik maslahat beriladi. Chunki arizalar soni ko’paygani sayin veb sahifa ham sekin ishlaydi. 

Unda qatnashish bepul. O`rta maxsus ma’lumotga yoki maktabdan keyin 2 yillik ish tajribasiga ega, 18 yoshga yetgan fuqaro qatnashishi mumkin.

“Dasturda ishtirok etish tartibi juda oddiy va qat’iy. Afsuski, bu oddiy qoidalarga amal qilmagan ishtirokchilar arizalari chetlatiladi. Tez-tez kuzatiladigan xatolardan biri: bir kishi bir necha marta ariza to`ldiradi”, - deydi Rubin xonim.

Konsul o'rinbosarining aytishicha, dasturdan maqsad AQShda madaniy xilma-xillikni saqlash va boyitish.

Biroq AQSh viza berilgan fuqarolarning sarf-xarajatlarini ko`tarmaydi. Hukumat dastlabki yordam majburiyatini ham olmaydi.

Dasturda so`nggi besh yilda AQShga 50 mingdan ortiq immigrant yuborgan davlatlar, masalan, Rossiya ishtirok etmaydi.

2008 yil natijalariga ko`ra 1026 o`zbekistonlik grin karta olgan.

Konsullik bo`limidan vizaga rasman ruxsat berilgandan keyingina ishtirokchi yo`l xarajati, tibbiy ko`rik va ko`chish bilan bog'liq ishlarga kirishishi mumkin.

Imkoniyatlar hamma uchun bir xil. Oliy diplomga ega, ingliz tilida mukkamal gaplashadigan va ingliz tilini bilmaydigan ishtirokchi o`rtasida farq yo’q.

Lotereya kompyuterda anketalarni tasodifiy tanlash asosida o`tkaziladi. Taklif faqat pochta orqali so`rovnomada ko`rsatilgan manzil bo`yicha kelgandagina haqiqiy hisoblanadi.

Grin karta ishtirokchilari uchun yana bir muhim qayd – internet-kafe yoki bu borada xizmat ko`rsatuvchi kishilar yordamidan foydalangan shaxslar javob uchun faqat o`zlariga tegishli manzilni ko`rsatishi lozim.

Aks holda ishtirokchiga javob kelgan taqdirda ham u ariza bergan odamga yetib bormasligi mumkin. 

Dasturda ishtirok etuvchilardan ariza to`ldirilishda yolg`on yoki noto'g'ri ma`lumot ko`rsatmaslik so`raladi.

Dasturda ishtirok etuvchilar o`z arizalarini quyidagi veb sahifada to'ldirishlari mumkin: www.dvlottery.state.gov

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?