Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Yusuf Juma oilasi hali ham nishonda


21/01/2008

Muxolifatchi shoir Yusuf Jumaning o’g’li Mashrab Jumayev og’ir tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topilib, uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan. O`zbekiston davlat  televideniyesi esa qamoqxonada 50 yoshini qarshilagan shoir oilasini jamiyat dushmani deya ayblab maxsus film namoyish etmoqda.

Mashrab Jumayev ikki oy muqaddam Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida hibsga olingan edi. Bundan avval esa u qo`y  o`g`irlaganlikda ablanib, qamoqqa olingan va jarima bilan sud zalida ozod qilingan edi.

Mashrab chet el radiolariga bergan intervyularida asosiy aybi shoir Yusuf Jumaning o`g`li ekankigini ta`kidlab o`tgan.

“Qo`yni egalari ruxsati bilan sotib olganman. U yerda meni asosan shoir Yusuf Jumaning o`g’li ekanim uchun urushdi. Yusuf Jumaning o`g’li ekanligingni o`zi o`n kun emas, o`n yil urushimizga ham yetarli deyishdi. Aslida mening aybim yoq. Qo`yni egalari roziligi bilan, bergan qarzim evaziga, olganman”, - degan edi Mashrab.  

Bu orada Yusuf Jumaning turmush o`rtog`i Gulnora Oltiyeva o’g’lining ozod etlishini talab qilib piketlar o`tkazgan. Dekabrdagi prezident saylovlari oldidan Islom Karimov nomzodini quvvatlash uchun majburiy imzolar to’planmoqda deya ommaviy chiqishlar qilgan.  

Keyinchlik unga nisbatan O`zbekiston konstitutsiyasiga tajovuz qilganlik aybi bilan jinoy ish qo’zg’atilgan.

Yusuf Juma va uning yana bir o`g`li Bobur prezident Islom Karimov istefosini talab qilib o`tkazgan piketdan so`ng shoirning uyi maxsus xizmat vakillari tomonidan qurshovga olingan edi. 

Shoir dekabr oyida Toshkent viloyatining Yangiyo’l tumanida hibsga olingan.

Huquq-tartibot organlari shoir va uning o`g`lini militsiya xodimiga hujum qilganlikda va hokimyat vakilini haqoratlaganlikda ayblab, jinoiy ish ochgan. 

O`zbekiston davlat televideniyesi “Bir jinoyat izidan” nomli video film premyerasini reklama qilmoqda. Unda shoirning turmush o`rtog`i Gulnora Oltiyevani ko`rish mumkin.   

Huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o`g’li fikricha film shoir oilasini qoralashni maqsad qilgan.

“Reklama go’yoki shoir oilasi militsiya xodimlariga hujum qilayotganini ko’rsatadi. Lekin piketlar, plakatlarda qanday yozuvlar borligi ko`rsatilmaydi. Shoir Yusuv Juma O`zbekistonni yangilash uchun faoliyat yuritayotgan edi. U xalqimizning ulug` shoiri”, - deydi huquq himoyachisi.

Yusuf Juma hukumatni keskin tanqid ostiga olgan iste’dodli shoir sifatida tanilgan. Muxolifatchi faol avval ham qamalib chiqqan.  

Shoir o`z she’rlarida hukumat bilan birga muxolifatni ham keskin tanqid ostiga oladi.

“Har qanday zamonlarda ham otashqalb, jamoatchilikka tanilgan haqparvar shoirlar bo`ladi. Shundan kelib chiqib, shoir Yusuf Jumani zamonamizning Cho`lponi va Mashabiga qiyoslash mumkin. Uning ijodidagi inqilobiy kayfiyat esa O`zbekistondagi kabi avtoritar rejimlar tomonidan shavqatsiz jazolandi”, - deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available