Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Alisher Soipov - haqiqiy jurnalist va chin inson

27/10/2007
Alisherni Xotirlab (qisqa)   video clip
Alisherni Xotiralab   video clip
Alisherni Xotirlab audio clip
Alisherni Xotirlab audio clip

Alisher Soipov

Alisherning qotillikdan bir necha soat oldin olingan rasmi.          

"Amerika Ovozi", Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Freedom House-Ozodlik Uyi va Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo'mitasi jurnalistni o'ldirganlar topiladi va jazoga tortiladi degan umidda.

24 oktabr kuni O'shda noma'lum qurollangan kishilar tomonidan otib o'ldirilgan 26 yoshli jurnalist Alisher Soipov ertasi kun peshinda ona shahri O'shda abadiyatga kuzatildi.

Dafn marosimidan yuzlab insonlar qatnashgan.

Alisher "Amerika Ovozi"ning Markaziy Osiyodagi yetakchi muxbiri edi. Shuningdek, "Ferghana.Ru" kabi axborot agentliklariga ishlagan.

Alisher Farg'ona vodiysini yoritishni maqsad qilgan "Valley Media Group" tashkiloti va "Siyosat" gazetasiga asos solgan.  

Qotillik ustidan tergov boshlangan. Qirg'iziston prezidenti fojia ustidan tergovni o'z nazoratiga olayotganini va adolat ravnaq topishi uchun qo'lidan kelgan barcha choralarni ko'rishga tayyor ekanini bildirgan.

Alisher Soipov

Alisher Markaziy Osiyodagi boshqa mustaqil jurnalistlar singari doimiy tazyiq ostida ekanini yashirmas edi. Siyosiy doiralar vakillari va xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan kuzatilayotganini bildirib kelar edi.

"Amerika Ovozi", Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Freedom House-Ozodlik Uyi va Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo'mitasi Alisherning qotillari topiladi va jazoga tortiladi degan umidda.

"Biz bu fojianing  to'liq tergov qilinishini so'raymiz", - deydi Jeyms Glassman (Jeyms Glassman),  "Amerika Ovozi" va u kabi AQSh Kongressi tomonidan moliyalanuvchi radio va televideniyelar boshqaruv kengashi raisi.

Alisher siyosiy maydondagi muhim o'zgarish va jarayonlar, inson huquqlari,  korrupsiya va yulg'ichlik, saylovlar va saylovoldi kayfiyati hamda iqtisodiy muammolarni keng yoritib kelgan.

"Professional jurnalist kasbi uchun jon berdi",- deydi Den Ostin (Dan Austin), "Amerika Ovozi" direktori.

"Tashkilotimiz Alisher Soipovning dahshatli o'limidan chuqur qayg'uda. Ammo Qirg'iziston va butun Markaziy Osiyodagi muhim o'zgarishlarni yoritishda davom etamiz".     

Alisher 26 yoshda edi. O'tgan yili uylangan va yaqinda ota bo'lgan edi. "Amerika ovozi" muharririyati uning ota-onasi va oilasiga o'z hamdardligini bildirib, chuqur ta'ziya izhor etadi. 

Alisher o'zining dangal va xolis savollari, faolligi bilan va doimo yangilik izlovchi jurnalist sifatida tanilgan.

Alisher Markaziy Osiyodagi boshqa mustaqil jurnalistlar singari doimiy tazyiq ostida ekanini yashirmas edi.

Alisher siyosiy doiralar vakillari va xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan kuzatilayotganini bildirib kelar edi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi