Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Turizm taraqqiyoti - rivojlanayotgan jamiyat uchun iqtisodiy tayanch


17/01/2008

Turistlar - daromad manbai
Afg’oniston Axborot va Madaniyat vazirligi turizmni targ’ib qilish maqsadida maxsus markaz tashkil etgan. Yangi ilm maskani mehmonxonalarni boshqarish va sayyohlarga xizmat ko’rsatish bobida o’quv kurslari taklif qiladi.

Stefani Smit Jorj Vashington Universitetini bitirib, AQSh sayyohlik sanoati uyushmasida ishlash uchun taklif qilindi.

“Bu AQShdagi barcha sayyohlik firmalarini boshqaruvchi tizim. Men axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlayman”, - deydi Smit.  

Stefani minglab talabalar qatori o’z ishini universitetda o’qigan sohasi tufayli topdi. AQShda turizm sohasini o’rgatuvchi maskanlar bir dunyo.

“Bu soha cheksiz imkoniyatlar beradi. Daromadi ham shunga yarasha. Bu sohani tanlashimdan maqsad, ma’lum bir yo’nalishda marketing ishlarini qilmoqchiman”, - deydi Stefani Smit.  

Afg'onistonning Bomiyon viloyatidagi obidalar turistlarni eng ko'p jalb qiladigan  maskan 

Turizm va sayyohlik AQShda bir trillion dollarlik sanoat sanaladi. Jahon bo’ylab bu soha keltiradigan daromad olti trillion dollar atrofida.

Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlar turizm sanoatini rivojlantirish orqali o’z iqtisodiy ahvolini mustamkamlashni istaydi.  

Professor Sheril Elliot Jorj Vashington Universitetida turizmdan dars beradi. Unga ko’ra, siyosatchilar bugun turizmning iqtisodiyotga qanchalik ta’sir qilishini tushunib yetgan. 

“Turizmni katta mablag’siz, kichik qadamlar bilan boshlash juda oson. Rivojlanayotgan mamlakatlarda eko-turizm, madaniy turizm degan tushunchalar vujudga kelmoqda”, - deydi professor Elliot.

Shu sabab ham, deydi Elliot xonim, endi oyoqqa turayotgan davlatlar turizmni rivojlantirib qisqa muddatda bu juda foydali, serdaromad soha ekaniga guvoh bo’lmoqda.

Bunday reja esa Afg’oniston kabi qashshoq, ammo tarixiy merosga ega davlatlar uchun ayni muddao. Bomiyondagi qadimiy obidalarni ko’rishni istaganlar millionlarni tashkil etadi. Lekin ularni bu yerga qanday boradi, qayerda tunaydi, ovqatlanadi va dam oladi? Buning uchun sharoit yaratilsa, daromad oqimi bir zumda oshadi, mamlakat boyiydi deydi mutaxassislar.

“Turizmni to’g’ri rejalashtirib, boshqara olsangiz madaniy meros va yodgorliklarni ham himoya qilgan bo’lasiz. Daromad hammasini qoplaydi”, - deydi professor Elliot.   

Turizm dam olish va hordiq chiqarish, madaniy va tarixiy bilimni oshirish, insonlarga dunyoqarashni kengaytirish uchun imkon yaratadigan va ularning bu borada barcha talablarini qoniqtiradigan biznes. Odamlar buning uchun munosib haq to’lashga tayyor.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi