Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston-Tojikiston munosabatlari hamon chigal va tang  

22/01/2008

Karimov, Rahmon
O'zbekiston va Tojikiston  orasidagi muammolar yechimi ochiq muzokara va oshkora siyosat talab qiladi.

O’zbekiston hukumatining qo’shni davlatlar bilan aloqasi hamisha murakkab bo’lib kelgan.

Sharhlovchilar fikricha keyingi paytda O`zbekiston-Tojikiston aloqalari bir qadar iliqlashdi, biroq kelishmovchiliklar hali ham bir dunyo. 

Yaqinda O`zbekiston Tojikistondagi o`zbek maktablarini ona tilidagi darsliklar bilan ta’minlagan. Sal avval prezident Imomali Rahmon mamlakatda yangi o`zbek maktabining ochilishida ishtikor etgan.

Ziddiyatlarga kelganda dastlab oradagi vizali rejim tilga olinadi.

Tojikiston bu tartibni bekor qilish kerak degan fikrda. O’zbekiston shu paytgacha bu taklifga ochiq javob bermagan. Rasmiy Dushanbe uchun vizali rejim O`zbekiston orqali xalqaro transport aloqalari o`rnatishda to’sqinlik qilmoqda.     

Ayni paytda Tojikistonda alyumin zavodining kengaytirilishi hamda elektr quvvati ishlab chiqaruvchi yangi gidrostansiyalar barpo etilishi O`zbekiston noroziligiga sabab bo’lmoqda. 

Alyumin zavodi O`zbekiston ekologiyasiga zarar yetkazayotgan bo`lsa, elektr stansiyalarining qurilishi respublika qishloq xo’jaligida suv taqchilligini keltirib chiqarishi mumkin.

Ikki davlat o`rtasida ayg`oqchilar faoliyati kuchaygani kuzatiladi. Buning bir necha hollari fosh etildi ham.

Imomali Rahmon

Imomali Rahmon O'zbekistonni vizali tartibni  bekor qilmayotganlikda ayblaydi.            Toshkentdagi sharhlovchilar fikricha esa hududiy jihatdan kichik va moddiy jihatdan kambag'alroq Tojikiston O'zbekistondek qudratli davlat bilan kelishishga majbur.

O`zbekiston va Tojikiston bir-birini beqarorlik manbai sifatida ko`radi.

Tojikiston 1990-yillardagi fuqarolar urushida o’zbeklar ishtirok etgan desa, rasmiy Toshkent O`zbekiston Islomiy Harakati a’zolari bir paytlar Tojikistonda erkin harakat qilgan deya javob beradi.  

“Tojikiston O`zbekiston bilan kelishishga majbur. Shuning uchun ayg`oqchilarni soxta ravishda o`ylab topmoqda. Kamchiliklarga O`zbekistonni aybdor qilmoqchi. Hozirgi paytda Afg`onistondagi vaziyat beqaror ekan, Tojikistonga ishonib bo`lmaydi. Viza masalasida to'g'ri siyosat yuritilayapti ”, - deydi o’z ismni oshkor etishni istamagan tahlilchilardan biri.

Lekin Dushanbe va Toshkentdagi ayrim tahlilchilar bugungi kunda chigalliklar yechilishi uchun harakat borligini aytadi.

Yaqinda Tojikiston va O`zbekiston o`rtasida gaz narxi bo`yicha yangi kelishuv imzolandi.

“Bu Markaziy Osiyoni birlashishini istamaydigan kuchlarga bo`gliq bo`lishi ham mumkin. 16-18 yil mobaynida O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi har qanday zaddiyatlarni hal etish, munosabatlarni muvofiqlashtirish mumkin edi. Lekin bu narsalar hal qilinmadi. Demak, bu ularni bir-biriga gij-gijlovchi qandaydir xalqaro kuchlar borligidan dalolat” , - deydi jamiyatshunos Kamron Aliyev.

Har ikki davlat yagona savdo va iqtisodiy muhit yaratishni ko`zda tutgan Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga a`zo. Biroq bu bilan O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida chegaralar ochilishi kutilmaydi.  

Mamlakatlar harbiy birlashma hisoblanuvchi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga ham qo’shilgan.

O`zbekiston Tojikiston bilan chegaralarini minalashtirgan. Hozirgacha yuzlab fuqarolar minalarga uchrab halok bo`lgani qayd etilgan.

Islom Karimov hukumati chegaralar minalardan tozalanadi deya chiqqan edi, ammo hozirda bu ishlar olib borilayotgani yoki yakunlangani haqida  jamoatchilikka biror ma’lumot berilmagan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi