Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQShda ta'lim olish imkoniyatlari haqida muxlislar savollariga javoblar


01/12/2007

AQShda ta'lim dasturlari va viza tartibiga doir foydali ma'lumotlarni AQSh elchixonasi veb sayti (www.usembassy.uz) va Davlat departamenti veb sahifasi (www.educationusa.state.gov ) dan topish mumkin
Urganch Davlat Universitetining 3-bosqichida o’qiydigan Dildora Duschanova yo’llagan savol quyidagicha:

“Santa Barbara shahar kollejiga hujjat yuborgandim. Agar meni qabul qilishsa, viza masalasi qanday bo'ladi”?

Santa Barbara shahar kolleji sizni o’qishga qabul qilsa, sizga I-20 nomli forma jo’natadi. Ya’ni chet ellik talaba o’qishga qabul qilinganini tasdiqlovchi qog’oz. Mana shu hujjat bilan siz F-1 talabalik vizasini olish uchun AQSh elchixonasiga murojaat qilasiz.

I-20 formasi va F-1 vizasi haqida Santa Barbara shahar Kolleji (Santa Barbara City College) hamda AQSh davlat departamenti veb sahifasida tanishishingiz mumkin. http://www.sbcc.cc.ca.us, www.educationusa.state.gov. Shunigndek, sizni qabul qilgan oliygoh sizga bu borada batafsil ma’lumotlar jo’natadi.

Jahongir Fazliddinov ismli tinglovchimizning savoli:

“O'zbekistondan chet elga o'qishga yuboradigan markazlar haqida ma’lumot bera olasizmi? AQShga o'qishga borish uchun qayerga uchrashim kerak”?

Bu xildagi dasturlar hozir AQShnining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan yuritilmoqda. Vaqti-vaqti bilan elchixona veb-saytiga kirib, u yerdagi yangiliklardan boxabar bo’lib turing.

Masalan, ayni damda Global Undergraduate Exchange Program, ya’ni bakalavrlik darajasi uchun o’qiyotgan yoshlar almashinuv dasturga hujjatlar qabul qilinmoqda. Universitetlarning 1,2, 3-bosqich talabalariga mo’ljallangan. Yakuniy sana - 10 dekabrgacha hali vaqtingiz bor. Elchixona veb-sayti: www.usembassy.uz.

20 yoshli Sherzod Obidov bu yil AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi grin karta uchun lotereya o’ynagan.

“Dasturda qatnashib, ro'yhatdan o'tdim. Lekin uni bekor qilmoqchiman. Chunki AQSh elchixonasi e’lon qilgan Global Undergraduate Exchange Program dasturiga qiziqib qoldim. Uning qoidalariga ko'ra, agar talaba grin karta lotereyasida qatnashsa, ta’lim dasturiga hujjat topshira olmas ekan. Lotereyadagi anketamni qaytarib olsam bo’ladimi”?

Avvalo, almashinuv dasturi xodimlari bilan maslahatlashing. Grin karta lotereyasi tartib-qoidalariga ko’ra, ishtirokchi anketani bekor qila olmaydi. Siz lotereya natijalari e’lon qilinguncha kutishingiz kerak bo’ladi. Natijalar kelasi yil o’rtalarida ma’lum bo’ladi.

Bizga ma’lum bo’lishicha, siz AQShda doimiy yashash uchun hujjat topshirgan bo’lsangiz-gina almashinuv dasturida qatnasha olmaysiz. Lotereya o’ynash immigratsion hujjat topshirish degani emas. Agar grin karta yutib turib, almashinuv dasturiga qiziqsangiz, unda rad etilishingiz mumkin.

Yaponiyada iqtisodiyot sohasida magistrlik darajasini egallab O'zbekistonga qaytgan Dilmurod Ubaydullayevning savoli quyidagicha:

“Doktoranturani (PhD) AQSh universitetlaridan birida o'z mablag'im hisobidan yoki grant hisobidan o'qish niyatim bor. Qaysi universitetlar iqtisodiyot sohasida PhD darajasini olish uchun qulay hisoblanadi”?

Iqtisodiyot bo’yicha doktorlik dasturlarini internetdan izlash mumkin. Qidiruv tizimiga “economics schools in America”, “PhD programs in US” degan so’zlarni kiritasiz. Har bir universitetning dasturini o’rganib chiqib, sizga ma’qulini tanlaysiz. Ta’lim haqi universitet nufuziga bog’liq.

Masalan, Nyu-York (New York University), Kornell (Cornell University) va Kolumbiya (Columbia Unviversity) universitetlari iqtisodiyot va moliya dasturlari bilan tanilgan.  Nyu-York Shtat Universiteti (New York State University) yoki Virjiniya shtatidagi Jorj Meyson Universiteti (George Mason University) iqtisod va biznes bo’yicha yirik ilmiy maskanlar.

AQShda barcha ta’lim dargohlari chet ellik talabalarga moliyaviy yordam taklif qiladi. Ularning tanlovidan o’tsangiz bas. Sizdan talab qilinadigan ish – erinmasdan har bir universitet haqida imkon qadar mufassal ma’lumot to’plash.

AQShda ta’lim olish imkoniyatlari haqida sizni qiziqtirgan savollarni har doimgiday uzbek@voanews.com da kutib qolamiz. Internetdagi veb sahifamiz – amerikaovozi.comdan ham ko’plab foydali ma’lumotlar topasiz.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
AQShda o'qishning past-balandi haqida o'zbekistonlik yoshlar fikri
Til bilish va omilkorlik AQSh oliygohlarida muvaffaqiyat kaliti
AQShdagi kirish oson, o'qish arzon ilm maskanlari
AQShda PhD olish osonmi?
Fulbright dasturi haqida bilasizmi?
AQShda o'qish uchun universitet tanlash qanday kechadi?
AQSh ta’lim maskanlarida o’qish bahosi qancha?
 
  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi