Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Alisher Soipovning o'limi mintaqa jurnalistikasiga kuchli zarba


31/10/2007

Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga nisbatan sanksiyalar nega yumshatilishi mumkinligi borasida aniq sabab bermagan
Yevropa Ittifoqi Qirg'iziston hukumatidan jinoyatni tergov qilishni va qotillarni topib, sudga tortishni so'ramoqda.  
Yevropa Ittifoqi prezidentligini bajarayotgan Portugaliya ittifoq nomidan bayonot chiqarib, muxbirimiz Alisher Soipovning o’ldirilganini qoraladi. Tashkilot jurnalist faoliyatini yuqori baholamoqda.  

Ittifoq Qirg'iziston hukumatidan jinoyatni tergov qilishni va qotillarni topib, sudga tortishni so'ramoqda.  

Alisherning faoliyati bilan yaqindan tanish mutaxassislar va hatto Qirg'iziston ombudsmani Tursunboy Bakir o'g'li O'zbekiston bilan aloqador shaxslar amalga oshirgan deya taxmin qilmoqda. Ular nazarida Alisherning o'tkir, tanqidiy va chuqur tahlil qilingan maqolalari siyosiy doiralarga yoqmas edi.  

Inson huquqlari bo'yicha “Xalqaro amnistiya” tashkilotiga ko’ra Soipovning o’limi nafaqat Qirg’izistonda, balki butun Markaziy Osiyoda so’z erkinligi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Zamira Sidiqova, Qirg'izistonning AQShdagi elchisi

"Bu Qirg’iziston jurnalistikasi uchun ham katta fojia, ham dog’dir. Qotillik jurnalistlarimizning mardligidan dalolat",- deydi  Zamira Sidiqova, Qirg'izistonning AQShdagi elchisi va sobiq jurnalist.

Qirg’izistonning AQShdagi elchisi, sobiq jurnalist, Zamira Sidiqova ham shunday fikrda. 

"Bu Qirg’iziston jurnalistikasi uchun ham katta fojia, ham dog’dir," - deydi Zamira Sidiqova. "Qotillik jurnalistlarimizning mardligidan dalolat."

"Jurnalistika xavfli kasb, jurnalistlar esa doim xavf ostida. Jurnalistning o’ldirilgani ortida siyosiy sabablar borligi tabiiy hol. Chunki jurnalistika bu siyosiy vosita. Tabiiyki jurnalistlar siyosiy jarayonlarni yoritadi". 

"Ayniqsa," - deydi Qirg’iziston elchisi, "Farg’ona vodiysi siyosiy o’yinlar o’chog’iga aylangan va jurnalistlar uchun jiddiy tahdid kasb etadi. Vodiyda turli guruhlarning katta manfaatlari yotibdi. Siyosiy, diniy, jinoiy guruhlar manfaatlari". 

Qirg’izistonning AQShdagi elchisi Lolaqizg’aldoq inqilobidan oldin faol va ko’zga ko’ringan jurnalist bo’lgan. Mamlakatdagi ilk mustaqil gazeta - “Respublika”ning asoschisi.

"Jurnalistika xavfli kasb, jurnalistlar esa doim xavf ostida. Jurnalistning o’ldirilgani ortida siyosiy sabablar borligi tabiiy hol",- deydi Zamira Sidiqova Alisher taqdiri haqida gapirar ekan.
Asqar Akayev davridagi muammolarni qo’rqmay yoritgani uchun bir necha bor ta’qibga uchragan, panjara ortiga tashlangan. 2000 yili xalqaro jurnalistik sovringa sazovor bo’lgan. 2005 yilda esa elchilikka tayinlangan.

Alisherning o’limi yuzasidan tergovning sekin ketayotganidan va umuman so’nggi paytda ko’plab siyosiy jinoyatlarning ochilmayotganidan norozi bir guruh qirg’izistonlik jurnalistlar hamkasblarini militsiyaga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda.

"Ozodlik ovozi” gazetasi va “Jurnalistlar” jamoatchilik tashkiloti rahbarlari jurnalistlarni noyabr oyi boshida bo’ladigan Militsiya kunida huquq tartibotchilarini tabriklamaslikka, ular haqida maqola yozmaslikka da’vat etmoqda.

“Militsiya jurnalistlar xavfsizligiga befarq bo’lsa, nega endi jurnalistlar militsiyaga e’tiborli bo’lishi kerak ekan”, - deydi boykotga da’vat etayotgan jurnalistlar.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi