Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Osiyoda xavfli virusning yangi ko'rinishlari aniqlangan

18/12/2007

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti parranda grippi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Virus Pokistonda bir kishini hayotdan olib ketgan. Kasallik Birmada ham aniqlangan. Virus ayniqsa qishda avj olmoqda.

Tashkilot hisobotiga ko’ra, sovuq tushganda parrandalar tez-tez kasallanadi. H5N1 virusini tashuvchilar ham aynan shular.

Mikrobiolog Malik Peyris nam sharoitda virus uzoq vaqt yashirinib yotishi mumkin deydi. 

"Virus mutatsiyaga uchrab, ya’ni shaklan o’zgarib, har xil sharoit va iqlimga moslasha oladi",- deydi u.

2003 yildan beri kasallik jahonda 200 dan ziyod odamni o’ldirgan. Aksariyati Indoneziya va V’yetnamda.

Infeksiya nafaqat parrandadan, balki odamdan ham yuqishi mumkin.

Malik Peyrisning aytishicha, pandemiya ehtimoli kuchli. 1918 yilda, deydi u,, shu kabi virus keng tarqalib, 40 million kishining yostig’ini quritgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?