Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Amerika Ovozi muxbiri Alisher Soipov O'shda otib o'ldirilgan


25/10/2007
Tafsilotlar audio clip
Tafsilotlar audio clip

Alisher Soipov
Alisher o'zining o'tkir maqolalari va siyosiy-iqtisodiy mavzudagi izchil tahliliy materiallari bilan tanilgan edi. "Amerika Ovozi" muharririyati uning ota-onasi va oilasiga chuqur  hamdardlik bildiradi.
"Amerika ovozi"ning Qirg’izistondagi muxbiri Alisher Soipov bugun O'shda otib o’ldirilgan. Qotil qochishga ulgurgan.

Noma'lum kishilar tomonidan amalga oshirilgan hujum paytida Alisher bilan birga Qirg’iziston prezidenti devoni qoshidagi Strategik tadqiqotlar instituti xodimi Iqbol Mirsaitov bo’lgan. Unga zarar yetmagan. Hozirda ichki ishlar boshqarmasi tomonidan so'roq qilinmoqda.

Alisher "Amerika Ovozi"ga 2001 yildan beri ishlab kelar edi. O'zbek xizmatining butun Markaziy Osiyo bo'yicha yetakchi muxbiri edi.

"Biz bu fojianing to'liq tergov qilinishiga chaqiramiz",- deydi Jeyms Glassman (Jeyms Glassman) "Amerika Ovozi" va u kabi AQSh Kongressi tomonidan moliyalanuvchi radio va televideniyelar boshqaruv kengashi raisi.

Alisher siyosiy maydondagi muhim o'zgarish va jarayonlar, inson huquqlari,  korrupsiya va yulg'ichlik, saylovlar va saylovoldi kayfiyati hamda iqtisodiy muammolarni keng yoritib kelgan.

"Professional jurnalist kasbi uchun jon berdi",- deydi Den Ostin (Dan Austin) "Amerika Ovozi" direktori. "Tashkilotimiz Alisher Soipovning dahshatli o'limidan chuqur qayg'uda. Ammo Qirg'iziston va butun Markaziy Osiyodagi muhim o'zgarishlarni yoritishda davom etamiz".     

Alisher Soipov

Alisher Markaziy Osiyodagi boshqa mustaqil jurnalistlar singari doimiy tazyiq ostida ekanini yashirmas edi. Siyosiy doiralar vakillari va xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan kuzatilayotganini bildirib kelar edi.

Alisher o'zining dangal va xolis savollari, faolligi bilan va doimo yangilik izlovchi jurnalist sifatida tanilgan.

Alisher Markaziy Osiyodagi boshqa mustaqil jurnalistlar singari doimiy tazyiq ostida ekanini yashirmas edi. Siyosiy doiralar vakillari va xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan kuzatilayotganini bildirib kelar edi.

Alisher "Amerika Ovozi" dan tashqari "Ferghana.Ru" axborot va tahlil sahifasi bilan ham ishlardi. Shuningdek, "Valley Media Group" degan informatsion tshkilot rahbari edi.

Alisher o'zbek tilidagi "Siyosat" gazetasiga ham asos solgan.  

Alisher 26 yoshda edi. O'tgan yili uylangan va yaqinda ota bo'lgan edi. "Amerika ovozi" muharririyati uning ota-onasi va oilasiga o'z hamdardligini bildiradi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda

  Boshqa xabarlar
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
BMT Pokistondagi qochqinlarga yordamni oshirmoqda
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi
Yevropa Ittifoqi Toshkentni jazolash siyosatidan chekinmoqda
Qirg'izistonliklar: ko'proq yosh kadrlar, ayollar boshqaruvga kelsin