Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQShda sport ustalari nazoratsiz yoshlarni qaramog'iga olmoqda

14/01/2008

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Kili Tompson (Keely Thompson)
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Kili Tompson (Keely Thompson) bolalarni ham jismonan va aqlan sog'lom qilib tarbiyalash tarafdori
Boks bo’yicha sobiq jahon chempioni ko’chada qarovsiz yurgan bolalarni chorlab, sport olamiga olib kirmoqda.

Vashingtonda tashkil etilgan markazda o’smir bolalar boksdan saboq oladi. Maktabda berilgan topshiriqlarni ham bajarishni kanda qilmaydi. Boks markazi muallimlari bunga ko’z-quloq bo’lib turadi. 

Bokschi Kili Tompson bolalarning jinoiy guruhlarga qo’shilib, to’g’ri yo’ldan ozganiga ko’p marotaba guvoh bo’lganman deydi.

Bunga ortiq chiday olmagan sportchi Vashington shahar ma’murlari yordamida chora izlay boshladi.

“Kili Boks va Yoshlar Markazi” ana shu hamkorlik mahsuli. Boks bo’yicha sobiq jahon chempioni Kili Tompson markaz direktori.     

“Boks markaziga keladigan bolalardan ko’pining yo otasi, yo onasi yo’q. Ba’zilari o’qimagan. Ularni xat-savodli qilamiz, jismonan va ruhan chiniqtiramiz”.

Bolalar bu yerga boksni o’rganishga keladi. Biroq barcha uchun qoida bir - maktabdagi darslarni tugatib bo’lgach boks markaziga kelish mumkin. Markaz muallimlari ayniqsa, o’qish va notiqlik qobiliyatini rivojlantirish zarur degan fikrda. Markaz trenerlari bolalarni har jihatdan qo’llab-quvvatlashga, ularga mehr ulashishga harakat qiladi. 

“Bolalar bir og’iz shirin so’zga zor. Ko’pining ota-onasi bir nechta joyda ishlaydi. Ba’zilari umuman ishsiz. Bu yerda esa butun diqqat-e’tibor, muhabbat ularga qaratilgan. Bolaga yordam berishning birgina yo’li shu”.

Markaz talabalaridan biri, Kennet Brauni Tompson Kili markazi hayotimni o’zgartirdi deydi. 

“Bezorilar to’dasiga qo’shilib qolgan edim. Ko’chada o’tgan-ketganni turtib, do’pposlab yurar edik. Hatto narkotik iste’mol qilgan paytlarimiz ham bo’lgan. Guruhdan chiqib ketganimdan xursandman”.

Hozir Brauni markaz xodimi. Kili Tompsonning dasturi yordamida ichishni, narkotiklarni  tashlagan. Boksda ham anchagina malakasi oshgan. Kelasi yildan boshlab professional bokschilar musobaqasida ishtirok etmoqchi.

“Boks odamga faqat urushishnigina o’rgatmaydi. Odam sabr-toqatli, intizomli bo’lishga odatlanadi. Bokschilar irodali va qobil insonlar. Istagan odamni bir qo’li bilan yenga olsa-da, mushtini o’ylab ishga soladi”.

Bitiruvchilarning ko’pi kollejga kirgan. 6 nafari bokschilarning Golden Gloves – Oltin qo’lqop musobaqasida g’olib bo’lgan. Bitiruvchilar soni 1700 kishidan oshgan.

Bolalar kuni bilan ringda boksga tushib, mashq qilish bilan ovora. To’dalarga qo’shilishga ularning vaqti ham, madori ham yo’q.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi

  Boshqa xabarlar
Eron, Afg'oniston va Tojikiston umumiy telekanal yaratmoqchi
Afg'onistonda afyun balosi uchun hukumat javobgarmi?
Qozog'iston: 300 tonna yadroviy yonilg'i boshqa joyga ko'chiriladi
Bush bo'lg'usi prezidentga maslahat-o'git bermoqda
Amerika yoshlari musulmonlarni faolroq bo'lishga chaqirmoqda
AQSh qonunchilari Xitoy hukumatini huquq bobida siquvga olmoqda
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda