Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston qamoqxonalaridagi ahvol BMT muhokamasida


10/11/2007

BMTning qiynoqlar bo'yicha maxsus vakili Manfred Novak
BMTning Jenevada o'tayotgan 39-sessiyasida qiynoqlarga qarshi kurash mavzusi muhokamada.

Sessiya davomida Latviya, O’zbekiston, Estoniya, Norvegiya, Portugaliya va Benindagi ahvolga doir hisobotlar tinglanmoqda. Mutaxassislar bu davlatlarda qiynoqlar bas qilinishiga doir maslahat va tavsiyalar ijrosini ko’rib chiqadi. 

O’zbekistondagi ahvol muhokamasi 9-12 noyabr kunlariga belgilangan ekan, BMTning qiynoqlar bo'yicha maxsus vakili Manfred Novak O'zbekiston hukumatini uni mamlakatga taklif qilishga chaqirgan. Inson huquqlari ahvoliga xolis baho berish uchun tashrif muhim, deydi Novak.

Manfred Novakning O'zbekistonda qiynoqlar hamon qo'llanilayotgani haqidagi bayonotlarini rasmiy Toshkent rad etib keladi. 2002 yilda O`zbekistonga tashrif buyurgan BMT vakili Teo Van Boven qiynoqlar tugatilishi yuzasidan hukumatga tavsiyalar bergan edi.

Inson huquqlari bo'yicha Human Rights Watch tashkilotiga ko'ra ahvol o'zgargani yo'q. Tashkilot chiqargan yangi tahlilnomada yozilishicha, O`zbekistonda qiynoqlar keng qo`llaniladi, inson huquqlari muntazam ravishda poymol etiladi. O`zbekiston hukumati bu xildagi ayblovlarni rad etib keladi.

Tanqidchi shoir Yusuf Jumaning aytishicha, uning turmush o`rtog`i, Qorako`l tumanida namoyish o`tkazgan Gulnora Oltiyevaga qarshi jinoiy ish qo’zg’atilgan.

“159-moddaga muvofiq (O`zbekiston kontitutsiyasiga tajovuz qilish) jinoiy ish ochilgan. Saylov oldidan tartibni buzmasin deb qilayotgan bo`lishlari mumkin”, - deydi Yusuf Juma. 

O`zbekiston huquq himoyachilari alyansi vakili Yelena Urlayeva unga chiqish vizasi berilmagani uchun Dublinda o`tishi kutilayotgan Inson huquqlari xalqaro konferensiyasida qatnasha olmasligi haqida bayonot tarqatgan edi. Alyans vakili Abdulla Tojiboy og`lining aytishicha, Urlayevaga yaqinda chiqish vizasi berilgan.

Huquq himoyachisi Surat Ikromov fikriga ko`ra, qiynoqlar tegov-surishtiruv ishlarining asosiy vositasi bo`lib qolmoqda. Ikromovning aytishicha, diniy e’tiqodga doir ayblar bilan qamalgan mahbuslarning jazo muddati bitgandan so`ng ularga yangi ayblovlar belgilanmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Qizil Xoch O'zbekiston qamoqxonalariga kirishga urinmoqda
O'zbekistonda kelasi yildan boshlab o'lim jazosi bekor qilinadi
 
  Bosh mavzu
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin

  Boshqa xabarlar
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
Yirik sarmoyachi arab matbuotini oshkoralikka undamoqda
LASIK amaliyoti har doim ham xavfsiz emas, deydi shifokorlar
AQSh Isroil va Falastinni muzokaraga chorlamoqda
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
Toyota Amerikadagi ilk zavodlaridan birini yopadi
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Afg'onistonda xavfsizlik bir yilda mahalliy armiyaga o'tishi mumkin
Rossiyadagi xalqaro mutaxassislar mahalliy qonundan nolimoqda
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs
Amerikalik ekspert: Markaziy Osiyoda imkoniyatni boy berayapmiz  Audio Clip Available
Amerikadan norozi odamlar ko'p, lekin uning yordamiga umid katta
O'zbekistonda turmushning og'ir aravasini ayollar tortib keladi
Yozuvchilar: Madhiyabozlikni yig'ishtirib, haqiqatni yozaylik