Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh: O'zbekistonda siyosat o'zgarishi kerak


19/12/2007
Suhbatni tinglang- 1-qism audio clip
Suhbatni tinglang audio clip
Suhbatni tinglang- 2-qism audio clip
Suhbatni tinglang audio clip

Feigenbaum
Evan Feygenbaum                             AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatiga mas'ul rasmiylardan  
Sharlovchilar nazarida O’zbekistonda prezident Islom Karimovning uchinchi bor lavozimga saylanishi deyarli kafolatlangan. Karimov xalqqa barqarorlik qatorida “mustaqillikdan keyin boshlangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarni davom ettirishga” va’da bermoqda.

Prezident yaqinda qilgan nutqida G’arb bilan aloqalarni mustahkamlash zaruriyati haqida gapirdi. AQSh ham, ayniqsa 2005 yilning mayida Andijon voqealari ketidan sovuqlashgan aloqalarni tiklash istagini bildirib keladi. Lekin Vashington rasmiylari bugungi vaziyatdan ancha umidsizlangan ko'rinadi.  

"To’g’risini aytsam, saylovdan ko’p narsa kutayotganimiz yo’q. Albatta saylov fuqaro jamiyati uchun yo’l ochadi va hukumat bunga imkon beradi degan umid bor, lekin natijani kamtarona kutib o’tirishdan boshqa iloj yo’q",- deydi AQShning Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yetakchi diplomatlaridan Evan Feygenbaum (Evan A. Feigenbaum).

Vashington rasmiy Toshkentning bu aslida Karimovning ikkinchi yetti yillik muddati bo’ladi degan talqiniga nima deydi?

"Karimov nomzodi qonuniy yoki noqonuniy ekanini O’zbekiston huquqshunoslari hal etishi kerak. Biz har bir davlat va uning hukumati o’z qonunini hamma narsadan ustun qo’yishi kerak degan fikrdamiz. O’zbekistonda qonunga munosabat qanday ekanini saylov ko’rsatadi",- deydi Feygenbaum.  

O’zbekistonda ayrim huquq himoyachilari va hukumat tanqidchilari Qo’shma Shtatlar muxolif guruhlarning tan olinishi, ro’yxatdan o’tishi uchun yordam bermadi deydi. AQSh rasmiysi bu tanqiddan hayron. 

"Biz O’zbekiston hukumatidan nohukumat tashkilotlarga imkoniyat berishni hamisha so’rab kelganmiz va bu borada ko’p gaplashganmiz. Ham mahalliy, ham xalqaro tashkilotlarni nazarda tutayapman",- deydi Feygenbaum. "Rasmiy Toshkentga fuqaro jamiyati uchun sharoit yaratish uning manfaatlari uchun xizmat qilishini tushuntirganmiz. Huquq uchun kurashayotgan tashkilotlarni quvvatlashimiz sir emas".  

O’zbekistonga saylovdan keyin qanday yondashish yuzasidan biror strategiya bormi? Kongress a’zolari va Bush ma’muriyati talablar haqida gapiradi, qanday talablar?

"Men talablar haqida gapirmagan bo’lardim. AQSh Toshkentda o’z elchixonasiga ega. Maqsad O’zbekiston hukumati bilan muloqot qilish", - deydi Feygenbaum. "Lekin muhimi shundaki, ikki davlat hamkorlikni oshirish uchun nimaga tayyor-u nimaga tayyor emas. Gaplashishga gaplashamiz, lekin bu bilan nimaga erishayapmiz. Hamkorlikni tiklash uchun AQSh nima qila oladi, O’zbekiston hukumati nima qila oladi? Biz hozir shu narsa o’ylantiryapti".

Islom Karimov G’arb bilan, jumladan AQSh bilan aloqalarni mustahkamlashga shay ekanini ishora qilmoqda… Vashingtonda bunga munosabat qanday?

Bush, Karimov
Islom Karimov 2002 yilning mart oyida Vashingtonda bo'lib, Oq Uyda Jorj Bush bilan uchrashgan. 
"Bilasizmi, biz Karimovning bu boradagi gaplarini eshitdik… Biz O’zbekistonni birinchilardan bo’lib tan olgan davlatmiz. Bu mamlakat uchun hozirgacha millionlab dollar sarfladik. 16 yildan beri hamkorlikni kuchaytirish uchun qator rejalar bilan chiqdik. Reja-yu bor, lekin uni qanday amalga oshirish katta masala. 2002 yilda imzolangan strategik hamkorlik bitimi, AQSh nazarida, kuchli aloqalarga zamin yaratgan. Unda xavfsizlikni mustahkamlashdan tortib, iqtisodiy-siyosiy va demokratik taraqqiyot yo'lida birga ishlash haqida gapiriladi. Men shu yilning mart oyida Toshkentda bo’lganimda bu shartlar haqida eslatganman. Prezident Karimovning o’zi ularni tasdiqlagan. Biz O’zbekiston hukumati o’sha majburiyatlarga qaytadi degan umiddamiz. O’tgan ikki yil juda murakkab davr bo’ldi",- deydi Feygenbaum.

Markaziy Osiyoda AQSh siyosatiga ishonsizlik bilan qarashadi. Vashingtonni ko’zbo’yamachilikda, bir yoqlama harakat qilayotganlikda, mintaqa mentalitetini tushunmayotganlikda ayblayotganlar ko'p. Amerika mintaqadan harbiy maqsadda foydalanmoqchi yoki unga faqat tabiiy boyliklar kerak deyishadi.

Feygenbaum bu tanqidni inkor etadi va "Markaziy Osiyoga nisbatan serqirra siyosatga egamiz",- deydi.

"Biz Markaziy Osiyoda bir yoqlama siyosat yuritayotganimiz yo'q. Mintaqada faqat xavfsizlik yoki demokratlashtirish siyosati olib borilyapti deyish katta xato. Siyosatimiz mintaqani har tomonlama quvvatlashni nazarda tutadi. Har bir davlat bilan hamkorligimiz turlicha. Hamkorlik samara berishi uchun har ikki tomon birdek ter to’kishi lozim. O’zbekiston bilan til topishishga qiynalayotganimizni yashirmayman. Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston bilan savdo hajmi yil sayin o’sib borayotgan paytda, O’zbekiston bilan ancha pasayib ketgan. Demak, bu hukumat o’z siyosatini qayta ko’rib chiqishi kerak. Shunday qarorlar qilinsinki, biz ko’proq sarmoya olib kiraylik, savdo qilaylik. O’zbekiston tashqi dunyoga ko’p narsa taklif qila oladigan davlat, ammo hozirgi siyosat bunga yo’l bermayapti. Bunga demokratiya va inson huquqlariga nisbatan yondashuvni ham qo’shgan bo’lardim.

AQShning Markaziy Osiyo bo’yicha yetakchi diplomati Qirg’izistonda bundan ikki oy avval journalist Alisher Soipov o’ldirib ketilganini afsus bilan tilga oladi. Mintaqa uchun katta fojia deydi u.

"Tergov Qirg’iziston hukumati nazorati ostida va natija nima bo’lishini kutishdan boshqa iloj yo’q",- deydi Feygenbaum.

2008 yilda AQSh Markaziy Osiyoda nimalarni ko’zlamoqda?

"Har bir davlat bilan alohida va bugun mintaqa bilan umumiy manfaatlar yo’lida ishlash. Har bir davlatga qaysi jihatdan yordam bera olamiz, ular nima istaydi, shuni ko’rib chiqayapmiz",- deydi Feygenbaum. "Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik sust.  Unga qo’shni davlatlar bilan ham aloqalarni kuchaytirish, AQSh nazarida, hammaning foydasi uchun xizmat qilgan bo’lardi. Shimol, janub, g’arb va sharq tomon eshikni kengroq ochish. Mintaqa bir paytlar sharqu-g’arbni bog’lovchi ko’prik bo’lgan".

AQSh o’tgan ikki yildan beri Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyoga bog’lash haqida gapirmoqda, lekin Afg’oniston va Pokiston notinch mamlakatlar… Mintaqa uchun sobiq Sovet davlatlari bilan ishlash ma’qul emasmi?

"Qozog’istonda ham shunday savol berishgan edi… Gap bu yerda qayerda iqtisodiy imkoniyat borligida. Markaziy Osiyo shimol bilan shundoq ham yaqin aloqalarga ega. Janubda ham siz bilmagan imkoniyatlar mavjud. AQSh Markaziy Osiyoga shuni eslatmoqda xolos. Albatta, Afg’oniston kelajagi mintaqaviy hamkorlikka bog’liq. Bu yerda yashirin maqsad yo’q. Markaziy Osiyo bilan ishlashga tayyormiz, shu jumladan O’zbekiston bilan ham. Uning iqtisodiy-siyosiy taraqqiyotiga hissa qo’shishni istardik.  Umid qilamizki, hukumatlar buni tushunib yetadi",- deydi Feygenbaum.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
AQSh O'zbekistonga strategik hamkorlik shartlarini eslatmoqda
AQSh Markaziy Osiyoni iqtisodiy islohotlarga chaqirmoqda
AQSh-O'zbekiston aloqalari yaxshilanishiga umid bor
AQSh: Markaziy Osiyo Rossiyaga tobe bo'lib qolmasligi lozim
Richard Norland - AQShning O'zbekistondagi yangi elchisi
AQSh siyosatida inson huquqlari faktori: so'zda nima, amalda nima?
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available