Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Iqtisodiyot amalda rivojlanyaptimi yoki qog'ozda?


15/01/2008

O`zbekiston hukumatiga ko’ra 2007 yilda mamlakat iqtisodi yanada yuksalgan. Mustaqil sharhlovchilar nazarida esa 2008 yil O`zbekistonda inflatsiyaning keskin ko`tarilishi bilan boshlandi. O`zbekistonda rasmiy ko`rsatkichlar va real hayot bir-biridan juda yiroq deydi ular.

Qator vazirliklari 2007 yil yakunlariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi. Ularda mamlakatda ishlab chiqarish rivojlanayotgani, xizmat ko`rsatish hajmi va fuqarolar daromadi oshayotgani ta`kidlandi.

Vazirlar Mahkamasi hisobotiga ko`ra 2007 yilda yalpi ichki ishlab chiqarish hajmi 9 foizga ortgan.  

O`zbekiston iqtisodidagi o`sish ayrim xalqaro moliyaviy tashkilotlar hisobotida ham ko`rsatiladi.

Yevroopa Taraqqiyot va Tiklanish Banki vakolatxonasining dekabr oyida e`lon qilgan hisobotida O`zbekistonda yalpi ishlab chiqarish 9 foizdan yuqori miqdorda qayd etiladi va ta`kidlanishicha, O`zbekiston iqtisodidagi o`sish energetik zahiralarga va qazilma boyliklarga bo`lgan narxning oshishi bilan bog`liq.

Mustaqil sharhlovchi Toshpo`lat Yo`ldoshev vaziyatni shunday izohlaydi:

“3-4 million kishi mehnat muhojiri sifatida xorijda. Mamlakatda ishsizlik barham topgani yo'q. Bu degani hukumat ma`lumotlari real sharoitga to`g`ri kelmaydi. Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan davlatlar reytingini e`lon qilib borayapti. Agar hukumat statistik ma`lumotlariga asoslanilganida edi, O`zbekiston rivojlanayotgan davlatlar o`nligidan joy olishi kerak edi. Vaholanki, reytingni eng oxirgi o`rinlaridan joy olmoqda ”, - deydi Yo`ldoshev.

Uning fikricha hukumat inflyatsiya darajasini o`ta past qilib ko`rsatmoqda. Hatto Rossiyada ham inflyatsiya darajasi 12-13 foizda deb tan olingan deydi u. 

“O`zimiz ko`rib turibmiz, oziq- ovqat, kommunal to`lovlarga belgilangan narxlar bir yarim-ikki baravar ko`tarilgan”, - deydi Yo'ldoshev. 

Uning kuzatishicha dunyoda qazilma boyliklar va yonilg'i mahsulotlari bahosining oshib borayotgani O`zbekiston xalqi hayotiga ijobiy ta`sir o`tkazayotgani yo'q. 

O`zbekistonda maosh va nafaqalar vaqtida to'lanmayapti. Shuningdek, kommunal xizmat ko`rsatish haqlarining yana 20 foizga oshishi kutilmoqda. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, aholining kommunal qarzlari millardlab so'mni tashkil etmoqda. 

Bu esa aholining turmish darajasi va iqtisodiy ahvoli o`ta og'ir ekanidan dalolat. 

“Maishiy xizmat uchun to'lovlar va odamlar oladigan real daromad o`rtasida farq katta. Bu afsuslanarli hol ”, - deydi mahalliy faollardan biri.

Mutaxassilar fikricha O`zbekistonda hukumatning aholiga xizmat ko`rsatishi bozor narxi asosida shakllangan. Lekin davlat aholini bozor talabiga ko`ra maosh bilan ta`minlay olmayapti. Bu mamlakatda korrupsiyaning keng qamrovda rivojlanishi uchun asos yaratmoqda. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi