Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
"Demokratik imkoniyat boy berildi"


25/12/2007

Karimov
Karimov konstitutsiyani e'zozlash va xalqaro me’yorlarga rioya qilish zaruriyati haqida gapirdi, lekin na saylov komissiyasi, na hukumat a’zolari uning muddati xususida so’z ochdi.
G’arb, jumladan Amerika matbuoti sharhicha O’zbekiston 18 yillik rahbar Islom Karimovni uchinchi bor saylab demokratiyadan yanada uzoqlashgan.

Karimovning o’zi ovoz berishidan oldin, deya yozadi “Nyu York Tayms” (New York Times), konstitutsiya va xalqaro me’yorlarga rioya qilishning naqadar muhim ekanini tilga oldi, siyosiy taraqqiyot haqida gapirdi.

Biroq na saylov komissiyasi, na hukumat a’zolari muddat xususida so’z ochdi. Hamma o’zini bilmaganga oldi deya yozadi “Nyu York Tayms” Markaziy Osiyodagi muxbiri berayotgan xabarlarga tayangan holda.

AQShdagi boshqa nufuzli gazetalar ham O’zbekiston hukumati xorijdan faqat uni maqtashiga ishongan kuzatuvchilarni taklif qildi, tanqidchilarga eshik ochmadi deya xabar tarqatmoqda.

AQSh hukumati hozircha jim, saylov natijalariga rasman munosabat bildirgani yo’q. Rojdestvo ayyomi munosabati bilan Davlat departamenti ham, Toshkentdagi elchixona ham yopiq. Yevropaga kelsak, u yerda Islom Karimovning 90 foizga yaqin ovoz bilan qayta saylangani keskin kutib olindi.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha so’zlovchisi Kristina Gallak (Cristina Gallach) nazarida bu safar nomzodlarning ko’proq bo’lgani tahsinga sazovor lekin baribir xalqqa tanlash imkoniyati berilmadi.

Kristina Gallak

“O’zbekiston hukumati va xalqi demokratik davlat qurayotganini isbotlay olmadi",- deydi Kristina Gallak, Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo'yicha so'zlovchisi

"Saylov shunday tashkil etildiki",- deydi u, "odamlar boshqa nomzodlar haqida ma’lumot ololmadi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidan borgan kuzatuvchilar saylovoldi,  ovoz berish va uni sanash jarayonida qator xatolarga guvoh bo’lgan". 

Kristina Gallakning aytishicha respublika demokratiya tomon intilayotganini butun dunyoga namoyon etish imkoniyatini boy berdi.

“Saylovlar – sinov. O’zbekiston hukumati va xalqi demokratik davlat qurayotganini isbotlay olmadi. Davlat qaramog’idagi matbuot saylovni bir tomonlama yoritdi. Oshkoralik kuzatilmadi”,- deydi Gallak.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti qoshidagi Demokratik Institutlar va Inson Huquqlari Idorasi matbuot kotibasi Urdur Gunnarsdottir “Amerika Ovozi”ga Toshkentdan turib intervyu berar ekan, saylov kuchli siyosiy bosim ostida o’tdi deya tasdiqlaydi.

Urdur Gunnarsdottir

“Biz qalbaki imzolarni ko’rdik. Biz ovozlarning o’zgartirilayotganiga guvoh bo’ldik",- deydi Urdur Gunnarsdottir, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili 

"20 dan ziyod kuzatuvchimiz bilan shunga guvoh bo’ldikki, xalq Karimovdan boshqani tanimaydi. To’g’ri, to’rt nomzod qatnashgani ijobiy o’zgarish, ammo nomzodlarning uch nafari Karimovni maqtadi, uning siyosatini quvvatladi. Xalq siyosiy xilma-xillikni ko’rmasa, ilojsiz qoladi albatta",- deydi Gunnarsdottir.

“Biz qalbaki imzolarni ko’rdik",- deydi u. "Biz ovozlarning o’zgartirilayotganiga guvoh bo’ldik. Bular jiddiy muammolar”. 

Yevropa kuzatuvchilari xulosalarni ommaga taqdim etib, uni O’zbekiston hukumati o’qiydi, xalq saylovda qanday xatolarga yo’l qo’yilganini biladi degan umidda.

“Lekin bu bilan biz ko’p narsani o’zgartira olmasligimizni bilamiz”,- deydi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili.

"Biz saylovlarni qonuniy yoki qonuniy emas deb e’lon qila olmaymiz, qilmaymiz ham. Biz boshqa davlatlar yoki hukumatlarni ham bu saylovlarni qoralashga undayotganimiz yo’q",- deydi Urdur Gunnarsdottir. 

"Biz O’zbekiston hukumatiga amaliy maslahat berishimiz va o’z xulosalarimizni O’zbekiston xalqi va tashqi dunyo bilan baham ko’rishimiz mumkin xolos”.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Karimovga telefon qilib, g’alaba bilan qutlagan.

O’zbekiston davlat matbuoti va televideniyelarida gretsiyalik, pokistonlik, xitoylik va malayziyalik kuzatuvchilar saylovni oshkora va tartibli o’tdi deya maqtagan. Rasmiy Toshkent tanqidchilari esa ular shu bois ham taklifnoma olgan deydi. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available