Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Musulmon adib dindoshlarini uyg'onishga chaqirmoqda


30/11/2007
Lavhani tinglang audio clip
Lavhani tinglang audio clip

Akbar Ahmad
Akbar Ahmad Amerika hukumatini islom terrorchi din emas, yovuzlikni aslo targ’ib qilmaydi, dinlar-aro nifoqlar zaminida siyosiy-ijtimoiy muammolar yotadi deya ishontirishga urinayotgan sharq ziyolilaridan.

“Nur” so’zi, deydi pokistonlik sobiq diplomat va professor Akbar Ahmad, musulmon dunyosidagi deyarli har bir jamiyatda yorug’lik degan ma’noni beradi.

Bugungi kunda Amerikada siyosat va madaniyatlar-aro mojarolardan dars berayotgan bu olim o’zining ilk sahna asariga shunday deb nom bergan.

Islom dunyosining bugun nuri so’ngan deydi Akbar Ahmad. 

Professor Amerika hukumatini islom terrorchi din emas, yovuzlikni aslo targ’ib qilmaydi, dinlar-aro nifoqlar zaminida siyosiy-ijtimoiy muammolar yotadi deya ishontirishga urinayotgan sharq ziyolilaridan.

Lekin, deydi uning “Nur” asarini tomosha qilgan jurnalistlar va san’atshunoslar, Akbar Ahmad musulmon jamiyatlari illatlarga to’la ekanini namoyon etadi. Adibning o’zi bu talqinni rad etmaydi.

Nur

Nafis Ahmad "Nur" dramasining bosh qahramonini o'ynaydi. "Nur asarda islom, tinchlik va adolat timsoli",- deydi u.

“Musulmonlar uchun ular yuzlashayotgan muammolarni o’zlari ko’tarib chiqadigan davr kelgan. Qachongacha bu xalqlar din niqobi ostida yashirinadi? Bizni tanqid qilsalar, dinimiz oyoqosti qilinyapti, islomga dushmanlik qilishyapti deb o’zimizni oqlashga urinamiz. Vijdonli musulmonlar aslida ularning hayoti nega bunchalik murakkab ekanini biladi”,- deydi Akbar Ahmad.

Asarning bosh qahramoni – Nur. Iymonli va ziyoli oila farzandi. Uch akasi bor. Nurni muallifning 14 yoshli qizi Nafis ijro etadi.

“Nur oilaning kenja farzandi, erkasi. Kenja bola qiz bo’lsa, unga hamma xo’jayin. Dadam Nur obrazini yaratayotganda meni o’ylagan, agar mening erka farzandimga - asal qizimga tajovuz qilishsa, nima qilgan bo’lar edim deb o’ylangan. G’arbda mening dinim, oilaviy qadriyatlarim haqida ko’p bilishmaydi. Bu drama menga o’zligimni namoyish etishga imkon berayapti",- deydi Nafis Ahmad.

Nur oilaning ko’z nuri, qolaversa iymon va islom timsoli. Akalari esa musulmon dunyosidagi uch guruhni aks ettiradi. To’ng’ichi so’fi, iymon tinchlik beradi deb yashaydi. Ikkinchisi G’arbda ta’lim olgan va bugun vatanda yashashga qiynalayotgan mutaxassis. Hukumatga ishlaydi. Kenja o’g’il – shifokor, biroq hayotiy maqsadi islomga xizmat qilish. E’tiqod uchun jon berishga tayyor.

Xonadonning yagona qizi bozorda o’g’irlanadi. Keyinchalik uning qamoqda ekani ma’lum bo’ladi. Keksa va kasalmand ota va akalar ikki kun uni qanday qutqarish ustida bosh qotiradi.

Masjid
“Asarim tomoshabinni o’ylantirsin, uni ma’nan qiynasin... Bizni oiladagi gap ko’chaga chiqmasin, kattani tanqid qilma, yaxshi narsalar haqida gapir deb tarbiyalashgan. Oqibatda hamma dardini yashiradi. Bugun ularning isitmasi oshkor bo’lgan. Endi yechim haqida o’ylash kerak”,- deydi Akbar Ahmad. 
Oiladagi keskin tortishuv - umumbashariy muammolarni ifoda etadi: dunyoqarashlar to’qnashuvi, G’arb, ayniqsa Amerikaga qarshi kayfiyat, ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy nochorlik va siyosiy bosimlar qatorida ayol nomusi va oila sha’ni hamda jinsiy tengsizlik, zamonaviylik va qadim urf-odatlar, ilm-fan va din, shuningdek siyosiy beqarorlik, zulm va qiynoqlar. 

Musulmonlar orasida G’arbga, xususan Amerikaga munosabat qanday ekanini ko’rsatish p’yesaning asosiy maqsadi deydi muallif. Insoniyat qanchalik taraqqiy etmasin, G’arb va sharq hali ham bir-birini tushunmaydi deydi Akbar Ahmad. 

“Asarim tomoshabinni o’ylantirsin, uni ma’nan qiynasin. Hayot o’g’ir va azob-uqubatga to’la. Yagona yo’l bir-birimiz bilan dardlashish", - deydi adib. "Muammolarni tan olish va ochiq muhokama qilish. Bizni oiladagi gap ko’chaga chiqmasin, kattani tanqid qilma, yaxshi narsalar haqida gapir deb tarbiyalashgan. Oqibatda hamma dardini yashiradi. Bugun ularning isitmasi oshkor  bo’lgan. Endi yechim haqida o’ylash kerak”. 

Nur ikki kunlik qamoqdan so’ng uyiga sog’-omon qaytadi. Ammo g’azabga to’la akalaridan biri, dindor shifokor, hukumatdan qonli o’ch olishga ahd qilib bo’lgan. Oila uni bu yo’ldan qaytarishga qanchalik urinmasin, singlisi tortgan ruhiy azob, uning nazarida barcha musulmonlar boshidagi ko’rguliklarda aybdor tomonlardan qasos olish darkor. Shu tariqa "islomga tushgan dog’ni yuvaman" deydi.

P’yesa uning suiqasd portlashi bilan tugaydi. Lekin Nurning Jaloliddin Rumiy qalamiga mansub, tinchlikka chorlovchi bir she'ri o'qiyotganini eshitasiz. 

Asarni tomosha qilgan amerikalik jurnalist Toni Blankeli fikricha "Nur" dramasida diniy radikalizm g'olib chiqadi. "Asar nazarimda terrorizmga qarshi kurash naqadar muhim ekanini isbotlaydi",- deydi u.

Muallif Akbar Ahmad esa yakunni qanday talqin qilish tomoshabinga havola deydi.

Insonlar nega va qachon o’zini qadrsiz deb biladi? E’tiqod kim uchun qanday ahamiyatga ega? Xavfsizlik haqiqatda huquqlardan voz kechishni talab qiladimi?  Nega hukumatlar hamisha qora ishlarini oqlash bilan ovora?

"Insonlar bu savollarga javob izlamas ekan",- deydi adib, "mojarolar ortaveradi. Umid nuri so’nib, fojialar alanga olaveradi".  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
O'zbekistonlik jangarilar xalqaro sahnada katta jumboq
Adolatsizlik, omma fikricha, kishilarni egri yo'llarga boshlamoqda
Farg'ona vodiysi siyosiy-iqtisodiy muammolar iskanjasida
Markaziy Osiyo jangarilari yana jahon diqqatida
Ekstremizm tahdidi dinga munosabatni belgilamoqda
Islom madaniyati poytaxti Toshkentda erkin e’tiqod qilish mushkul
Ijtihodchi, islohotchi musulmonlar ko'paymoqda
Inson huquqlari global miqyosda og'ir ahvolda
Vaziristonda pashtun va o'zbeklar o'rtasida qonli mojarolar
Qur'onning ko'zi ojizlar uchun nashri bosmadan chiqdi
Amerika jamiyatida din muhim omil bo'lib qolmoqda
Dinga ixlos dunyoviy fanlarni bilishga halaqit beradimi?
Hizb-ut-Tahrir Farg'ona Vodiysida qanot yozmoqda
Qirg'izistonda Hizb-ut-Tahrir a'zolari safi kengaymoqda
Vodiy ahli noroziligining sababi nimada?
 
  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi