Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston josuslari xorijda harakatlanayotganlikda ayblanmoqda


07/12/2007
LAvhaning audio ko'rinishi audio clip
LAvhaning audio ko'rinishi audio clip

Qirg’izistondagi "24.kg" axborot agentlik xabariga ko’ra, Amerika ovozi radiosining Qirg’izistondagi marhum muxbiri Alisher Soipovning o’ldirilganida O’zbekiston xavfsizlik kuchlarining roli ham taftish qilinmoqda.

So’nggi paytlarda o’zbekistonlik josuslarning turli mamlakatlarda faoliyat olib borayotgani haqida ko’p gapirilmoqda. Xususan Alisher Soipov Andijon voqealaridan keyingi lavhalarida O’shda O’zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati xodimlari Andijon voqealari ketidan qo’shni respublikaga qochgan O’zbekiston fuqarolari iziga tushgani haqida bir necha xabar tayyorlagan edi.

Qirg’izistondagi tergov guruhi Alisher Soipovning o’limiga doir bir necha ehtimol o’rganilayotganini chorshanba kuni ma’lum qilgan. Ana shunday ehtimollardan biriga ko’ra, Soipovni qo’shni davlat maxsus xizmat vakillari yo’q qilgan bo’lishi mumkin. Qirg’iziston inson huquqlari ombudsmeni Tursunboy Bakir O’g’li ham Alisherning o’limidan bir necha kun o’tgach shunday ehtimolni olg’a surgan.

O’zbekiston xavfsizlik kuchlarining boshqa davlatlar hududlarida faoliyat yuritayotgani haqida Rossiyadagi ko’plab inson huquqlari tashkilotlari ham bong urgan. Xususan chorshanba kuni Abdug’ani Kamoliyev ismli qochqin Tyumen shahridan O’zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Qochqinlar muammolari bilan shug’ullanuvchi  Rossiyaning “Fuqarolik yordami” qo’mitasi xodimi Yelena Ryabininaning aytishicha, uning chiqarilishi Yevropa Sudi qaroriga zid bo’lgan, biroq operatsiyaga Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati aralashgani bois Tyumen Ichki ishlar boshqarmasi Kamoliyevni mamlakatdan chiqarib yuborishga majbur bo’lgan. Rossiya xavfsizlik kuchlari o’zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik qilgan, deydi Yelena Ryabinina.

"Bizda O’zbekiston xavfsizlik xizmati xodimlarining Rossiya hududida xuddi o’z uyidagidek bemalol faoliyat yuritayotgani haqida dalillar bor," deydi rossiyalik huquqshunos. "Ushbu dalillar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, ular o’z faoliyatini Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati beparvoligi oqibatida emas, balki bevosita ishtirokida olib bormoqda."

Ma’lum bo’lishicha, Qozog’iston poytaxti Almatida o’zbekistonlik Xurshid Shamsiddinov noyabr oyi oxirida g’oyib bo’lgan. Qozog’istondagi boshqa o’zbekistonlik qochqinlar bu ishda Milliy Xavfsizlik Xizmati agentlarining qo’li bor deb gumon qilmoqda.

Ulardan birining aytishicha, Qozog’istondagi operatsiya noqonuniy bo’lgan. Chunki Hurshid Shamsiddinovga BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligi tomonidan rasman qochqin maqomi berilgan va u agentlik himoyasi ostida bo’lgan. Shamsiddinov jinoyatchi bo’lgan taqdirda ham uning O’zbekistonga chiqarilishi Qozog’iston bilan rasman kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak edi, biroq rasmiy Ostona na Shamsiddinovning va na undan oldin o’g’irlab olib chiqib ketilgan qochqinlarning O’zbekistonga chiqarilganini tan oladi.

Jizzax viloyati hokimiga qarshi tanqidiy maqolalari tufayli tovlamachilikda ayblanib qamoqqa tashlangan, biroq keyinchalik Germaniya rasmiylari yordamida ozodlikka chiqqan inson huquqlari faoli va jurnalist Ulug’bek Haydarov o’tgan yili respublikani tark etib Qozog’istonga chiqib ketgan. Uning aytishicha, shu yil oktyabr oyida Shimkent yaqinidagi qishloqqa mehmonga borganida Haydarovning iziga bir necha odam tushib avtobusdan chiqqanida uni o’g’irlashga uringan. Jurnalist O’zbekiston xavfsizlik xizmatini ayblamoqda.

(Lavhaning to'liq qismi audio ko'rinishida)

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Kollektiv xavfsizlik a'zolari Rossiyaning Janubiy Osetiyadagi harakatlarini yoqladi

  Boshqa xabarlar
Tojikistonda radikal diniy oqim – salafiylar kuchaymoqda
Taniqli olim, nodir inson, tilshunos Xayrulla Ismatullayevni xotirlab…
Makkeyn: "Amerika xalqidan boshqa hech kimga xizmat qilmayman"
Yevropa Ittifoqi: Gruziyadagi mojaro xalqaro tergov qilinsin
AQSh kelajakda lotin amerikaliklar mamlakati bo'ladi
BMT Qochqinlar agentligi Goridagi vaziyatdan xavotirda
AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi
Jurnalist Solijon Abdurahmonovning sud kuni belgilandi
Tanishing: Sara Peylin, AQShning ehtimoliy vitse-prezidenti
Eron yoshi yetmagan insonlarni qatl etganlikda ayblanmoqda
Putin Rossiyaning O'zbekistondagi pozitsiyasini mahkamladi
AQShda minglab musulmonlar ro'za tutmoqda
Dik Cheyni Tbilisiga 1 milliard dollarlik yordam paketi yetkazadi
G'arb va Rossiya orasida so'z urushi avjida
Makkeyn va Peylin: Oq Uy "bizniki" bo'ladi
Karimov: Putin ishonchli do'st, Rossiya esa munosib hamkor
Gruziya va Rossiya kassetali bombalar ishlatgan
AQShda vitse-prezidentlikka nomzod atrofida mashmashalar
Amnistiya siyosiy mahbuslarni chetlab o'tishi mumkin