Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Uyg'urlar mustaqillik va xalqaro nufuz so'rashda davom etmoqda


03/12/2007
Lavhani tinglang audio clip
Lavhani tinglang audio clip

Shinjon
Xitoy g’arbida, Shinjon Uyg’ur Muxtoriyatida 10 millionga yaqin uyg'ur yashaydi. Hudud ular uchun Sharqiy Turkiston. 
Uyg’ur xalqi davlatchilik uchun kurashib kelayotgan yirik etnik guruhlardan biri. Jahon bo’ylab taxminan 20 million bor.

Ularning 10 millionga yaqini Xitoy g’arbida, Shinjon Uyg’ur Muxtoriyatida yashaydi. Uyg’urlar bu hududni Sharqiy Turkiston deb ataydi. Markaziy Osiyo davlatlari va G’arbda ham millionlab uyg’urlar istiqomat qiladi.

Xitoy hukumati uyg’ur ozodlik yetakchilarini va jangarilarini terrorizm va separatizmda ayblab keladi.

2001 yilning 11 sentyabr voqealari ketidan “terrorga qarshi urush” e’lon qilingach, rasmiy Pekinning uyg’urlarga nisbatan siyosati yanada keskinlashdi. Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati AQSh tomonidan ham terrorist tashkilot deb e’lon qilindi, ammo sal keyin bu maqom isbot yetishmaydi deya bekor qilindi.

Uyg’urlar masalasini 1980-yillardan beri o’rganib kelayotgan amerikalik olim Shon Roberts (Sean Roberts) bu xalq uchun asosiy masala davlatchilik deydi. 

Shinjondagi masjid
Uyg’urlar o’zini turkiy dunyoning bir qismi deb bilsa-da, asosan AQSh yordamiga tayanadi. Turkiy davlatlar Xitoy bilan hamkorligi sabab uyg’ur masalasini chetlab o’tadi.
“Uyg’urlar manfaati xalqaro sahnada rasman himoya qilinmas ekan, bu millat sitamga uchrayveradi. Globalizatsiya, ochiq chegaralar, madaniyatlar uyg’unligi deymiz-u, lekin ko’rib turibmiz, har bir xalq o’z davlatiga ega bo’lishi muhim”.

Afg’onistonda qo’lga olinib, terrorizm va bo’lginchilikda ayblanib, taxminan 25 uyg’ur AQShning Guantanamo qamoqxonasiga jo’natilgan. Ko’pini mahalliy jangarilar pul evaziga AQSh harbiylariga tutib bergan.

Uyg’ur mahbuslar 2003 yilda oqlanganiga qaramay, hali ham Guantanamoda. Sabab ularga boshpana beradigan davlat topish qiyin. Albaniya o’tgan yili ular orasidan besh nafarini qabul qilgan. AQSh qolganlarini Xitoyga topshirishni ma’qul topmaydi.

Camp Five Gate at Guantanamo Bay
Afg'onistonda ushlanib, Guantanamoga olib kelingan, sal keyin oqlangan uyg'urlardan 20 nafarga yaqini borar joyi yo'qligi bois mana to'rt yildirki qamoqxonada o'tiribdi. AQSh ularni Xitoyga topshirmoqchi emas. Tahlilchi Shon Roberts fikricha Amerikaning o'zi ularga boshpana berishi kerak.
“AQShning o’zi bu uyg’ur mahbuslarga siyosiy boshpana berishi kerak. Guantanamo bilan bog’liq bir muammo shuki, u yerda saqlanayotganlar taqdiri huquqiy jihatdan noma’lum. Avval AQShga ijobiy qarangan uyg’urlar Guantanamodan so’ng bu mamlakatni yoqtirmasligi aniq”,- deydi Roberts.

Uyg’urlar o’zini turkiy dunyoning bir qismi deb bilsa-da, asosan AQSh yordamiga tayanadi. Turkiy davlatlar Xitoy bilan hamkorligi sabab uyg’ur masalasini chetlab o’tadi. Vashingtonda joylashgan Uyg’ur-Amerika Uyushmasi bosh kotibi Olim Seytoff. 

Uning aytishicha, uyg’urlar AQShda balki eng kichik jamoalardan biri, lekin siyosiy jihatdan juda faol. Bugun jahon miqyosida uyg’urlar o’rtasida birdamlik qanchalik kuchli deb so’raymiz undan.

Seytoff ham, Shon Roberts ham bir fikrda – uyg’urlarga etnik va madaniy jihatdan qardosh xalqlar, jumladan Markaziy Osiyo, Xitoy bilan yaqin aloqalarga ega  ekani uchun ham bu xalqqa yordam bermayapti. 

non

Uyg’urlar yomon yashayapti deydigan odamlar Shinjondagi iqtisodiy taraqqiyotga nima deydi? Rasmiy Pekin uyg’urlar ahvoli bilan bog’liq savollarga shunday javob berishga o’tgan.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida imzolangan bitimlar a’zo davlatlardan terrorga qarshi kurashda hamkorlik qilishni, ma’lumot almashishni talab qiladi. O’tgan yili O’zbekiston uyg’ur faoli Husayn Jalilni Toshkentda ushlab, rasmiy Pekinga topshirgan. Jalil bir umrga qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Tahlilchi Roberts fikricha Xitoy endi o’zini uyg’ur millatiga qarshi emas, balki ularning mustaqil bo’lishiga qarshi hukumat sifatida namoyon etishga urinmoqda.

Uyg’urlar yomon yashayapti deydigan odamlar Shinjondagi iqtisodiy taraqqiyotga nima deydi? Rasmiy Pekin uyg’urlar ahvoli bilan bog’liq savollarga shunday javob berishga o’tgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Uyg'urlar uchun Albaniyada hayot "zerikarli"
Uyg'urlar AQShdan ko'proq yordam va e'tibor so'ramoqda
Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available