Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston hali ham erkinlikka zor jamiyatlar qatorida


17/01/2008

Fridom Xaus tashkiloti ramzi
Vashingtonda asoslangan Fridom Xaus tashkiloti 193 davlatda erkinlik darajasini o'lchab keladi
Inson huquqlarini himoya qiluvchi Freedom House, ya’ni “Ozodlik Uyi” tashkilotiga ko’ra, dunyoning ko’pgina qismlarida, jumladan Rossiya, Misr, Eron, Keniya va Pokistonda siyosiy erkinlik tobora cheklanmoqda.

O’zbekiston bu yil ham “yomonlar yomoni” ro’yxatidan joy olgan.

Vashingtonda asoslangan xalqaro tashkilot tahlilicha, hozirda dunyo ahlining taxminan yarmi erkin jamiyatlarda yashamoqda.

“Ozodlik Uyi” 30 yildan beri 193 davlatdagi erkinlik darajasini o’lchab keladi. 2007 yil chekinish davri bo’ldi deydi tashkilot xodimi Ark Puddington.

“So’nggi paytda Janubiy Osiyo erkinlik keskin cheklangan mintaqa. Biroq shu qatorda, sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Quyi Saxara ham qolishmaydi.”

Filipin kabi mamlakatlarga bir paytlar erkinlik timsoli deb qarashar edi.

Ark Puddingtonning aytishicha xususan Rossiya, Qozog’iston, Ozarbayjon va Venesuela kabi neftga boy davlatlarda demokratiya bobida chekinish kuzatilmoqda.

Bu davlatlarda hukumat tanqidchilari qamoqqa tashlanmoqda. Soliq idoralari yordamida no-hukumat tashkilotlariga bosim o’tkazmoqda.

Tashkilot ta’rificha, 90 davlat bugun “erkin”. Oltmishtasi “qisman erkin” va 43 tasida “erkinlik yo’q.”

Kristofer Voker – sobiq Sovet davlatlari bo’yicha mutaxassis. Ularning aksariyatida avtoritar tuzumlar avj olmoqda, deydi u.

Erkin bo’lmagan 43 davlat orasidan 8 tasi tanlanib, ularga fuqaro erkinligi nuqtai nazaridan eng past baho berilgan. “Yomonlarning yomoni” qatorida  Kuba, Shimoliy Koreya, Turkmaniston, O’zbekiston, Liviya, Sudan, Birma va Somali tilga olinadi. 

Rangli inqiloblarni boshdan kechirgan ikki mamlakat – Qirg’iziston va Gruziyaga ham salbiy baho berilgan. “Ozodlik Uyi” Gruziyada hukumatga qarshi namoyishlarning kuch bilan bostirilgani va favqulodda holat e’lon qilingani, shuningdek Rossiyada parlament saylovlari adolatsiz o’tganini qoralagan.

Osiyoshunos tadqiqotchi Karin Karlekar 2007 yilda Afg’oniston va Pokistonda ahvol og’irlashdi deydi. Biroq muxolif guruhlarning jonlangani ijobiy holat deydi u.

Vashingtonda joylashgan Heritage Foundation siyosiy tahlil markazi ham yaqinda iqtisodiy erkinlik ko’rsatkichlarini chop etdi. Gong-Kong va Singapur bu borada mana 14 yildirki birinchi va ikkinchi o’rinlarni boy bermay keladi.

Mulkka egalik huquqi, korrupsiyaga qarshi kurash, mehnat va biznes sharoitiga baho beruvchi bu tahlilnomada AQSh beshinchi o’rinda.  Uchinchi va to’rtinchi pog’onada – Avstraliya va Irlandiya.

Iqtisodchi olim Entoni Kim Estoniya, Litva, Latviya, Sloveniya va Slovakiyada soliq va biznesni idora etuvchi qonunlar islohotini olqishlaydi.

Uning aytishicha, iqtisodiy erkinlik jihatdan o’tgan yil ichida katta yutuqqa erishgan davlatlar bu Misr, Bahrayn va Mavrikiy orollari.

O’zbekistonga 157 davlat ichida 130-o’rin nasib etgan. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga qaraganda 0.3 foizga yaxshiroq. 

Rossiya 134-o’rinda bo’lsa, Turkmaniston 152-o’rinda. Mintaqada iqtisodiy erkinliklar eng yaxshi ta’minlangan mamlakat -  Qirg’iziston. Xalqaro ro’yxatda 70-o’rinda. 

Vashingtonda asoslangan markaz xulosasiga ko’ra, O’zbekistonda biznes va mehnat uchun sharoit nisbatan yaxshilangan. Shaxsiy daromad solig’i ham  o’rtacha. Soliqlar mamlakat umum daromadining 20 foizini tashkil etadi.

Biroq sarmoya, mulkdorlik va moliyaviy erkinlik bobida qilinadigan ishlar talaygina. Korrupsiya jamiyat va hukumatning har bir jabhasida chuqur ildiz otgan. Inflyatsiya darajasi “dahshatli nuqtaga yetgan”.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Fridom Xaus: O'zbekistonda huquq ahvoli hali ham og'ir
 
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?