Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Eldar Djangirov – Amerikani zabt etgan qirg'izistonlik jaz ustasi


30/12/2007
Lavhani tinglang - Download (MP3) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (MP3) audio clip

Eldar Djangirovning "Re-emagination", ya'ni "Yangi tasavvur" to'plami bu yil Gremmi (Grammy) mukofotiga ko'rsatilgan. (www.eldarjazz.com saytidan olindi)

Eldarning “Re-imagination”, ya’ni “Yangi tasavvur” nomli yangi to’plamini eshitgan odam muallif pixini yorgan, ko’pni ko’rgan bastakor deb o’ylaydi.

 

Vaholanki, Eldar Djangirov 20 yoshda. Janubiy Kaliforniya Universitetining (University of Southern California) ikkinchi bosqich talabasi.

 

Aytishlaricha, iste’dodli bolaning kamol topishida ota-onaning xizmati katta bo’lar ekan. Pianinoni mana bunday qiyib chaladigan Eldar Djangirov -  yorqin misol.

 

Qirg’izistonda tavallud topgan Eldar bugun Amerikaning eng yorqin jazz ustalaridan biri. Uning ijrosi shiddat, ehtiros va mahorat bilan ajralib turadi.

 

Qachonlardir AQSh jazz pirlari Oskar Piterson (Oscar Peterson), Benni Karter (Benny Carter) va Art Teytumlarni (Art Tatum) hayrat bilan tinglagan bolakay bugun eng yetuk ijrochilar bilan teng bellasha oladi.

 

Ota-onamning mehnati va ishonchi tufayli shunga erishdim deydi ham ingliz, ham rus tillarida bemalol so’zlasha oladigan Eldar.

 

Eldar 5 yoshligida onasi unga pianinodan dars bera boshlagan. Otasi esa asosan sobiq Sovet davlatlari bo’ylab sayohat qilsa-da, albatta o’g’liga jazz musiqasi yozilgan to’plam bilan qaytar edi.

 

“Jazz bu – erkinlik timsoli. Ko’pchilik ijrochilar aynan jazz orqali o’z hissiyot va kechinmalarini izhor etadi. Jazz sozandani komillikka, erkinlikka yetaklovchi vosita”.

 

1996 yilning yozi. Rossiyaning Novosibirsk oblastida xalqaro jazz festivali bo’lib o’tmoqda. Qatnashchilar orasida 9 yoshlik Eldar ham bor.

 

Shu kuni nyu-yorklik jaz ixlosmandi Charlz Makvorter (Charles McWhorter) Eldar bilan tanishadi. Uning yordamida bolakay 1998-2001 yillar davomida har yozni Qo’shma Shtatlardagi Interloken San’at Markazida (Michigan's Interlochen Center for the Arts) o’tkazadi.

 

O’sha yillari Djangirovlar oilasi Amerikaning Kanzas shahriga (Kanzas City) ko’chadi.  

 

Qachonlardir AQSh jazz pirlari Oskar Piterson (Oscar Peterson), Benni Karter (Benny Carter) va Art Teytumlarni (Art Tatum) hayrat bilan tinglagan bolakay bugun eng yetuk ijrochilar bilan teng bellasha oladi.

O’tgan 10 yil ichida Eldar Rokxerts musiqa maktabini (Rockhurst High School) bitirib, 2001 yilda Layonel Xempton Jazz festivalida (The International Lionel Hampton Jazz Festival), 2002 yilda Peter Nero Pianino Musobaqasida (Peter Nero Piano Competition) g’olib bo’ladi.

 

Bu yil esa nufuzli Gremmi (2007 Grammy Nomination for Best Contemporary Jazz Album) sovriniga ko’rsatildi.

 

Uzoq va tinimsiz mehnatga yosh bolagina emas, ba’zida hatto katta odam dosh bera olmaydi. Ayniqsa, ko’chada tengdoshlaring ko’cha changitib yurganida, sinfda o’tirib dars qilish qiyin.

 

Eldar bu borada shunday fikrda:

 

“Yosh bolaga kimdir saboq berishi, ishni nimadan boshlashni ko’rsatishi kerak. Chunki to’g’ri va noto’g’ri usullar bor. Onam nimaga e’tibor berishni, qanday qilib chalishni o’rgatgan. Mana shu o’gitlar menga juda asqotdi”.

 

Bugun Eldar dunyoning turli davlatlarida konsert beradi. “Vatanimga, umuman, sobiq ittifoq davlatlariga ham tez-tez sayohat qilishni xohlayman”,- deydi u. Konsert oldidan qo’rquv yoki hayajon bosadimi deb so’raymiz undan.

 

“Albatta, hayajonlanaman. Lekin buni qo’rquv yoki dahshat deya ta’riflamagan bo’lar edim. Fikru hayolimni bir joyga to’playman. Bundan tashqari, odam hayajonlansa, bu, fikrimcha, ijobiy hol. Hayajon yaxshiroq ijro etishga yordam beradi”.

 

Eldarga so’nggi savolimiz: “Qirg’izistonda, umuman, mintaqadagi boshqa davlatlarda ko’plab iste’dodli yoshlar bor. Agar ular sizdan muvaffaqiyat kaliti nima deb so’rasa, qanday javob bergan bo’lardingiz”?

 

“Buning uchun aniq bir formula yo’q, nazarimda. Odam tinimsiz mehnat qilishi, o’z ustida ishlashi kerak. Erinmasdan. Qaysi sohani tanlaganingizdan qat’iy nazar, o’z mahoratingizni charxlang. Harakat qilishdan to’xtamang”.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati

  Boshqa xabarlar
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
Virjiniyada o'zbekistonlikning jasadi topildi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Mustaqil tahlilchi: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Iroqda saylovlardan bir hafta o'tib ovozlar hamon sanalmoqda
Qo'shma Shtatlar Isroil rejasidan norozi
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs